Sport tadbirlari
Institutda tahsil olayotgan talaba-yoshlarga darslardan tashqari, vaktlarini mazmunli tashkil etish maqsadida, kafedrada sportning 8 turidan to’garaklar tashkil qilingan ular voleybol, basketbol, gandbol, futbol, kurash, shaxmat, yengil atletika, stol tennisdan iborat.
Kafedra jamoasi institut, viloyat va Respublika miqyosida oʼtkazib kelinayotgan sport musobaqalarida, «Universiada»larda, sport turnirlarida, talabalar spartakiadalarida, institutda faoliyat koʼrsatgan mashhur kishilarning xotirasiga bag’ishlangan tadbirlar hamda tarixiy sanalari va milliy qadriyatlarimizni oʼzida aks ettirgan anʼanaviy baylarmlarimizda ham oʼzlarining munosib hissalarini qoʼshib kelganmoqda.
Jumladan, 2020 yilda Navoiy shahrida oʼtkazilgan «Universiada-2020» talaba-yoshlar sport musobakasida institutning talabasi Inoyatullo Raximov sportning shaxmat turi bo’yicha o’tkazilgan musobaqada faxrli 2-oʼrinni qoʼlga kiritgan.
2020 yil 1-yarim yillikda Respublika miqyosida onlayn o’tkazilgan “Talabalar festivali-2020” doirasida “Sport mahoratim” jismoniy qobiliyatlar tanlovida institut davolash fakulteti talabasi Zubaydullayeva Zarina faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |