O‘zaro munosabatlar – jamoada ijtimoiy psixologik iqlimni shakllantirish asosi.
O‘z-o‘zini aktuallashtirish – insonning o‘z shaxsiy imkoniyatlarini to‘liq aniqlashga va rivojlantirishga qaratilgan doimiy intilish.
O‘z-o‘zini anglash – inson ongining eng oliy irodasi bo‘lib, o‘zi haqidagi tasavvurlar, xulq-atvori, faoliyati, ehtiyojlarini anglashdan namoyon bo‘ladi.
O‘z-o‘zini tarbiyalash – insonning o‘zida ijobiy xislatlarni shakllantirish va salbiy xislatlarni bartaraf etishga qaratilgan, tashkillashtirilgan faoliyati.
Qadriyatlar – harakat usuli, metodikasi va uning individual etimga aylanishi uchun shart-sharoit yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |