Sport pedogokikasi fanlarining sport jihozlari univertanlar inshootlari va ularning qurilishga oid nazariy bilimlari va amaliy malakalari



Download 18,97 Kb.
bet2/2
Sana20.03.2022
Hajmi18,97 Kb.
#503649
1   2
Bog'liq
SPORT PEDOGOKIKASI FANLARINING SPORT JIHOZLARI UNIVERTANLAR INSHOOTLARI VA ULARNING QURILISHGA OID NAZARIY BILIMLARI VA AMALIY MALAKALARI

Sport inshootlari - sogʻlomlashtirish, oʻquvmashq hamda har xil sport musobakalari uchun muljallangan alohida bino, qurilishlar majmuasi. Zamonaviy Sport inshootlarining timsoli sifatida qad. Olimpiya shahridagi palestra va gimnasiy, stadion, otchopar, sirk kabilarni aytish mumkin. Yunoniston va Kdd. Rimdagi amfiteatr va kolizeylarda stadion va sirklar birlashtirilgan. 19-asrga kelib Si. qurilishi jadallashdi. Sunʼiy suv havzalari yaratildi (1820—30), gimnastika zallari (1850) qad. shaklda takroran uslublashtirildi. 1896-yildan Olimpiada oʻyinlarining tiklanishi Si. qurilishining koʻpayishiga imkoniyat yaratdi. 20-asrga kelib Si. har bir davlatning oʻz milliy meʼmorlik anʼanalari asosida yangi zamonaviy meʼmoriy uslublar bilan boyitildi. Bular Rim (1960), Tokio (1964), Myunxen (1972), Moskva (1980), Seul (1988), Atlanta (1996), Sidney (2000) va boshqa Olimpiada majmualari oʻziga xos loyihalashtirilgan: Yaponiya (Tokio)dagi yirik Olimpiada inshooti Ioyogi stadioni (1964, meʼmori K. Tange, muhandisi I. Subon) zamonaviy yapon meʼmorligining eng yaxshi asarlaridan biri hisoblanadi. Binoda osma konstruksiyalaraan foydalanish yuqori tejamkorlikka ega boʻlib, yangi plastikani vujudga kelishiga imkoniyat yaratdi. Zamonaviy Si. 50 ga yaqin sport turlariga xizmat qiladi. Asosiy qurilishlar mashq va musobaqa oʻtkaziladigan maydon, zal va yordamchi xonalardan iborat (garderob, dush, sudyalar xonasi, sport jihozlari saqlanadigan xona va boshqalar). Si. majmuasiga muhandislik qurilmalari (elektr, suv, kanalizatsiya, ventilyasiya)dan texnik foydalanish, tomoshabinlar uchun qurilma inshootlari (tribuna, foye, bufet, sanuzel va boshqalar) kiradi. Shuningdek, Si. ochiq va yopiq (mashgʻulotlar talabiga koʻra), bir yoki bir necha sport turlariga muljallangan (mas, gimnastika va boshqa sport oʻyinlari uchun universal zallar), shuningdek, umumiy hududda joylashgan sportning har xil turlari uchun ixtisoslashgan sport majmualari sifatida quriladi (mas, ochiq maydonli Si.; futbol, yengil atletika, changʻi sporti, tramplin, velotrek va boshqa, usti yopiq maydonli Si.; badiiy gimnastika, suv havzasi, kort, konkida yugurish sporti va boshqalar). Zamonaviy Si dan yil boʻyi foydalanish maqsadida bir shakldan ikkinchi shaklga (yezda ochiq, qishda yopiq) aylantiriladigan mahobatli inshootlar bunyod etila boshlandi [Yaponiyadagi Xalqaro Iokogama stadioni (1997, 72 370 oʻrindiqli), SenDenidagi "Stat de Frans" stadioni (1999, 80 000 oʻrindiqli, unda yengil atletika va regbi oʻyinlari oʻtkaziladi. Oʻrindiklarini maxsus muhandislik qurilmalari yordamida koʻpaytirish yoki qisqartirish mumkin), Sidneydagi "Avstraliya" stadioni (1999, 80 000 oʻrindiqli, maydoni1 16 ga, tomi 30 000 kv m, loyihasi Avstraliya milliy shlyapasi shaklida ishlangan), Seuldagi "Syangam" stadioni (2001, 64 677 oʻrindiqli, tribuna tepasi yelkanli mahalliy baliqchilar qayigʻi shaklida qurilgan), Shim.Gʻarbiy Londondagi "Yangi Uembli" stadioni (qurilishi 2003-yil i boshlangan, 90 000 oʻrindiqli, meʼmori Norman Forest kompyuter texnologiyasi yordamida tomini yozda ochiq, qishda yopiq qilib siljiydigan shaklda loyihallashtirgan) va boshqa].
Oʻzbekistonda 60—80y.larda Sport inshootlari loyihalari Davlat buyurtmasi asosida loyihalash intlari tomonidan bajarilgan [Toshkentdagi Mitrofanov nomidagi (1963), Navoiydagi "Delfin" (1965) suv havzalari, Paxtakor stadioni va boshqa]. Mustaqillikdan keyin jismoniy tarbiya va sportga, Sport inshootlari qurilishiga alohida eʼtibor berilmoqda. Stadionlar, sport zallari, sport maydonlari qurish jadal olib borilmoqda. Bunyod etilayotgan Si. yuqori saviyadagi xalqaro musobaqalar oʻtkazish imkonini bermoqda (Yunusobod tennis korta va suv xavzasi, 1996; Fargʻonadagi "Toshloq" markaziy oʻyingohi, 1996; "Jar" sport majmuasi, 1998; "Qarshi" tennis korti, 1998; Termiz kurash majmuasi; 1999; Buxorodagi "Xumo" (1999) va "Buxoro" sport majmualari, 2002; Namangandagi "Yoshlar" sport majmuasi, 2003; Andijondagi "Olimpiya zaxiralari" sport kollejmajmuasi, 2003; Termiz shahridagi "Delfin" suzish majmuasi 2003 va boshqalar).
Download 18,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish