MUSOBAQA HAQIDAGI NIZOM
har bir musobaqa shu musobaqani o’tkazayotgan tashkilot tomonidan
tuzib tasdiqlangan nizomga muvofiq o’tkaziladi.
Nizom musobaqada qatnashuvchi tashkilotlarga o’z vaqtida yuborilishi
lozim, toki bu tashkilotlar musobaqada qatnashish uchun zarur
tayyorgarlik ko’rish imkoniyatiga ega bo’lsin.
Musobaqa haqidagi nizom turlicha talqin etilmasligi uchun mukammal
bayon qilinib, quyidagi bo’limlarni o’z ichiga olishi lozim:
a) musobaqaning maqsad va vazifalari;
b) musobaqa o’tkaziladigan joy va vaqt;
v) musobaqaga rahbarlik qilish;
g) qatnashuvchi tashkilotlar va musobaqa ishtirokchilari;
d) programma;
e) shaxsiy va komanda birinchiligini belgilash tartibi va shartlari
(zachyot va baxolash sistemasi);
j) mukofotlash;
z) tashkilot va ishtirokchilarni qabul qilish shartlari;
i) zayavkalarni topshirish muddati va shartlari.
4. Nizomda ko’rsatilgan talablar musobaqa qodalariga zid bo’lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |