KOMANDA VAKILI VA KAPITANI
Agar nizomda musobaqada qatnashayotgan har bir tashkilotning vakili
bo’lishi nazarda tutilgan bo’lsa, o’sha tashkilot o’z vakilini ajratishi
kerak.
Vakil komanda rahbari hisoblanadi U qatnashuvchilarning intizomi
uchun javobgar. Ularning musobaqa o’tadigan joylariga o’z vaqtida etib
kelishlarini ta`minlashi lozim.
Agar hakamlar kollegiyasining majlisi vakillari bilan birgalikda
o’tkaziladigan bo’lsa vakil bunday majlislarda qatnashishi kerak.
Vakillarning hakamlar va musobaqalar o’tkazayotgan shaxslar buyrug’iga
aralashishi man etiladi.
Vakilning musobaqa o’tkaziladigan joylarda bo’lishiga haqqi yo’q.
Agar komandada maxsus vakil bo’lmasa, shu komandaga qatnashuvchilari
orasidan belgilangan kapitan uning vazifalarini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |