Basketbol
Basketbol (
inglizcha
basketball soʻzidan olingan boʻlib, basket —
savat
, ball —
toʻp
) har birida
beshtadan oʻyinchi ishtirok etadigan jamoaviy sport turidir. Oʻyindan bosh maqsad — toʻpni qoʻl
bilan oʻynagan holda 3,05 m balandlikdagi shitga mustahkamlangan savatga tushirib, imkon
qadar koʻproq ochko olish. Har bir jamoada beshtadan oʻyinchi ishtirok etadi. Jahondagi eng
kuchli basketbol ligasi ham Milliy Basketbol Assotsiatsiyasi (MBA) dir. Liganing nomdor
professional basketbolchilari 1992-yilgi Olimpiadadan boshlab AQSH t/j sharafini yirik
musobaqalarda xam ximoya qilib kelmoqda. Olimpiada oʻyinlari basketbol turnirida eng koʻp
AQSH t/j golib chiqqan — 12-marta, Faqatgina SSSR 2-marta (1972, 1988), Yugoslaviya (1980)
va Argentina (2004) Olimpiada chempioni nomini tortib olgan. Basketbol tarixidagi eng buyuk
oʻyinchilar AQSHlik Karim Abduljabbar, Lerri Berd, Medjik Djonson, Uilt CHemberlen, Uilyam
Rassel, Maykl Jordon xisoblanishadi. Zamonaviy basketbol yulduzlaridan SHakil Oʻnil, Kobi
Brayant, Tim Dankan, Alen Ayverson, Lebron Djeymslarni eʼtirof etish mumkin. Yevropa
basketboli yulduzlaridan rossiyalik Andrey Kirilenko, germaniyalik Dirk Novitski, ispaniyalik Pou
Gazol, serbiyalik Predrag Stoyakovich va fransiyalik Toni Parkerlarni eʼtirof etish mumkin.
SHuningdek xitoylik Yao Min va argentinalik Emmanuel Jinobili xam Dune basketbol
ixlosmandlari orasida katta nufuzga ega.
Odatda, basketbol oʻyinchilari quyidagi pozitsiyalarda oʻynashadi:
Hujumkor himoyachi (ing. Shooting guard, SG); uning vazifasi — uzoq masofadan toʻpni
savatga tushirish. Jamoa himoyalanayotganda esa, uch ochkolik zarbalardan savatni himoya
qilish. Ularni jamoaning „snayperi“ deb ham atash mumkin. Ular chaqqon va tezkor boʻlishadi.
Shuningdek, yaxshi sakray olishadi. Oʻrtacha boʻyi taxminan 193-201 sm ni tashkil qiladi. Shuni
alohida taʼkidlash lozimki, koʻplab basketbol afsonalari, masalan,
Michael Jordan
,
Reggie
Miller
,
Clyde Drexler
,
Oscar Robertson
,
Jerry West
,
Allan Houston
,
Allan Iverson
,
Kobe
Bryant
,
Dwayne Wade
kabilar aynan hujumkor himoyachi boʻlishgan. Hozirgi kunda
oʻynayotgan NBA oʻyinchilaridan
James Harden
va
Klay Thompsonni
ham alohida aytib oʻtish
mumkin.
Pleymeyker (ing. Point guard, PG); Jamoaning „miya“si. Hamma hujumlar aynan shu oʻyinchi
orqali boshlanadi. U maydondagi barcha oʻyinchilarning joylashuvi vaziyatini va imkoinyatlarini
oʻrganib, hujum uchun kerakli yoʻnalishni tanlaydi. Toʻp bilan muomala qilish darajasi juda
yuqori. Maydonni yaxshi koʻra olishadi. Himoya vaqtida esa raqib tezkor qarshi hujumga oʻtib
ketishining oldini olishadi. Jamoaning boshqa oʻyinchilariga nisbatan biroz past boʻyli boʻlishi
ham mumkin. Oʻrtacha boʻyi taxminan 185-195 sm ni tashkil qiladi. Bu pozitsiyada oʻynagan
Michael Jordan
basketbol matchida
slam dunk
qilmoqda.
Basketbol oʻyinchilarining pozitsiyalari
eng mashhur oʻyinchi bu
Magic Johnsondir
. U 3-marta
NBAning
eng qimmatli oʻyinchisi deb
eʼtirof etilgan. Bunday unvonga yana
Oscar Robertson
,
Allen Iverson
,
Steve Nash
va
Stephen
Currylar
erishishgan. NBA boʻyicha eng koʻp samarali toʻp uzatishlar soni 15086 ga teng
boʻlib, bu natija
John Stockton
ga tegishli.
Kichik hujumchi (ing. Small forward, SF); vazifasi hujumkor himoyachinikiga oʻxshash, lekin
boʻy jihatdan biroz balandroq boʻlishadi (oʻrtacha boʻyi taxminan 195-210 sm), shuningdek,
maydonning istalgan nuqtasidan savatga toʻp tashlay oladi, raqib toʻplarini qaytarish uchun
blok (ing. Block shoot) qoʻyishadi. Bu pozitsiyada oʻynaydigan mashhur oʻyinchilardan
LeBron
James
,
Kevin Durant
,
Skotty Pippen
,
Carmelo Anthony
va rossiyalik basketbolchi
Andrei
Kirilenko
larni aytib oʻtish mumkin.
Ogʻir hujumchi (ing. Power forward, PF); asosiy vazifasi hujum vaqtida va himoyalanishda
savatdan qaytgan toʻplarni qoʻlga kiritish. Shu sababli bu pozitsiyada oʻynaydigan oʻyinchilar
jismonan baquvvat va chidamli boʻlishadi. Oʻrtacha boʻyi taxminan 200-215 sm ni tashkil
etadi. Asosan, toʻpni savatga
slem-dank
koʻrinishida tushirishadi. Boshqa pozitsiyadagi
oʻyinchilar, masalan, hujumkor himoyachi yoki kichik hujumchi ham bunday dankni amalga
oshirishi mumkin. Lekin ogʻir hujumchilar bu zarbani mutlaqo boshqacha kuch bilan ijro
etishadi. Bu pozitsiyada oʻynagan
Kevin Garnett
,
Tim Duncan
,
Dirk Nowitzki
,
Dennis Rodman
,
Ben Wallace
kabi oʻyinchilarni misol qilib keltirishimiz mumkin.
Markaziy oʻyinchi (ing. Center, C); uning vazifasi — jamoa himoyalanayotganda, savatni himoya
qilish va raqibga savatdan qaytgan toʻp (ing.
rebound
)ni qoʻlga kiritishiga yoʻl qoʻymaslik.
Hujum vaqtida esa, aynan savatdan qaytgan toʻplarni raqib savatiga tushirish bilan
shugʻullanishadi. Bu toifadagi basketbolchilar jamoaning boshqa aʼzolariga nisbatan
boʻydorroq va jismonan baquvvatroq boʻlishadi. Jarimadan toʻpni savatga tushirishda esa,
koʻrsatkichlari 70 % dan kamroq boʻladi. Oʻrtacha boʻyi taxminan 210-225 sm boʻladi. Bu
pozitsiyada oʻynagan eng yorqin basketbolchilardan biri — bu
Uilt Chemberlendir
. Uning baʼzi
rekordlari haligacha ham yangilanmagan (masalan, u bitta oʻyinda 100 ochko toʻplagan
yagona oʻyinchi hisoblanadi). Shuningdek,
Shaquille O'Neal
,
Alexsander Belov
,
Arvydas
Sabonis
,
Yao Min
,
Dwight Howard
,
Patric Young
,
David Robinson
,
Kareem Abdul-Jabbar
kabi
oʻyinchilar ham basketbol tarixidagi eng kuchli markaziy oʻyinchilar hisoblanadi.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Manbalar
Soʻnggi tahrir 20 kunlar avval
Malikxan
tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Basketbol&oldid=2451471
"
dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |