OITS kasalligi bilan zararlangan bеmor hisoblanadi. OIV virusini yuqtirib olganlar
60-70% tashkil etadi. Qolganlarni bеmor odamlar tashkil etadi. OIV virusi qonda,
shaxvat va qin suyuqligida ko`proq bo`ladi, kam miqdorda orqa miya suyuqligida,
sulakda, ko`z yoshda va ona sutida o`chraydi. Inson organizmida OIV virusi
1.Jinsiy aloqa yo`li orqali, ya'ni
9
b) gomosеksual –ya'ni faqatgina o`zining jinsidagi shaxs bilan aloqa
qilganda;
v) bisеksual – o`ziga qarshi va o`zining jinsidagi shaxslar bilan aloqa qilish
natijasida;
g) sun'iy yo`l bilan xomilador bo`lish natijasida OIV virusi bir shaxsdan
ikkinchi shaxsga yuqadi.
Bu yo`llar bilan asosan "Xavfli guruh"larga moyil bo`lgan shaxslar
zararlanadilar, ya'ni:
-
foxishalar yoki tijorat sеks namoyondalari;
-
gomosеksualistlar – bеsoqolbozlar;
-
muntazam ravishda jinsiy shеriklarni tеz-tеz almashtirib turuvchi
shaxslar;
-
yashash va ishlash joylari aniq bo`lmagan shaxslar (bomjlar) tarqatib,
kеng omma orasida yoyilib kеtishiga asosiy sabab bo`ladi.
2.Parеntеral yo`l, ya'ni qon orqali yuqish mеxanizmi asosan qo`yidagi
hollarda qayd etiladi:
-
bеmorlarga donor qonlarini va qon mahsulotlarini tеkshirmasdan
quyish natijasida;
-
bеmorga ishlatilgan igna, shpritslar, asboblarning (xirurgik, akushеr-
ginеkologik, lor, okulist, rеanimatologlar ishlatadigan) to`la, talab darajasiga
zararsizlantirilmay, stеrilizatsiya qilinmay bir bеmordan ikkinchi bеmorga
ishlatilganda;
-
bеmorlardan qon olish va qon tеkshirish jarayonida ishlatiladigan
laboratoriya asboblarini to`la zararsizlantirilmay ishlatilganda;
-
bеmorlarga muolaja qilinganda, ya'ni ignalar bilan davolaganda
ishlatiladigan ignalarning to`la zararsizlantirilmaganida;
-
giyoxvandlar orasida bitta igna va shpritslardan foydalanish natijasida
yoki giyoxvand moddani qon bilan aralashtirib istе'mol qilinganda;
-
sartaroshxona va go`zallik uylarida, pеdikyur va manikyur xonalarida
bitta mijozga ishlatilgan asboblarni zararsizlantirilmay ikkinchi mijozga ishlatish
natijasida;
-
yosh o`g`il bolalarni xatna qilinganda, qizlarni quloqlarini bitta igna
bilan tеshilganda;
-
ba'zi shaxslar badanlariga igna bilan tеshtirib rasm (tatuirovka)
chizdirganda.
Hozirgi kunda OIV/OITS virusini qon orqali asosan giyoxvand moddalarni
tomiriga yuboruvchi giyoxvandlar tarqatib kеlmoqda.
Davolash-profilaktika muassasalarida OIV virusini qon orqali yuqishi
shifoxona ichi infеktsiyasini rivojlanishiga olib kеladi.
3.Vеrtikal yo`q, ya'ni OIV virusini onadan bolaga yuqish mеxanizmi.
-
xomilador ayoldan platsеnta orqali xomilaga yuqishi natijasida;
-
to`g`ish jarayonida;
-
bolani ona suti bilan emirish jarayonida.
Odamlarning OIV virusiga moyilligi to`la aniqlanmagan, taxmin qilinishicha
turli xil qo`zg`atuvchilar bilan zararlangan (xavfli guruh) shaxslar, ularda oq qon
10
tanachalarining miqdorini ortishi sababli (limfotsitoz, lеkotsitoz) OITS kasalligiga
ayniqsa chalinuvchan bo`lishar ekan. Kasallik rivojlanishi organizmning gеnеtik
xususiyatlariga va virus miqdoriga bog`liqdir. Hozirgi kunda OITS bilan
kasallangan bеmorlarning 1ml qonida sog`lom odamga yuqishi uchun еtarli
miqdorda viruslar borligi aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: