So'zlarning yozilishidagi barqarorlik, qat'iylik millatni yakdiilikka, ma'naviy jipslikka yetaklaydi. Shu ma'noda har bir xalq o'z tilining imlo qoidalarini ishlab chiqadi, uni amali-yotga tatbiq etadi


IKKI NUQTA, NUQTALI VERGUL VA ULARNING QO'LLANILISH O'RINLARI



Download 88,5 Kb.
bet13/14
Sana23.09.2021
Hajmi88,5 Kb.
#183100
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1415024997 59776

IKKI NUQTA, NUQTALI VERGUL VA ULARNING QO'LLANILISH O'RINLARI

Ikki nuqta o'zbek yozuvida XIX asrning oxiri va XX asrning boshlaridan e'tiboran ishlatila boshlangan.

U quyidagi o'rinlarda ishlatiladi:

1. Shaklan tugallangan, lekin mazmunan keyingisi bi-rinchisining uzviy davomi sanalgan bog'lovchisiz qo'shma gaplardan so'ng.

Oltmishga kirib bildim: umrim bekorga o'tmabdi, odam-larga kerakli ekanman hayotda iz qoldiribman (A. Qahhor).

2. Muallif gapi ko'chirma gapdan oldin kelganda, undan so'ng.

Bundan so'ng qutidor turib ichkariga yugurdi, yarim yo'ldanoq tanchada o'tiruvchi Oftoboyim va Kumushga qichqirdi:

— Sir ochildi! (A. Qodiriy)

3. Uyushiq bo'laklardan oldin kelgan umumlashtiruvchi so'zdan keyin:

O'zbekiston Respublikasining Davlat ramzlari: Davlat bayrog'i, Davlat Gerbi va Davlat madhiyasi milliy iftixori-miz, sharaf va shonimiz sanaladi.

4. Reja, mavzu, qaror qilindi kabi so'zlardan so'ng. Mavzu: «Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostoni».

Yuqoridagilar asosida yig'ilish qaror qabul qildi: I. Jamoaning Navro'z bayramiga tayyorgarlik ishlari qoniqarli deb topilsin.

II. Navro'z — umumxalq bayramini ko'tarinki ruhda munosib kutib olish uchun yana zaruriy chora-tadbirlar ishlab chiqilsin.

5. Uslubiy ravonlikni, muxtasarlikni ta'minlash maqsadida turli xil rasmiy ma'lumotlarda, nashr ishlarida ayrim so'zlardan keyin.

Toshkentda «Mustaqil O'zbekiston: falsafa va huquq-ning dolzarb masalalari» mavzuyida uchinchi an'anaviy res-publika ilmiy-nazariy konferensiyasi bo'lib o'tdi.

6. Sport musobaqalarida raqiblar o'rtasidagi hisobni ifodalash uchun olingan ochkolar yoki kiritilgan gollarning nisbatini belgilash uchun.

Sidneydagi XXVII yozgi olimpiada o'yinlarida ham-yurtimiz Muhammadqodir Abdullayev raqibini 27:21 hisobi bilan yengdi.

«Navro'z» (Andijon) va «Paxtakor» (Toshkent) koman-dalari o'rtasidagi o'yin durang natija bilan tugadi —2:2.



Eslatma: Hisob-kitob ishida bo'luv alomati sanaladi. 100:2=50


Download 88,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish