Sport inshootlarining yordamchi xonalari
YOrdamchi xonalar quyidagi asosiy guruhlarga bo‘linadi: tomoshabinlar uchun xonalar; sportchilar uchun xonalar; hakamlar va murabbiylar uchun xonalar; radio telesharhlovchilar va matbuot xonalari; ma’muriy-xo‘jalik xonalari.
Sport inshootlarini tomoshabinlar tribunalari bilan loyihalashda tomoshabinlar va sportchilarning harakatlanish yulaklari hamda zonalarining alohida bo‘lishi talablariga qat’iy rioya etilishi lozim. Ular tomoshabinlar va sportchilar uchun maxsuslashgan binoga kirish xamda chiqish joylariga ega bo‘lishlari zarur. Tomoshabinlar uchun mo‘ljallangan xonalarga vestibyullar,
67
garderob, koridorlar, foye, bufetlar, sanitariya xonalari, chekish joylari, chipta sotish kassalari va faxriy tashrif buyuruvchilar uchun maxsus xonalar kiradi. Garderobli vestibyulь maydoni har bir tomoshabin uchun kamida 0,24 m2, faqat garderob maydonida esa har bir tomoshabin uchun 0,08 m2 ga teng o‘lchamlarda qabul qilinadi. Barьerning uzunligi 40-50 tomoshabinga (ba’zi hollarda 60 tomoshabin) 1 m barьer hisobida qabul qilinadi. Kuluarlar, foye va bufetlarda umumiy me’yorlarga kura har bir tomoshabin uchun 0,5-0,6 m2 qabul qilinadi. Tribunalarning sig‘imi 10 mingdan oshganda bu me’yor – har bir tomoshabin uchun 0,3-0,4 m2 gacha kamaytirilishi mumkin. Sport inshootidagi sanitariya xonalari barcha qavatlar bo‘yicha bir tekisda taqsimlanishi lozim. Hojatxonalarni hisoblashda ayol-erkak nisbati 3:5 ko‘rinishida olinadi. Erkaklar hojatxonasida har yuz kishi uchun 1 unitaz va 2 pissuar, ayollar tualetida har 50 kishi uchun 1 unitaz mo‘ljallanishi lozim. Agarda birinchi qavatdagi shamollatish va havoni ventilyasiya sharoitlari talab darajasida bo‘lsa, bu erda chekishga ruxsat beriladi va maxsus chekish xonalarini loyihalash zarurati qolmaydi. CHipta sotish kacsalarining soni soatiga har bir kassadan 400-500 chipta sotish imkoniyatidan kelib chiqiladi.
Sportchilar uchun xonalar guruhi quyidagicha: vestibyulь garderobi bilan, kiyim almashtirish, dush, hojatxona, massaj xonalari, quruq-issiqlik hammomi, tibbiyot xonasi, bufetlar, dam olish xonasi va sportchilarni arenaga chiqish oldidan yig‘ish xonalari. Sanab o‘tilgan barcha xonalarni bir erda guruhlashtirish va boshqa xonalardan ajratish hamda arena bilan aloqani qulaylashtirish maqsadga muvofiq. Dush xonalari umumiy yoki alohida bo‘limlardan iborat bo‘ladi. Ko‘p hollarda dush xonalarida chegaralovchi devorlarni ko‘llash yaxshi natijalar beradi.
Sanitar-gigienik talablar yuqori qo‘yilgan inshootlarda, masalan, sog‘lomlashtirish jismoniy tarbiya inshootlarida, suv havzalarida o‘tkazish dushlari va oyoq dushlari qo‘llaniladi.
Dush xonasining eng kichik o‘lchami 0,9x0,9 m. CHegaralovchi devorning balandligi 2 m. Dush xonalari qatorlari orasidagi yo‘lakning eni 1,5
m. Dush xonalari va devor orasidagi yo‘lakni eni 0,9 m. Oyoq dushining o‘lchamlari 0,85x1 m hisobida.
Dushlar soni quyidagi hisoblashdan aniqlanadi: sport zallarida bir vaqtda shug‘ullanayotgan 3 kishiga 1 ta dush, instruktorlar uchun 20 kishiga 1 dush.
68
Hojatxonalardagi sanitariya jihozlari soni quyidagicha: bir vaqtning o‘zida suv havzasida mashg‘ulot o‘kazayotgan 25 kishi uchun unitaz va 1 ta pissuar, ayollar hojatxonalari — bir vaqtning o‘zida suv havzasida mashg‘ulot o‘tkazayotgan 15 kishi uchun 1 ta unitaz yoki 30 o‘rinli kiyinib-echinish joyi.
Massaj xonalari 1 ta stol uchun 12 m2. Stollar soni ko‘payishi bilan har bir stol uchun 6 m2 qo‘shiladi.
Quruq-issiq hammom maydoni 10 m2 dan kam bo‘lmagan bir o‘ringa 1m2 hisobida aniqlanadi.
Bufet sport zalida yoki suv xavzasida shug‘ullanayotgan har 6 kishiga bir o‘rin (1,2-2 m2) hisobida loyihalanadi va bufet uchun qo‘shimcha xonalar nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |