Xavfsizlik choralari: to’ldirma to’pni hech qachon ishtirokchilar tomonga uloqtirmaslik kerak. To’ldirma to’pni olib kelib qo’yish yoki o’lchash chizig’i bo’ylab navbatdagi ishtirokchiga yumalatib berish tavsiya qilinadi.
Ochkolarni hisobash: Har bir ishtirokchiga 2 tadan urinish beriladi. O’lchangan natijalar 20 sm aniqlikda yoziladi (agar chiziqchalar orasiga to’p tushsa yaxshi natija yoziladi) va to’g’ri burchak (90o) ostida o’lchash chizig’i bo’ylab o’lchanadi. Ikki urinishdan eng yaxshisi jamoaning umumiy natijasi uchun hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |