Mashg‘ulot o‘tkazadigan joyga va sportchilarga qo‘yiladigan asosiy gigiyenik talablar
Tibbiyot kuriklarini tashkil qilish, jismoniy mashqlarning organizmga ta’siri haqida gigiyena va kun tartibiga rioya qilish haqida o‘tkaziladigan shifokor suhbatlari, uzini-o‘zi nazorat qilish murabbiy uchun ham sportchi uchun ham majburiydir. Yakkama-yakka olishuvda kurashda, mashq qilishning boshlang‘ich qismida mayib bo‘lishning sababi asabiy sozlanishdagi kamchiliklari badan qizdirishni yomon o‘tkazilganligidir. Mashq qilish oxirida mayib bo‘lish umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikning yetarli darajada emasligi tufayli yuz beradigan murabbiy alohida e’tibori yakuniy bosqichdagi maxsus tayyorgarlik salmog‘i qaratilgan bo‘ladi.Usul bajarish texnikasining buzilishi shuni buzgani ham, uning raqibini ham mayib bo‘lishiga olib keladi. Buni kurashchining mashq qilish (juft bo‘lib olishuv) mashg‘ulotlari, tanlab olish vaqtlaridagi va ma’suliyatli musobaqalar vaqtidagi ruxiy emosional holati bilan tushuntirish mumkin. Mayib bo‘lishni oldini olish uchun birinchi navbatda sherikni sinchiklab tanlash kerak. Eng muhimi esa kurashchilarni ehtiyotkorlikka va o‘z-o‘zini saqlashga o‘rgatishdir. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki shifokor kurigidan vaqti-vaqti bilan o‘tib turish sportda uchrab turadigan har qanday salbiy oqibatlarning oldini olish uchun zarurdir. Bundan tashqari kurashchilar mashg‘ulot vaqtida ham, musobaqalarda ham ozoda bo‘lishlari tirnoqlari olingan bo‘lishi, sochlari kalta qilib olinishi, kurash ishtoni ichidan suvda suzganda kiyadigan kalta ishton yoki maxsus ishton kiyishi shart. Kurash zaliga amaliy o‘quv mashg‘ulotlari uchun jixozlangan maxsus bino biriladi. Unga 11-11 diametrli ikki kurash gilami sig‘a oladigan bo‘lishi lozim. Bunday zalda bir yo‘la 16-20 kishi shug‘ullanishi mumkin. Ixtisoslashgan kurash zalining sathi 24x 12 m, balandligi 4-5m bo‘lishi kerak. Poldan 2-3 m balandligicha devorlarni moyli buyoqda bo‘yaladi. Pol taxtadan, derazalari keng ikki qavatli bo‘lishi shart. Zalni ikta, uchta ventiliyatorlar yordamida shamollatirib to‘rish lozim. Zaldagi xarorat 15-20 darajada bo‘lishi kerak. Kurash tushiladigan gilamlarni har bir guruppa shug‘ullannishdan keyin nam latta bilan artish tavsiya qilinadi. Sport invertarlarni saqlash uchun zalda omborxona keyim-bosh uchun ilgaklar, o‘qituvchilar xonasi, dush xona, bug‘ xona, masashxona, xojatxona va boshqa yordamchi xonalar bilan jixozlanishi kerak. Zalda albatda aptechka va boshqa dorilar yorliqi bo‘lishi kerak. Zalga kirishdan oldin oyoq keyimlarni tozalab artish kerak. Shug‘ullanuvchi keyinlarini o‘z shikafchasiga ilib, nam lattaga oyog‘ini artib kerish lozim. Kurashchi albatda kurash keyimlarini haftada bir marotaba yuvishlari shart. Ichki keyimlarini har ikki kunda almashtirish lozim. Kurashchi o‘zi bilan kurash mashg‘ulotiga sovun, sochiq, taroq va boshqa narsalarni olib borish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |