Sport psixologiyasi Reja: - Sport psixologiyasi haqida qisqacha tushuncha
- Sport faoliyatining mehnat faoliyatidan farqi
- Sport faoliyatiga oid motivlar
- Emotsional holatning yuzaga kelishi
- Sport psixologiyasi predmeti va vazifalari
- Uning psixologik xususiyatlari
Sport psixologiyasi deb… - Sport faoliyatining har xil turlarida ularga xos bo’lgan xususiyatlari va sportchi shaxsining psixologik xususiyatlarini o’rganadi. Sport hozirgi zamon xayotida katta o’rin tutadi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo’lga kiritib g’oyaviy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy g’oyalarni ilgari surmoqda. Bu esa yoshlarning sportga bo’lganishtiyoqini rivojlantirmoqda.
Sport psixologiyasining tarbiyaviy ahamiyatini o’rganish katta o’rin tutadi. - Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki sport faoliyatining xarakterli xususiyatlaridan biri sportchining tez, kuchli va aniq harakatlar bajarayotib o’z gavdasini har tomonlama boshqara olishligidir. Shu xususiyat bilan sportchining sport faoliyati mehnat faoliyatidan farqlanadi.
Sport faoliyatiga oid motivlar - Muskul aktivligining namoyon bo’lishidan sportchining qoniqish his etishi.
- O’z harakatlarining epchilligi va go’zalligidan zavq olish.
- Murakkab va xavfli mashqlarni bajarishda qat’iyat va jasurlikni namoyon qilishga intilish.
- Musobaqalarda qatnashishdan zavq olish.
- Qanchalik qiyin bo’lmasin g’alabaga erishish, o’zining mahoratini ko’rsatish, rekord natijalarga erishishga intilish.
Sport musobaqalaridagi g’alaba albatta emotsional holatni yuzaga keltiradi. - Erishilgan natijadan
- qoniqish tuyg’usi
- Yaxshi kayfiyat,
- tetiklik tuyg’usi
- O’z kuchiga ishonch
- orqali musobaqada
- qatnashish
Sport psixologiyasi predmeti vazifalari: - Sportchi psixologiyasi
- Sportchining maxsus sifatlari
- Sportchi shaxsining umumiy xislatlari
- Sportchi tarbiyalashning psixologik asoslari
- Sport faoliyati psixologiyasi
- Sport faoliyatini umumiy psixologik tahlil qilish
- Ayrim sport turlarini psixologik tahlil qilish
- Sport mashg’ulotlari va ta’limning psixologik asoslari
Sport faoliyati quyidagi psixologik xususiyatlardan iborat: - 1. Mushaklar aktivligini namoyish etish sportchidan o’z tanasini jismonan chiniqtirish, sistemali va doimiy ravishda tayyorgarligini talab etadi.
- 2. Tanlagan sport turi bo’yicha jismoniy mashqlarni yuksak mahorat bilan bajarishga erishish. Sport shug’ullanuvchidan doimiy maxsus trenirovkani talab qiladi. Chunki bular orqali turli xil jismoniy fazilatlar yani jismoniy kuc, chidamlilik, tezlik, yengillik, iroda kuchi, qat’iylik va boshqalarga erishadi.
Davomi… - 3. Sport faoliyatini psixologik tahlil qilish masalalari ichida psixologlar diqqatini ko’proq sport faoliyatining motivlari masalasi jalb etadi. Bir qator tadqiqotlarda bevosita motivlar mavjudligi va ularning ahamiyatli ekanligi aniqlangan. Masalan jismoniy mashqlarda mushaklar harakatlaridan rohatlanish, estetik zavqlanish, shuningdek sport faoliyatining o’zmotivlari ham aniqlangan.
Va nihoyat) - 4. Tanlangan sport turidan yuksalishga intilish, jismoniy mashqlarni bajarishda eng yuksak natijalarga erishish sportchining asosiy maqsadlaridandir. Sportchi hech qachon erishilgan natijalardan qoniqib bir joyda to’xtab qolishi mumkin emas, u yanada oldinga intilishga harakat qilishi lozim.
- 5. Sport kurashi. U sport musobaqalarida alohida o’rin tutadi.Sport kurashi sportchidan o’z jismoniy kuchi, ichki kechinmalari, yaxlit psixik jarayonlarni maksimal darajada bir nuqtaga jamlashni talab qiladi.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |