So‘z va so‘zning til va madaniyatni o‘rgatishdagi ahamiyati



Download 219,12 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi219,12 Kb.
#219425
  1   2
Bog'liq
So‘z va so‘zning til va madaniyatni o‘rgatishdagi ahamiyati Tojieva



SO‘Z VA SO‘ZNING TIL VA MADANIYATNI O‘RGATISHDAGI 

AHAMIYATI 

Gavhar TOJIEVA 

Xorijiy tillar kafedrasi ingliz tili  o‘qituvchisi (TDO’TAU) 

 

O‘zbekiston xalq shoiri  ustozimiz Erkin Vohidovning  “So‘z latofati”  nomli 



kitoblarini birinchi marta 2014 yili qo‘limga olganimda,  ushbu mavzu haqida bir 

kun o‘z fikr-mulohazalarimni yozaman deb ko‘nglimga tugib qo‘ygan edim va uni 

maqola sifatida qog‘ozga tushishiga mazkur o‘tkazilajak anjuman sababchi bo‘ldi. 

Mana shu jumlani ifoda etishda ham, ustoz otamiz ta’kidlaganidek, har bir so‘zning 

millat tili va madaniyatidagi ahamiyatini naqadar katta ekanligini sezish mumkin. 

Ingliz  tili  o‘qituvchisi  va  mutaxassisi  sifatida  “ko‘ngilga  tugmoq”ni  qanday  qilib 

ingliz  tilida,  yoinki  boshqa  tilda  muqobilini  topish  mumkin.  Ko‘ngil  –  soul  yoki 

heart-ga – totugmoq – to tie degani. To tie to the soul yoki to tie to the heart deb 

aytsak,  inglizlar  nima  deyayotganimizni  yoki  nimani  nazarda  tutayotganimizni 

albatta  tushunmaydilar.  Buning  uchun  ushbu  so‘zning  ona  tilimizdagi  boshqa  bir 

sinonimi yoki izohidan foydalanishimizga to‘g‘ri keladi, ya’ni ko‘ngilda saqlamoq



yodda tutmoq, unutmay yig‘ib yurmoq. Shu kabi til hodisalarni uchratganda, hamda 

uni o‘zga tilga tarjima qilishga to‘g‘ri kelib qolganda ona tilimizning boy va rang 

barangligi  bilan  birga,  ma’lum  bir  voqea  va  vaziyatga  hos  mazmunni  ifodalovchi 

so‘zlarni o‘z ichiga olganligiga qoyil qoladi kishi.  

Yana  bir  so‘zimiz  bor,  bu  xalqimizning  shunchalar  oqko‘ngilligidan  darak 

beradi. Bu so‘z havasdir.  Havas qilmoq – undanda chiroyli ifoda. Ingliz yoki rus 

tilida uni “envy, зависть” deb berishga to‘g‘ri keladi, lekin ular qayta ona tilimizga 

o‘girilsa,  hasadga  aylanib  qoladi,  natijada  o‘zga  tilliklar  bizni  noto‘g‘ri 

tushunishayotganidan habardor bo‘lamiz. Nega bunday? Ular havas qilishmasmikin, 

hech qachon havas qilmaganmikin, yoinki bu so‘z ularning lug‘atida hech qachon 

bo‘lmagan,  mavjud  bo‘lgan  bo‘lsa,  qo‘llanmay  qo‘ganligi  tufayli  yo‘qolib 

ketdimikin. Shunday hayol va o‘ylar ustozimizda kechganidek bizda ham behosdan 

paydo bo‘ladi.  

O‘zbekligimizni  alohida  e’tirof  etuvchi milliy hususiyatlarimizdan bo‘lgan, 

nutqimizda  juda  ko‘p  qo‘llaydigan  yana  bir  so‘zimiz,  bu    mehmondir.  O‘zbek 

tilining izohli lug‘atida uning ot sifatida ma’nolari bilan birga, o‘zagi mehmondan 

iborat  bo‘lgan  -  mehmondor,  mehmondorlik,  mehmondorchilik,  mehmondo‘st, 

mehmondo‘stlik,  mehmon-izlom,  mehmon-izmon,  mehmonnavoz,  mehmonxona 

degan so‘zlarni ko‘rishimiz mumkin [3: 586-587].  

Ustozimiz  Erkin  Vohidov  o‘zlari  so‘z  boshiga  mualliflik  qilgan  “Ma’nolar 

maxzani”  kitobida  esa,  “Mehmon  –  otangdan  ulug‘”  degan  maqolimizga  mos 




keluvchi deyarli 4 betlik yuzlab maqol va hikmatli so‘zlar keltirilgan bo‘lib, ular 

asrlar osha o‘z qadr qimmatini yo‘qotmay amal qilinib kelinmoqda. [2: 226-229]  

Ingliz tilida esa, mehmon – a guest bo‘lib,  Longman lug‘atida berilishicha,  

kundalik hayotda, inglizlar odatda to have guests ni  o‘rniga  to have friends/people 



over (for a meal, short visit etc) yoki to have friends/people to stay deb aytarkanlar, 

masalan: We’re having some people over for dinner this evening [5]. 

Zamonaviy  Angliyaning  ilk  davrlarida  amal  qilingan  mehmondo‘stlik 

qadriyati hozirga kelib o‘z qadrini yo‘qotganligini ingliz tadqiqotchisi Felicity Heal 

tomonidan  yozilgan  “Hospitality  in  Modern  English”  asarida  ta’kidlanib,  unda 

shunday deyiladi:  

It was a  Christian and moral duty to keep a good house: to be open and 

generous  in  entertainment  of  both  rich  and  poor,  neighbour  and  stranger. 

Hospitality is now regarded very differently, and our changed attitudes hamper our 

approach to the history of this period”.  

Yana bir, qo‘llanilishi bo‘yicha eng ko‘pchilikni tashkil qiluvchi so‘zimiz bor, 

bu  ko‘zdir.  Ko‘z – tana qismi sifatida  qo‘llanilishdan tashqari, qadrli  a’zo sifatida 

juda ko‘plab so‘z birikmalari va ifodalarda uchratamiz va qo‘llaymiz. Ustoz shoir 

Erkin  Vohidov  ham  “So‘z  latofati”  asarlarida,  “Inson  va  qorachiq”  mavzusiga 

alohida to‘xtalib o‘tganlar, hamda unda hazrat Alisher Navoiyning shohbaytlariga 

murojaat qilganlar.  

Qaroko‘zim kelu mardumlig‘ emdi fan qilmag‘il, 

Ko‘zim qarosida mardum kibi vatan qilg‘il.  

Kundalik  hayotdagi  suhbatlarga  quloq  tutsak,  ularda  ko‘zday;  ko‘zi  to‘q, 



ochko‘z, ko‘z-ko‘z qilmoq; ko‘zmunchoq; ko‘z-quloq; birovning ko‘zini o‘ynatmoq; 

ko‘zi yetmoq; ko‘zi qiymoq; ignaning ko‘zi; uzukning ko‘zi; ko‘zday qo‘shni; ko‘z 

ochib ko‘rgan; ko‘zga cho‘p solmoq; ko‘zga yaqin; ko‘zimning oqu-qarasi; ko‘rar 

ko‘zim; qosh qo‘yaman deb, ko‘z chiqarmoq  va boshqa shu kabi so‘z, birikma va 

ifodalarni eshitib qolamiz. Ularni faqat o‘zbek tili va madaniyatiga xosligini o‘zga 

tillarga  tarjima  qilish  kerak  bo‘lib  qolganda  seziladi.  Ularga  muqobil  so‘z  va 

ifodalarni  boshqa  tillardan  topish  ba’zan  imkoni  bo‘lmaydi,  chunki  ular 

takrorlanmas  mazmun  va  xoslikka  ega.  Ayniqsa  badiiy  asarlarda,  qaxramonlar 

nutqida  uchraganda,  suhbatning  asl  mohiyatini  o‘zga  tilda  tasvirlab  berish 

mushkuldir.     

Shu o‘rinda  o‘z  kasbiy  tajribamdan  bir  misol  keltirmoqchi  edim.  Bundan  4 

yilcha  avval  universitet  rahbariyati  bir  maqolaga  ingliz  tilida  annotasiya  yozib 

berishimni  so‘rab  qoldi.  O‘sha  kuni  kasbdoshimning  huzuriga  o‘zbek  jadidchilik 

harakati to‘g‘risida ilmiy ish olib borayotgan amerikalik tadqiqotchi kelib o‘tirgan 

edi. Kasbdoshim bir yumush bilan kafedramizdan chiqib ketgandi. Men u mehmon 

bilan so‘rashib bo‘lib noutbukdagi ishimni davom ettira boshladim. U mehmon bir 



oz  kutib  kuzatib  o‘tirdi-da,  bir  payt  yozayotgan  matnimga  qiziqib,  “Maylimi 

mo‘ralasam?” – deb o‘zbek tilida so‘rab qoldi. Men bir oz qotib qoldim-da, “Ha, 

albatta”  –  deb  javob  berdim.  Shu  onda  ajnabiyning  og‘zidan  chiqqan  sof  o‘zbek 

tilidagi    mo‘ralamoq  so‘zi  shunchalar  yoqimli  jaranglashi  hali  ham  yodimda. 

Bilamizki,  mo‘ralash  so‘zi  hozirda  salbiy  mazmunga  yo‘yiladi.  Lekin  uni  ijobiy 

holatlarda qo‘llasa ham bo‘larkan-ku degan xulosaga kelishimiz mumkin.  

Til,  bu  til  sohiblarining  madaniyatini  aks  ettirar  ekan  u  yashashda  davom 

etadi. Madaniyat yo‘qolgan sari, tildagi so‘zlar o‘z kuchini va ahamiyatini yo‘qotib 

boradi.   


Download 219,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish