Spirt sanoati



Download 14,58 Kb.
Sana06.07.2021
Hajmi14,58 Kb.
#110414
Bog'liq
Spirt sanoati


Spirt sanoati — oziq-ovqat sanoatining oziq-ovqat xom ashyosi (don, kartoshka, melassa)dan etil spirti (xom ashyo) va rektifikatsiyalangan spirt ishlab chiqaradigan tarmogʻi. Oziqovqat xom ashyosidan tayyorlanadigan spirt faqat tarkibida alkogol boʻlgan ichimliklar ishlab chiqarish.da emas, balki xalq xoʻjaligining tibbiyot, radioelektronika, parfyumeriya va boshqa sohalarida ham ishlatiladi. Texnika ishlarida qoʻllaniladigan etil spirtining koʻp qismi, asosan, oziqovqat uchun ishlatilmaydigan oʻsimlik moddalarini gidrolizlash va turli kimyoviy usullarda sintezlash yoʻli bilan olinadi.

Kraxmalli va qandli moddalarni bijgʻitib spirtli ichimliklar olish kadimdan maʼlum. 11-asrda Italiyada uzum vinosini haydash yoʻli bilan vino spirti olingan. 14-asrda spirt ishlab chiqarish. Fapbiy Yevropa va Rossiyada ancha rivojlangan edi. 19-asrning oxiri —20-asr boshlarida Rossiyada yirik spirt zavodlari qurildi.

20-asrning 90yillariga qadar Oʻzbekistonda Spirt sanoati unchalik rivojlanmagan edi. 1940 yilgacha respublikada faqat Samarqanddagi spirtaraqzdi, "Toshkentvino" k-tining spirt sexi mavjud edi, xolos. Respublika xalq xoʻjaligi uchun etil va texnik spirtlar sobiq SSSRning boshqa hududlaridan keltirilgan. 1940—90 yillarda viloyatlarda qurilgan vinoarak, zavodlarida kam miqdorda etil spirti ishlab chikarilgan. 1995 yilda etil spirti ishlab chiqarish.ni koʻpaytirish, chet eldan spirt sotib olishga barham berish maqsadida dastlab mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish.ga moʻljallangan Qoʻqon mineral oʻgʻitlar zavodi 1989 yildan etil spirti ishlab chiqarish.ga ixtisoslashtiriddi. Korxona 1995 yildan bugʻdoydan oziqovqat spirti ishlab chiqara boshladi. Uning yillik kuvvati 2464,2 ming dal rektifikat spirt (2003). 1991 yildan Andijon biokimyo zavodi qayta ixtisoslashtirilib, 1994 yildan etil spirti ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi (yillik quvvati 1642,8 ming dal, 2003).

Yangiyoʻl "Biokimyo" zavodi 1995 yildan bugʻdoydan rektifikat etil spirt, sholi chikindisidan texnik spirt ishlab chikaradi. Yillik quvvati 821,4 ming dal. Shuningdek, viloyatlarda joylashgan vinoaraq zavodlarida ham etil spirti ishlab chiqariladi.

Respublikada ishlab chiqarilayotgan oziqovqat spirti, asosan (80%), ichki bozorni — "Oʻzmevasabzavotuzumsanoatxolding" kompaniyasining vinoaraq korxonalarini, "Doridarmon" aksiyadorlik kompaniyasi boʻlinmalarini, "Oziqovqat sanoati" uyushmasi va boshqa korxonalar ehtiyojlarini taʼminlaydi. 1999 yildan oziqovqat spirti Markaziy Osiyo hududidagi boshqa davlatlarga eksport qilinadi.

Oʻzbekiston Spirt sanoati korxonalarida 4032,8 ming dal xom ashyo etil spirti, shu jumladan, "Oʻzkimyosanoat" davlataksiyadorlik kompaniyasi korxonalarida 2637,1 ming dal oziqovqat spirti ishlab chikarildi (2002).



Rivojlangan mamlakatlarda S.s, asosan, AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Fransiya, Braziliya kabi davlatlarda taraqqiy etgan. AQShda "Shenli distillere", "Jozef E. Sigrem End sane", "Barton distilling"lar etil spirti ishlab chikaruvchi asosiy firmalar hisoblanadi. Germaniya, Fransiya va boshqa mamlakatlarda oziqovqat spirti ishlab chikaruvchi zavodlar, asosan, davlat monopoliyasi tarkibiga kiradi.
Download 14,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish