Ijtimoiy iqtisodiy yordam – muhtoj bolalarning ruhiy, axloqiy va emotsional holatini tiklash bo‘yicha muassasa, markazlarda yordam ko‘rsatish.
Ijtimoiy normalar – insonlar xatti – harakatlarini, ularning ijtimoiy hayotini muyyan madaniyat, jamiyat qadriyatlariga muvofiq tartibga soluvchi xulq-atvor me’yorlari.
Ijtimoiy patronaj – shaxs huquqlari, voyaga etmaganlarning mol-mulklarini himoya qilishning maxsus turi. Texnologiya sifatida ijtimoiy vasiylik vasiylikka muhtoj odamlarni aniqlaydi, vasiylarni tanlaydi, ularning o‘zaro munosabatlarini tartibga soladi. Patronaj uyda profilaktik, sog‘lomlashtirish, sanitar chora-tadbirlani o‘tkazishni ko‘zda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |