Reabilitatsiyaning psixologik omillari
.
Bunda sportchi ruhiyatini ko`tarishga asosiy e`tibor qaratiladi. Uning to`liq
sog`lomlashuviga, sportga qaytishiga, yutuqlarga erishishi mumkinligiga
ishontiriladi.
Ratsional kun tartibi, ratsional ovqatlanish, faol dam olish, trenirovka
mashg`ulotlari hajmini asta-sekinlik bilan oshirilishiga asosiy e`tibor qaratiladi.
Ayniqsa, uyquning yetarli, tinch va osoyishta bo`lishini ta`minlash lozim.
Buning uchun sportchi atrofidagi, ya`ni oilasi va jamoadagi psixologik muhitni
yaxshilash zarur bo`ladi.
Reabilitatsiyasining tibbiy omillari.
Bunda ikki guruh tadbirlar o`tkaziladi:
- birinchidan, sportchi organizmining umumiy kuch-quvvatini oshirish, tashqi
muhitning turli xil ta`sirlariga nisbatan organizmni himoya va qarshilik kuchini
oshirish, plastik va energetik imkoniyatlarini mustahkamlashga asosiy e`tibor
qaratiladi;
- ikkinchidan, sportchi o`tkazgan kasallik (zo`riqish) yoki shikastlanish
natijasida zararlangan to`qima-a`zolar funksiyasini tiklashga qaratilgan maxsus
davolash tadbirlari qo`llanadi.
Tibbiy reabilitatsiyaning birinchi guruh tadbirlariga quyidagilar kiradi:
1. Ratsional kun tartibi. Shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish.
2. Ratsional ovqatlanish. Ayniqsa, kundalik ovqat tarkibida sifatli oqsil va
vitaminlarga boy mahsulotlarning yetarli bo`lishi: go`sht, baliq, tuxum, pishloq,
sut, meva va sabzavotlar.
3.
Organizmning
umumiy
kuch-quvvati,
immun
imkoniyatini
mustahkamlashga qaratilgan ayrim dori-darmonlarni qo`llash.
4. Fizikaviy omillar: massaj, davolash gimnastikasi, chiniqtirish muolajalari
quyosh nuridan me`yorda foydalanish.
Tibbiy reabilitatsiyaning ikkinchi guruh tadbirlari quyidagilardan iborat:
1. Maxsus davolash tadbirlari. Sportchi o`tkazgan kasallik, zo`riqish,
shikastlanish asoratlarini to`liq davolash, zararlangan to`qima-a`zolarda sodir
bo`lgan kasallik o`zgarishlarini to`lig`icha bartaraf etish, zararlangan to`qima-
a`zoning funksiyasini me`yor darajasiga yetkazish.
2. Ushbu davolash tadbirlari kasallik yoki shikatlanish asoratlarining og`ir-
yengilligiga qarab poliklinikada, shifoxonada, maxsus ixtisoslashgan davolash
markazlarida, sanatoriyda o`tkaziladi.
3. Sportchi to`liq sog`lomlashtirilgandan keyin, sport vrachi va trenerning
birgalikdagi xulosasi bo`yicha trenirovka mashg`ulotlari boshlanadi. Ular sportchi
organizmi, uning har bir to`qima-a`zolarining funksional holatini e`tiborga olgan
holda, kichik hajmda rejalashtiriladi. Xulosa sifatida ta`kidlash lozimki, tibbiy
reabilitatsiyaning sifati va natijasi asosan uchta mutaxassisga bog`liq:
- birinchidan, sportchining o`ziga bog`liq, ya`ni uning xohishiga, irodasiga,
qunti va sabr - toqatiga;
- ikkinchidan, trenerning bilimi va malakasiga, shuningdek, xohishiga;
- uchinchidan, sport vrachining bilimi va tajribasiga.
Do'stlaringiz bilan baham: |