O‘rta asr inshootlari. O‘rta asr boshlari jismoniy tarbiya ning
butunlay pasayib ketishi bilan tavsifl anadi. Bunga sabab, avvalo,
xristian dini vakillari, ruhoniylardir. Xristian dini odam tanasining
madaniyati va har tomonlama rivojlanishini inkor etgan. Davlat
dini bo‘lishi bilan xristianlik juda ko‘p stadionlar va sport inshoot-
lari qonunsiz yemirilishiga sabab bo‘ldi.
X–XI asrlarda sekin-asta sport o‘yinlari va mashqlar rivojlana
boshladi. Bunga XI asrda boshlangan Sharqning savdo istilosi,
bordi-keldi yurishlar va ritsarlikning paydo bo‘lishi sabab bo‘ldi.
Yurishdan bo‘shagan vaqtlarda ritsarlar asosan harbiy mashqlar
bajarardi va turnirlarda qatnashardi. Ritsarlar musobaqalari alohi-
da qoidaga ega bo‘lgan. Turli o‘yinlar saroy hovlisida o‘tkazilgan.
12
O‘rta asrlarda jismoniy mashqlarning o‘rgatilishidan asosiy
maqsad ritsarlarni urushga, jangga tayyorlash edi.