Soʻz yasalishi
Soʻz yasalishi - 1) muayyan tilda mavjud boʻlgan usullar, namuna va qoliplar asosida, maʼlum
vositalar yordamida yangi soʻz hosil qilish (soʻz xrsil qilinishi). Mas, affiks yordamida Soʻz
yasalishi (soʻzQla > soʻzla, maza Q li >mazali), "qil" yordamchi feʼli yordamida Soʻz yasalishi
(tasdiq qilmoq, rohat qilmoq). Bu yerda "yasalish" soʻzi "yasamoq" feʼlining majhul nisbat
shakli hisoblanadi va jarayonni ifodalaydi; birikmaning oʻzi esa lingvistik termin emas; 2)
tilshunoslikning "Fonetika", "Leksikologiya"ga oʻxshash alohida sohasini (boʻlimini) bildiradi.
Mac, oʻzbek tili morfologiyasi, oʻzbek tili sintaksisi, oʻzbek tili soʻz yasalishi. Bu oʻrinda "Soʻz
yasalishi" birikmasi tilshunoslikka oid termin hisoblanadi. Tilshunoslikning bu boʻlimida yangi
yasama suzlarning paydo boʻlishi va buning shartsharoitlari, yasama soʻz tarkibiy
kismlarining (Soʻz yasalishi asosi va soʻz yasovchining) mohiyati, shuningdek, Soʻz yasalishi
bilan bogʻliq boshqa tushuncha va hodisalarning mohiyati oʻrganiladi. Mac, Soʻz yasalishi
maʼnosi, Soʻz yasalishi tipi va qolipi, Soʻz yasalishi meʼyori, Soʻz yasalishi imkoniyati, Soʻz
yasalishi dagi mahsullilikmahsulsizlik hodisasi, Soʻz yasalishi ning asosiy usullari, vositalari
va boshqa Shu asosda tilning Soʻz yasalishi tizimi tagʻlil etiladi.
Hozirgi oʻzbek tilida yasama soʻzlar, asosan, affikslar yordamida hosil qilinadi, yaʼni
morfemaning bir turi soʻz yasash uchun xizmat qiladi. Har qanday yasama soʻzning tarkibi
Soʻz yasalishi asosi va soʻz yasovchidan iborat boʻladi: huquqshunos (huquq — Soʻz yasalishi
asosi, shunos — soʻz yasovchi), tekislamoq (tekis — Soʻz yasalishi asosi, la— soʻz yasovchi).
Soʻz yasalishi asosi yasama soʻz boʻlishi ham mumkin: bilimli (bilim — Soʻz yasalishi asosi, li
— soʻz yasovchi). Oʻzbek tilida faqat mustaqil soʻzlardan, ularning ham ot, sifat, feʼl turkumiga
oid soʻzlardan yangiyangi soʻzlar yasaladi. Demak, mustaqil suz turkumlaridan faqat ot, sifat
va feʼl turkumlarigina Soʻz yasalishi tizimiga ega. Oʻzbek tili lugʻat (leksik) tarkibining boyishi,
rivojlanishida Soʻz yasalishining muhim oʻrni bor. Azim Hojiyev.
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Soʻnggi tahrir 3 oylar avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=So%C
A%BBz_yasalishi&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=So
ʻ
z_yasalishi&oldid=226221
6
" dan olindi