3.3.6. AYLANISHLAR
Aylanishlar bir joyda va barcha tomonga ijro etiladi. Bir joyda aylanishlar.
Musiqa o‘lchovi 6/8. 2takt.
Birinchi xili. Spiralli (qizlarga) aylanish. Oyoqlar ikkinchi holatda, o‘ng oyoqchap oyoqqa ko‘ndalang. Tizzalar bukilganroq. Qo‘llar beshinchi holatda, chap tomonda. Oyoqlar salgina uchlarida ko‘tarilib, so‘ng o‘ngtomonga 3 chorak aylanadi, oyoqlar chalmashadi, o‘ng oyoq oddinda bo‘lib qoladi. Gavda va bosh tomoshabinga buriladi. Oxirida “childirma” harakati ijro etiladi. Oyoqlar uchlarida to‘liqqa tushadi. Qo‘llar barmoq qarsillatib, oltinchi holat orqali beshinchi holatga, o‘ng tomonga o‘tadi. Kelgan yo‘li bilan chap tomonga aylanib, boshlang‘ich holatga qaytadi. Oxirida “childirma” harakati bilan yakunlanadi.
Bu harakat chap oyoq ko‘ndalang bo‘lib, chapdan ham boshlanishi mumkin (68-rasm).
Musiqa o‘lchovi 6/8. 2takt.
Ikkinchi xili. CHap qo‘l etginchi holatda, o‘ng qo‘l ko‘krakda. So‘ng o‘ng qo‘l barmoq qarsillatib, birinchi holatga ochiladi. Gavda sal orqaga egilganroq. Oxirida o‘ng qo‘l oltinchi holat orqali birinchiga va keskin rasmiy holatga tushadi. Bir vaqtda “childirma” harakati bilan yakunlanadi va tovonlar to‘liqqa tushadi. Ung qo‘l ettinchida bo‘lib, chap qo‘l barmoqlar qarsillatiladi. CHap tomonga aylanib, boshlang‘ich holatga qaytadi. O‘ng qo‘l etginchidagicha qoladi.
Musiqa o‘lchovi 6/8. 2 takt.
Uchinchi xili (yigitlar uchun). Oyoq holati ikkinchida, chap oyoq o‘ng oyoqqa ko‘ndalang, tizzalar egilgan, qo‘llar ettinchi holatda. Tizzalar egilganicha oyoq uchlarida turiladi. So‘ng uch chorak o‘ngga buriladi. Oyoqdar chalmashganicha gavda o‘ngga buriladi, yuz tomoshabinga qarab qoladi. Elka qoqish harakati bilan birinchi xili oxirida oyoqlar to‘liqqa tushadi. SHu harakatlar chap tomonga takrorlanadi. Bir oyoqda aylanish (yigitlar va qizlar uchun).
Musiqa o‘lchovi 2/4. 1 takt.
Oyoqlar ikkinchi holatda. CHap oyoq o‘ng oyoqqa ko‘ndalang. Qo‘llar oltin- chi holatda. CHap qo‘l oldinga cho‘zilganroq, kaftlar yuqoriga qaragan. Gavda umurtqa suyaklari tortilgan. 1-ga chap oyoqerdan sal ko‘tarilgan, bir vaqtda o‘ng oyoq uchida o‘ng tomonga bir aylanadi. 2-ga aylanib bo‘lib, qo‘llar aylanishda o‘ng qo‘l zabt bilan birinchi holat orqali ikkinchi holatga, chap qo‘l birinchi holatga ochiladi. So‘ng ikkala qo‘l o‘ng yuzdan pastroqqa tushib, qo‘ltiq tagidan, kaftlar yuqoriga qarab burab, yana boshlang‘ich holatga qaytadi. Bir vaqgda chap oyoq urg‘u bilan yana ikkinchi holatga qo‘yiladi (69, 70, 71-rasmlar).
“Lola ”harakati
Musiqa o‘lchovi 2/4. 1 takt.
Birinchi xili. Oyoq oltinchi holatda. Qo‘llar birinchi holatda. O‘ng oyoq uchida, o‘ngga bir joyda aylanadi, chap salgina erdan ko‘tarilgan bo‘ladi. Takt oxirida qo‘llar iyak tagiga barmoq uchlari sal pastga qaragan holda keladi va iyak harakati bilan yakunlanatsi. CHap oyoqsan chapga aylanib ijro etish ham mumkin.
Ikkinchi xili. Bir joyda to‘rtta “rasmiy ufori” bilan o‘ng tomonga o‘ng oyoqdan boshlab ijro etiladi. Qolgan harakatlar birinchi xiliday, iyak harakati bilan yakunlanadi.
Uchinchi xili. Harakat ikkinchi xiliday, faqat oyoqda “yon yo‘rg‘a” ijro etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |