SAKRASH VA ULOQTIRISH BO’YICHA HAKAMLAR
Sakrash va uloqtirishning har bir ayrim turi bo’yicha musobaqalar o’tkazish uchun hakamlar brigadasi tayinlanadi. Bu brigada katta hakam, o’lchovchi hakamlar va kotibadan iborat tuziladi (Butunittifoq va Respublika masshtablarida o’tkaziladigan musobaqalarda kotib ikkita bo’lishi kerak). Sakrash va uloqtirish bo’yicha katta hakamlar:
a) musobaqa boshlanishi oldidan o’zlariga talluqli tur bo’yicha
musobaqa joyini tayyorlash to’g’ri amalga oshirilganligini tekshiradilar;
b) o’z nomerlaridagi programmani puxta va uyushgan holda
o’tkazilishini ta`minlaydilar hamda musobaqa o’tkazilayotgan joyda
tartib saqlanishini kuzatib turadilar;
v) sakrash va uloqtirish qanday bajarilayotganligini kuzatadilar;
ularning to’g’ri bajarilishini aniqlaydilar hamda natijalar qanday o’lchanayotganligini, talabnomaning to’g’ri yozilishini va rasmiylashtirilishini kuzatib turadilar. Katta hakamlarning sakrash
yoki uloqtirish qay tarzda bajarilganligi haqidagi fikri hal qiluvchi
ahamitga egadir;
g) musobaqa qatnashchuvchisi texnik tomondan tayyorgarlik
ko’rmaganligini aniqlansa, uni musobaqadan chiqarib yuborish xuquqiga
egadir;
d) agar rekord qo’yilgan bo’lsa, bosh hakam yoki uning o’rinbosari
ishtirokida uni tekshiruv uchun o’lchab ko’radi va rekord natijaga
erishishda foydalanilgan snaryadni tortib ko’radi;
e) programma nomeri tugaganidan so’ng musobaqa talabnomani qo’l
qo’yib tasdiqlaydilar.
3. qatnashuvchi vazifasini to’g’ri bajarganligi:
a) qatnashuvchi vazifasini to’g’ri bajarganligi haqida katta hakamga
signal bersa, haydovchi sakrab tushgan joyga yoki snaryad tushgan erga
qoziqcha qoqadilar va erishilgan natijani o’lchaydilar (katta hakam
hisobga olmagan natijalarni belgilash va o’lchash man etiladi);
b) balandlikka sakrash va langarcho’p bilan sakrash vaqtida katta
xakamning ko’rsatmasiga muvofiq planka balandligini aniqlaydilar va
o’lchaydilar;
v) langarcho’p bilan sakrash vaqtida sakrovchi qo’yib yuborgan
langarcho’pni qabul qilib oladilar.
4. Sakrash va uloqtirish bo’yicha kotiblar:
a) talabnomaga kiritilgan qatnashuvchilarning bor-yo’qligini qayd
|qiladilar;
b) qatnashuvchilarni sakrash va uloqtirishni bajarishga
chaqiradilar;
v) musobaqaning muayyan turi bo’yicha katta hakamning
ko’rsatmalariga muvofiq, o’lchovchi hakamlarning xabari asosida,
uloqtirish bo’yicha musobaqa qatnashuvchilarning qoziqlarini
nomerlarini, sakrash hamda yugurish natijalrining o’lchovlarini
talabnomaga kiritadilar. Agar kotiblar ikkita bo’lsa, qatnashuvchining
har bir harakatidan so’ng ular talabnomalarga kiritayotgan yozuvlarini
bir-biriga solishtirib ko’rishlari kerak;
g) rasmiylashtirilgan talabnomani bosh kotibga topshiradilar va
uning oldida hisobot beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |