Omoformalar ma’nolari har xil bo‘lib, ba’zi grammatik shakllariga ko‘ra bir xillikka ega bo‘ladigan shakldosh so‘zdir. Omoformalar ayni bir so‘z turkumiga ham, boshqa-boshqa so‘z turkumlariga ham mansub bo‘lishi mumkin. Masalan, oqar (oq tusga kir) - buyruq fe’li, II shaxs birlik; oqar ("oqadigan") fe’lning kelasi zamon sifatdosh shakli; yoz - ot, bosh kelishik shaklida, yoz - II shaxs birlikdagi buyruq fe’li va boshqalar.
Bu so‘zlarga boshqa grammatik qo‘shimchalar qo‘shilganda bir-birlaridan tamomila ajralib, omonimlik yo‘qoladi. Masalan: oqaray, oqarsin - oqaradi, oqarsan; yozning, yozni, yozga, yozda, yozdan - yozay, yozgin, yozsin kabi holatlarda omonimlik mavjud emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |