Individual yordam - boshqa insonlarning ehtiyojlarini qondirishga zarur bo‘lgan bilim, malakalarni o‘zlashtirishda insonga ongli yordam berish, insonning o‘z qadriyatlarini anglashi, o‘z-o‘zini anglashini rivojlantirish, oila, guruh, jamiyatga mansubligi hissini rivojlantirishdir.
Bu o‘rinda shuni ham ta’kidlash joizki, ijtimoiy tajriba, ta’lim va individual yordamning usul, shakl, mazmuni, harakter, jadalligi bevosita tarbiyalanuvchilarning yoshi, jinsi, qaysi kasb egasi ekanligi, ularning ijtimoiy madaniy mansubligiga ham bog‘liq. Bu jihatlar turli ta’lim muassasalari va tashkilotlarda farqlanadi. Masalan pedagogik, texnikaviy, tibbiy, xuquqiy, iqtisodiy kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |