Kurash va boks uchun maydonchalar
Kurash va boks uchun maydonchalar tekislikdan iborat bo‘lib, trenirovka o‘tkazish uchun maxsus qoplama va jihozlar kerak bo‘ladi.
Kurash uchun maydon bitta kurash gilamidan iborat bo‘lib, uning o‘lchamlari 18x22 m ga teng bo‘ladi. Maydonda gilamdan tashqari maxsus va umumrivojlantiruvchi jihozlar, trenajerlar (shtanga, giri, arqon va halqa) bo‘lishi mumkin.
Kurash gilamining aylana diametri 9 m bo‘ladi. Uning ustida ish zonasi diametri 7 m, passiv zonasi 1 m va muhofaza zonasi 1,2-1,5 m gacha bo‘ladi.
42-rasm. Kurash uchun sport zali
56
Boks maydonining (ring) o‘lchamlari 20x23 m ga teng bo‘ladi. Ringning o‘lchami 6x6 m va qo‘shimcha (qoplarni osish uchun konstruksiya pnevmatik noksimon qoplar uchun platformalar) jihozlar joylashadi. Ring maydoni atrofi 3-4 sm qalinlikda bo‘lgan arqonlar bilan to‘rt ustun orasida qattiq tortilib qo‘yiladi.
43-rasm. Boks uchun sport zali
Do'stlaringiz bilan baham: |