Ijtimoiy reabilitatsiya – insonning ijtimoiy muhitda faoliyat yuritish qobiliyatini tiklashga qaratilgan jarayon-texnologiya sifatida tibbiy, maishiy, kasbiy, shaxsiy darajadagi reabilitatsiyaga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasini ilgari suradi.
Ijtimoiy reabilitatsion yordam – bolalarning ruhiy, aqliy, emotsional holati va sog‘ligini tiklashga qaratilgan yordam.
Ijtimoiy sog‘lik – individning tashqi muhit bilan o‘zaro munosabatlarining mukammallashuvi shakli va vositalarini muayyan darajasidir, bu o‘zaro munosabatlarning muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini beruvchi ruhiy va shaxsiy rivojlanish darajasi. ijtimoiy sog‘likning aksi ijtimoiy qarovsizlik holatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |