Sport menejmenti va iqtisodiyot


Korporativ boshqaruvning asosiy yo‘nalishlari va xususiyatlari



Download 11,94 Mb.
bet30/116
Sana15.01.2022
Hajmi11,94 Mb.
#366126
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   116
Bog'liq
Юлдошев У УМК Спортда корпоратив бошқарув

Korporativ boshqaruvning asosiy yo‘nalishlari va xususiyatlari

Korporatsiya (lotincha corporatio – birlashish) bu umumiy maqsadlarga erishish, birgalikda faoliyat ko‘rsatish uchun birlashgan va huquqning mustaqil subyektini – huquqiy shaxsni tashkil qilgan jismoniy yoki huquqiy shaxslar birlashmasidir.

Korporatsiyalar - mulkchilikning hissadorlik shaklining zamonaviy ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Unda bir necha mulkdorlar manfaatlari birlashadi, yagona maqsad doirasida investorlar kapitallari birlashtiriladi.

Xo‘jalik faoliyatini korporativ tashkil qilishning keng imkoniyatlari ularning afzalliklaridan foydalanishga asoslanib, korporatsiyalar yaratish variantlaridan foydalangan holda firmalararo munosabatlarni modellashtirish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. Ularning asosiylari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatamiz:

1. Aksiyalar chiqarish orqali pul mablag‘lari jalb qilish qobiliyati cheklanmagan sonli investorlarning mablag‘larini jamlash imkonini va bu investorlarga jamiyatni boshqarishda ishtirok etishda ma‘lum bir tanlov huquqini beradi.

2. Boshqariluvchanlik muammosini hal etilishi engillashadi. Tashiliy rasmiylashtirishning tugallanganligi, vakolatlar va javobgarliklarni aniqlashda re-glamentga rioya qilish nazorat funksiyalarini aksiyadorlik jamiyati boshqaruv organlari o‘rtasida taqsimlash imkonini beradi, bu esa boshqaruv jarayonini professionallash imkoniyatini anglatadi.

3. Aksiyadorlar tarkibiga kirish va chiqishning soddalashtirilgan tarkibi manfaatdor shaxslarning o‘rnini almashtirish uchun keng imkoniyatlar va mos ravishda, investitsiya taklifi dinamikasi yuqori bo‘lgan sharoitlarda yuqori moslashuvchanlikni ta‘minlaydi.

4. Cheklangan javobgarlik tamoyili risklarni kamaytirishga imkon beradi. Cheklangan javobgarlik tamoyilining qo‘llanilishi risklarni aksiyadorlar va boshqaruvchilar o‘rtasida taqsimlash orqali yirik korporatsiyalar yaratish imkoniyatini vujudga keltiradi.

Korporativ boshqaruv bu – biznesning tashkiliy - huquqiy rasmiylashtirilishini, tashkiliy strukturalarning optimallashuvini boshqarish, qabul qilingan maqsadlarga muvofiq kompaniyada ichki va tashqi firma munosabatlarini tashkil qilishdir. Korporativ boshqaruvni uning xususiyatlari boshqaruv obyekti sifatida korporatsiyaning o‘ziga xosliklari bilan izohlanadigan alohida bir turga ajratib, aksiyadorlar manfaatlarining ustuvorligi hamda ularning korporatsiyani rivojlantirish va boshqarishdagi roliga asoslangan, aksiyadorlarning o‘zaro aloqa qilishini ko‘zda tutadigan (korporativ kommunikatsiyalar) mulkchilik huquqining amalga oshirilishini hisobga oladigan, butun korporatsiyani rivojlantirish strategiyasiga asoslangan va nihoyat, korporativ madaniyatni, ya’ni xulq - atvor tamoyillari, umumiy an’analar kompleksini vujudga keltiradigan boshqaruv sifatida tavsiflash mumkin.

Korporatsiyalar 3 asosiy farqli jihatlarga ega bo‘ladi:

1. Korporatsiyalar o‘zlarining egalaridan yuridik jihatidan mustaqildir va soliqlarni to‘laydi.

2. Korporatsiyalar mas‘uliyati cheklangan, qaysiki, aksionerlar kompaniya qarzlari uchun javobgar bo‘la olmaydi.

3. Har doim ham korporatsiya egalari menejer bo‘la olmaydi, bu egalik qilishning boshqarish bilan cheklanishiga olib keladi.

Korporativ boshqaruv asosiy tip bo‘lib ajralib turadi, boshqarish obyekti sifatida u o‘z hususiyatlariga ega hisoblanib, boshqaruv aksiyadorlarning foydasini ko‘zlagan holda amalga oshiriladi va korporatsiyalarning rivojlanishini ta‘minlash, aksiyadorlarning huquqlarini hisobga olish, korporatsiya strategiyasiga asoslangan holda aksiyadorlarning o‘zaro munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi (1-rasm).

Bunday boshqaruv natijasida korporativ madaniyati vujudga keladi va tartib qoidalarning tamoyillari, urf-odatlari va ularni olib borish tartiblar kompleksi shakllanadi.

Korporativ muhitni shakllantirish jarayonida turli xil shaklardagi xujalik yurituvchi subyektlar va turli xil shaxslar jalb qilinadi.

Korporatsiya rahbariyati qarorlar qabul qilish jarayonida jamiyatni tashkil etuvchi turli xil xo‘jalik yurituvchi subyektlarning manfaatlarini hisobga olishi lozim.




Download 11,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish