1. Qaysi javobdagi yomon so‘zi gunoh, ayb ma’nolarida qo‘llangan?
A) Bolalikda o‘tgan yomon kunlari esiga tushib xo‘rligi keldi.
B) Yarasi juda yomon, juda qiynalib yotibdi.
C) Hay, Xadichaxon, o‘ylab gapiring-a, birovga tuhmat qilish yomon-a!
D) Yomon xabarning qanoti yengil bo‘ladi, tez tarqaladi.
2. Qaysi javobdagi so‘zlar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan?
A) xususiyat, tafsilot B) daromad, sabzovot
C) saxovot, zokovat D) halovat, forosat
3. Qaysi qatorda paronim qo‘llash bilan bog‘liq xatolik mavjud?
A) Barcha a’yonlar majlisga jam bo‘lishdi.
B) Shoh shu onda lahimni ko‘mdirib yubordi.
C) Xola, anavi kungi qiz rosa sodda ekan.
D) Kelasi yil sen yozgan sherlar chiqadi.
4. Qaysi maqolda ikki o‘rinda shaxs oti qo‘llangan?
A) Kattaga hurmatda bo‘l, kichikka izzatda bo‘l. B) Mehmon otangdan ulug‘.
C) Arslon izidan qaytmas, yigit-so‘zidan. D) Zar qadrini zargar biladi.
5. 1. O‘t ishi - qovurmoq.
2. Bitta ham yovvoyi o‘t qolmasin.
3. Ko‘chadan o‘tsang, to‘g‘ri o‘t.
4. Qalbida ishq o‘ti alangalandi.
Ushbu gaplarning qaysilarida o‘t so‘zi bir so‘zning ko‘p ma’nolari hisoblanadi?
A) birinchi va ikkinchi gaplarda B) ikkinchi va uchinchi gaplarda
C) birinchi va to‘rtinchi gaplarda D) barcha gaplarda
6. Qaysi kelishik shaklidagi so‘z doim bir xil sintaktik vazifada keladi?
A) jo‘nalish kelishigi B) tushum kelishigi
C) chiqish kelishigi D) o‘rin-payt kelishigi
7. Sof ko‘makchilar berilgan javobni toping.
A) sari, sayin, so‘ng, boshida
B) singari, misoli, haqida, bo‘ylab
C) tomon, boshida, uchun, orqali
D) uzra, tufayli, haqida, qadar
8. Na . . . , na inkor bog‘lovchisi qo‘llangan gaplarning kesimi qanday shaklda bo‘ladi?
A) bo‘lishsiz shaklda B) bo‘lishli shaklda
C) o‘rni bilan bo‘lishli yoki bo‘lishsiz shaklda D) barcha javob to‘g‘ri
9. Tuzsiz she’rlarim deb shirindan shirin
Bolalarim yurar oyoq uchida. (M.Yusuf)
Ushbu satrda ma’no ko‘chishining qaysi ko‘rinishi bor?
A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
10. Qaysi javobdagi gapda / / belgisi o‘rnida tire tinish belgisini qo‘yib bo‘lmaydi?
A) A’lo o‘qish / / bizning va sizning asosiy hamda sharafli vazifamiz.
B) Uylar, devorlar, daraxtlar / / hammasi qorong‘ilikka jimgina cho‘kdi.
C) Otamning akalari ham / / haydovchi.
D) O‘rinsiz g‘azab / / o‘zingga azob.
11. tush ko‘rmoq, tush payti, pastga tush birikuvlaridagi tush so‘zi qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?
A) bir so‘zning turli ma’nolari B) bir xil shakldagi uchta so‘z
C) bir xil ma’nodagi uchta so‘z D) o‘zaro paronim so‘zlar
12. Qaysi javobda faqat nisbiy sifatlar berilgan?
A) go`zal, paxtali, yuzaki B) erksevar, toza, tonggi
C) mazali, sermeva, chiroyli D) kuzgi, chillaki, ro`molli
13. Imloviy jihatdan xato yozilgan so’zni aniqlang.
A)shu’la B) ju’rat C) sun’iy D) ta’kid
14. O’zlik nisbatidagi fe’llarni aniqlang.
A) varaqladi, kuldi, pishdi B) ko’rsatdi, ishatdi, yotqizdi
C) ishlashdi, kelishdi, kuylashdi D) maqtandi, tarandi, yuvindi
15. Ega ot so’z turkumi bilan ifodalangan gapni aniqlang.
A) O‘qigan o‘qdan o‘zar, o‘qimagan turtkidan shoshar.
B) Ikkalasi ham chiqib ketishdi.
C) Milt-milt yonib turgan chiroq birozdan so‘ng o‘chdi.
D) Qars ikki qo‘ldan chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |