106
Qo‘nish uchun joy sakrovchi qo‘nishi uchun 500 x 500 sm
bo‘lishi kerak. Tushish joyi porolon
yoki boshqa momiq xomash-
yodan foydalaniladi.
Planka – temir yoki yog‘ochdan tayyorlanadi.
Uning uzunligi
3,64 – 4,00 metr, og‘irligi 2 kg bo‘ladi. Planka bo‘ylama
kesimi
doira shakliga ega (diametri 3 sm).
Uzunlikka sakrash sektori – yugurib kelish uchun yo‘lak,
debsinish uchun to‘rt qirrali uzun yog‘och (brusok)
va sakrab tu-
shish uchun xandaqdan iborat.
Yugurib kelish uchun yo‘lak – uzunligi 40 metr,
kengligi
1,22 metr, yugurish yo‘nalishiga qarab kamida 1: 1000
qiyalikda
bo‘lishi kerak.
Depsinish uchun to‘rt qirrali uzun yog‘och – kengligi 20
sm li uzun yog‘ochdan depsinish amalga oshiriladi. Uzun yog‘och
handaq chetidan 1 metr oraliqda o‘rnatiladi.
Xandaq – sakrab tushish uchun xandaq minimal kengligi 2, 75
metr bo‘ladi. Depsinish yog‘ochidan, xandaq chetigacha 10 metr-
dan kam bo‘lmasligi kerak (uch hatlab sakrashda 13
metrdan kam
bo‘lmasligi kerak).
Do'stlaringiz bilan baham: