Soʻz yasalishi
Soʻz yasalishi - 1) muayyan tilda mavjud boʻlgan usullar, namuna va qoliplar asosida, maʼlum
vositalar yordamida yangi soʻz hosil qilish (soʻz xrsil qilinishi). Mas, affiks yordamida Soʻz
yasalishi (soʻzQla > soʻzla, maza Q li >mazali), "qil" yordamchi feʼli yordamida Soʻz yasalishi
(tasdiq qilmoq, rohat qilmoq). Bu yerda "yasalish" soʻzi "yasamoq" feʼlining majhul nisbat shakli
hisoblanadi va jarayonni ifodalaydi; birikmaning oʻzi esa lingvistik termin emas; 2) tilshunoslikning
"Fonetika", "Leksikologiya"ga oʻxshash alohida sohasini (boʻlimini) bildiradi. Mac, oʻzbek tili
morfologiyasi, oʻzbek tili sintaksisi, oʻzbek tili soʻz yasalishi. Bu oʻrinda "Soʻz yasalishi" birikmasi
tilshunoslikka oid termin hisoblanadi. Tilshunoslikning bu boʻlimida yangi yasama suzlarning
paydo boʻlishi va buning shartsharoitlari, yasama soʻz tarkibiy kismlarining (Soʻz yasalishi asosi
va soʻz yasovchining) mohiyati, shuningdek, Soʻz yasalishi bilan bogʻliq boshqa tushuncha va
hodisalarning mohiyati oʻrganiladi. Mac, Soʻz yasalishi maʼnosi, Soʻz yasalishi tipi va qolipi, Soʻz
yasalishi meʼyori, Soʻz yasalishi imkoniyati, Soʻz yasalishi dagi mahsullilikmahsulsizlik hodisasi,
Soʻz yasalishi ning asosiy usullari, vositalari va boshqa Shu asosda tilning Soʻz yasalishi tizimi
tagʻlil etiladi.
Hozirgi oʻzbek tilida yasama soʻzlar, asosan, affikslar yordamida hosil qilinadi, yaʼni morfemaning
bir turi soʻz yasash uchun xizmat qiladi. Har qanday yasama soʻzning tarkibi Soʻz yasalishi asosi
va soʻz yasovchidan iborat boʻladi: huquqshunos (huquq — Soʻz yasalishi asosi, shunos — soʻz
yasovchi), tekislamoq (tekis — Soʻz yasalishi asosi, la— soʻz yasovchi). Soʻz yasalishi asosi
yasama soʻz boʻlishi ham mumkin: bilimli (bilim — Soʻz yasalishi asosi, li — soʻz yasovchi). Oʻzbek
tilida faqat mustaqil soʻzlardan, ularning ham ot, sifat, feʼl turkumiga oid soʻzlardan yangiyangi
soʻzlar yasaladi. Demak, mustaqil suz turkumlaridan faqat ot, sifat va feʼl turkumlarigina Soʻz
yasalishi tizimiga ega. Oʻzbek tili lugʻat (leksik) tarkibining boyishi, rivojlanishida Soʻz
yasalishining muhim oʻrni bor. Azim Hojiyev.
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Soʻnggi tahrir 3 oylar avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=So%C
A%BBz_yasalishi&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=So
ʻ
z_yasalishi&oldid=226221
6
" dan olindi