4-mavzu: Ijtimoiy talim-tarbiya va ijtimoiy tarbiya
Reja:
Ijtimoiy pedagogik faoliyat va ijtimoiy ta’lim.
Ijtimoiy talim-tarbiya va ijtimoiy tarbiya.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat va ijtimoiy ta’lim. Ijtimoiylashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy maqom, ijtimoiy xulq-atvorning me’yor va qoidalari haqidagi turli bilimlarni, jamiyatga Ko'nikishiga yordam beruvchi turli ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtiradi. Bu jarayon, ayniqsa, bolalikda juda jadal sur’atlar bilan amalga oshadi. Ma’lumki, bola besh yoshgacha uning keyingi hayotida o’z aksini topuvchi nihoyatda ko‘p bilimlarni oladi. Bola ijtimoiylashuvining ajralib turuvchi xususiyati, uning jamiyat ilgari surayotgan yurish-turish me’yorlariga baho berishi va nazorat qilishining qiyinligidadir. U bularni faqat o‘zlashtirib boradi, shuning uchun ham bola shaxsining ijtimoiylashuv jarayonida ota-onalar, qarindoshlar, ular bilan ishlayotgan mutaxassislarning (psixolog, shifokor, pedagog va shu kabilar) ta’siri katta bo’lib, bolalarni hayotda zarur ijtimoiy bilimlarni ertaroq va yaxshiroq, o‘zlashtirishlari, ularni hayotda qullashga intilishlari aynan ularga bog‘liqdir. Buning ijtimoiy pedagogika bilan bog‘liqligi shundaki, maktab yoki boshqa ta’lim muassasida ta’lim olish jarayonida bola, avvalo, akademik bilimlarni o‘zlashtiradi. Biroq shu bilan bir vaqtda unda muayyan tizimlashgan ijtimoiy bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanadi. Bu bilim, ko‘nikma va malakalar ijtimoiylashuv jarayonida - bolaga maxsus yordam kerak bo‘lganda juda zarur bo’ladi. Bolaning ijtimoiylashuviga yordam beradigan ijtimoiy bilimlarni unga etqazish, ijtimoiy ko’nikma va malakalarni shakllanganligi deyiladi. Tarbiya pedagogikaning asosiy olimlarni diqqat markazida bo’lib kelgan. Shu bilan birga, “tarbiya” tushunchasining mazmuni amaliy ahamiyatga ega. Chunki bu tushuncha pedagogik faoliyatning vazifa va maqsadlariga asosiy yondashuvlarni belgilaydi. Boshqa tomondan, tarbiya ijtimoiy hayotning doimiy va umumiy kategoriyasidir. Tarbiyaning ijtimoiy qamrovi uning lug’aviy ma’nosidan ancha kengdir. Shuni hisobga olib, ijtimoiy tarbiyani insonning qobiliyati, bilimi, qadriyatlar, u yashayotgan jamiyatga munosabatidan iborat imkoniyatlarini ob’ekti rivojlanish tarixi rivojlantirishga yordam beruvchi, maxsus tarbiya tashkilotlarida amalga oshiriladigan jarayon sifatida ko‘rib chiqish lozim. Boshqa so’zlar bilan ifodalaydigan bo‘lsak, ijtimoiy tarbiyaning maqsadi insonni ijobiy rivojlanishga qaratilgan sharoitlar yaratish jarayoniga yo‘naltirishdir. Bu sharoitlar individual va guruhiy sub’ektlarning uchta o‘zaro bog‘liq va shu paytning o‘zida mazmuni, shakli va usuli jihatidan nisbatan mustaqil bo‘lgan jarayonlarni qamrab oladi: bolalar, o‘smirlar, o‘spirinlar ijtimoiy tajribasini tashkil qilish, ularning ta’lim olishlarini ta’minlash hamda ularga individual yordam ko‘rsatish. Ijtimoiy tajribani tashkil qilish guruh(jamoa)larning maishiy va hayotiy faoliyatini tashkil qilish, o‘z-o‘zini boshqarish faoliyatini rag‘batlantirish va norasmiy mikrog’ururlarga ta’sir etish orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy tajriba keng ma’noda turli ko‘nikma va malakalar, bilim va fikrlash usullari, yurish-turish me’yori va stereotiplari, qadriyatlar, odamlar bilan munosabatga kirishish tajribasi, moslashish tajribasi, shuningdek, o‘z-o‘zini anglash, o‘ziga ishonch, o‘z ijtimoiy xayot yulini belgilash va shu yo‘ldan borish tushuniladi. Ta’lim o‘z ichiga quyidagilarni oladi: uzluksiz tizimli ta’lim (rasmiy ta’lim), madaniyatni targ‘ib qilish va tarqatish, o‘z-o‘zini shakllantirishga va mustaqil ta’lim olishga yo‘naltirish. Individual yordam insonga muammolarni hal qilishda, o‘z-o‘zini rivojlantirishda, jamiyatdagi mavqyeini, o‘rnini yuksaltirishda namoyon bo‘ladi. Individual yordam boshqa insonlarning ehtiyojlarini qondirishga zarur bo‘lgan bilim, malakalarni o‘zlashtirishda insonga ongli yordam berish, uning o‘z qadrini bilishi, o‘z-o‘zini anglashi hamda unda oila, guruh va jamiyatga mansublik hissini rivojlantirishdir. Tabiiyki, ijtimoiy tajriba ta’lim va individual yordamning usul, shakl, mazmun, tavsifi va jadalligi bevosita tarbiyalanuvchilarning yoshi, jinsi, qaysi kasb egasi ekanligi va ularning qaysi ijtimoiy madaniy sohdga mansubligiga bog‘liq. Bu jihatlar turli ta’lim muassasalari va tashkilotlarida farqlanib, bu farq tashkilot turiga, unda faoliyat yuritadigan pedagoglarning amalga oshirayotgan ishlariga bog‘liq.
Ijtimoiy tarbiya jarayonidagi o‘zaro munosabat shu jarayonning sub’ektlari orasidagi axborot, faoliyat usullari va qadriyatlar almashinuvidir. Bunday munosabat ijtimoiy jiqatdan tabaqalashgan, alohida ko‘rinishga ega. Chunki o‘zaro munosabatning aniq ishtirokchilari muayyan etnik, ijtimoiy va ijtimoiy psixologik gurular vakili bo‘la turib, o‘z munosabatlarida u yoki bu darajada ular mansub guruxdarga tegishli ijtimoiy xulqni amalga oshirishadi. Umuman olganda, o‘zaro munosabat tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning birgalikdagi faoliyati, bu faoliyatning mazmuni, xarakteri, tarbiyaviy samaradorligi, faoliyat ishtirokchilari va ular o‘zlarini qay darajada shaxs deb qisoblashlariga bog‘liq. O‘zaro munosabat jarayonida amalga oshirilayotgan ijtimoiy tarbiya insonning ijobiy ijtimoiy, ma’naviy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda qulay sharoitlar yaratadi.
Avloniy ma’rifiy g‘oyalarini nafaqat o‘z ijodida ilgari surgan. U tomonidan 1908 yilda kambag‘allar uchun maktab ochilgan va u erda ona tilini o‘qitishning yangi usullari qo‘llanilgan. Pedagogik faoliyat bilan sermaqsul shug‘ullanishni kanda qilmay, u darslik va qo‘llanmalar yoza boshlagan. Amaliy bilimlarni eng kerakli va foydali deb hisoblaganligi uchun Avloniy ta’lim-tarbiya tizimini kundalik hayotga yaqinlashtirishga harakat qilgan bo‘lib, bu olimning “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Turkiy guliston yoxud axloq” darsliklarida uz aksini topgan. Avloniydan so‘ng ma’rifat va dunyoviy bilimlarning faol targ‘ibotchisi Miskin edi. Miskinning ta’limiy va ma’rifiy qarashlari ijtimoiy-siyosiy mohiyatga ega bo‘lib, u o‘zbek ilg‘or pedagogik g‘oyalarining rivojiga katta hissa qo‘shgan. Miskin ta’lim jarayonini yosh avlodni xalqqa xizmat qilish uchun tarbiyalash kerak, deb tushungan va o‘z qarashlarini rivojlantirgan. Miskin va boshqa o‘zbek ma’rifat- parvarlarining intilishlari tarbiyaning ijtimoiy jihatini oshirishga, ijtimoiy tarbiyani kengaytirishga, insonning turli ijtimoiy munosabatlarga kirishi, boshqa davlatlar va xalqlar hayotini o‘rganishga qaratilgan edi.
Savol va topshiriqlar:
1. Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari, deganda nimani tushunasiz?
2. Ijtimoiy pedagogik faoliyat” kategoriyasining mazmun va mohiyatini ochib bering.
3. “Ijtimoiy ta’lim” kategoriyasining mazmunini to‘liq yoritib bering.
4. “Tarbiya” va "ijtimoiy tarbiya” tushunchalarining farqiga izoh bering.
5. Ijtimoiy tarbiyaning maqsad va vazifalarini bayon eting.
Do'stlaringiz bilan baham: |