So'z turkumlari



Download 0,94 Mb.
bet1/7
Sana20.01.2020
Hajmi0,94 Mb.
#35979
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3s3chor ona tili

SANA ____________ 3-Sinf Fan: Ona tili

Mavzu:. So'z turkumlari. ( 201-202-mashq)

Maqsad: Ta’limiy: “So'z turkumlari ” yuzasidan o`quvchilar bilimini mustahkamlash

Tarbiyaviy maqsad: Ozoda va tartibli bo`lishni, o`z ustida ishlash va mas`uliyatli bo`lishni tarbiyalsh.

Rivojlantiruvchi maqsad: So`zlarni tog`ri yozish malakalarini rivojlantirish

Fanga oid kompetensiyalar: Mashq shartini tushuna oladi va mashq ustida kerakli faoliyatni amalga oshira oladi.

Metod:suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi.

Jihoz:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar, plakatlar.kitob

I.Tashkiliy qism: Salomlashish, o’quvchilarni darsga tayyorgarliklarini tekshirish. Aylanma daftarlarni almashtirish. Chiroyli va xatosiz yozish yuzasidan ko`rsatmalar beraman.

II.O’tilgan mavzuni takrorlash: O'quvchilarning olgan baholarini qisqacha tahlili o`tkaziladi. Yo`l qo`yilga xatolari yuzasidan ko`rsatma beraman.

Yangi mavzu bayoni: 201 -mashq. Bajarilishi yuzasidan ko`rsatma beraman. Doskada va mustaqil bajaradilar.

SOZ TURKUMLARI



201-mashq. O‘qing. Avval shaxs-narsani, keyin belgini, so'ngra sanoqni va undan keyin harakatni bildirgan so‘zlarni yozing. Ularga so'roq bering.

202-mashq. O‘qing. So‘roqlar yordamida ot, sifat, son, fe’llarni aniqlab, jadvalni to'ldiring.




Oq, nur, beshta, ishchi, chiroyli, sozladi, to'qson, ishchan, bajarmoqchi, on ikki, dehqon, quvnoq, yaylov, yuguryapti, katta, bog'layapti, yettinchi, tayyorlamoqchi, yuzta.

Ot

Sifat

Son

Fel

Kim?,

nima?

Qanday?,

qanaqa?

Nechta?,

qancha?

Nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi?, nima qilmoqchi?

Nur

oq

to'qson

so'zladi

Ot,Sifat,Son,fel so’z turkumlari

202-mashq. Matnni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘z- larga so‘roq bering. Ma’nolarini ayting.

Kun sovidi. Yerlar muzladi. Kechga yaqin qor yog‘di. Oppoq qor hamma yoqni qopladi. Daraxtlar oq kiyim kiydi. Bolalar qorbo‘ron o'ynashga ki- rishdilar.

Matnni ko‘chiring. Gap bolaklarini aniqlab, tagiga chizing. Shu so'zlardan -la qo‘shimchasi yordamida so'zlar hosil qiling. Namunadagidek yozing va Ushbu so`zlar talaffuzi va imlosi, yozuvda ifoda etilishi tushuntiriladi.



Mustahkamlash: 201-202 -mashq. Bajarilishi yuzasidan ko`rsatma beriladi:so‘zlarni o‘qing. so‘z boshida kelgan undoshni to‘g‘ri ayting. Doskada va mustaqil bajariladi.

Uyga vazifa va darsni yakunlash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantiraman. Doskada mashq bajargan o`quvchilarni baholayman.O`quvchilarga uy vazifasini bajarilishi yuzasidan ko`rsatma berib darsni yakunlayman. Uy vazifasi 203-mashq.. Mashqni bajarilishi yuzasidan ko`rsatma beraman.

Ko`rildi: O’TIBDO’______ _________________

SANA ____________ 3-Sinf Fan: Ona tili

Mavzu:. So'z turkumlari. (204-205-mashq)

Maqsad: Ta’limiy: “ So'z turkumlari ” yuzasidan o`quvchilar bilimini mustahkamlash

Tarbiyaviy maqsad: Mustaqil Vatanimizning har bir muvaffaqiyati, istiqlol yo'lida qilinayotgan ishlari bilan faxrlanish va Vatanga mehr hissiyotini uyg'otish, har qanday tajovuzkor kimsalardan nafratlanish; T.k5. san’at turlarini bilish va ularni bir-biridan farqlay olish;.

Rivojlantiruvchi maqsad: So`zlarni tog`ri yozish malakalarini rivojlantirish

Fanga oid kompetensiyalar: Og`zaki va yozma nutqini rivojlantirish. Mustaqil fikrlashga o`rgatish. F.k.2. mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi;

Metod:suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi.

Jihoz:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar, plakatlar.kitob

Tashkiliy qism: Salomlashish, o’quvchilarni darsga tayyorgarliklarini tekshirish. Aylanma daftarlarni almashtirish. Chiroyli va xatosiz yozish yuzasidan ko`rsatmalar beraman.

II.O’tilgan mavzuni takrorlash: O'quvchilarning olgan baholarini qisqacha tahlili o`tkaziladi. Yo`l qo`yilga xatolari yuzasidan ko`rsatma beraman. “So’z turkumlariga doir mashlar”: yuzasidan savol-javob o`tkaziladi.

Yangi mavzu bayoni: 204-205 -mashq. Bajarilishi yuzasidan ko`rsatma beraman. Doskada va mustaqil bajaradilar.

204-mashq. O‘qing. Matnda ajratilgan so'zlar maz- muniga ko‘ra nimani bildirib kelyapti? Ularni namunada- gidek guruhlarga ajrating.1-yanvar bayram sifatida keng nishonlanadi.

Shu kuni hamma bir-birini yangi yil bilan tabrik- laydi.

Yangi yilda idora-korxonalarda, gavjum maydon- larda va uylarda archa bezatiladi. Bolalar archa atrofida qoshiq kuylaydilar. Qadrdon Qorbobo archa bayramiga kelganlarga sovg‘a ulashadi.

Namuna:

Shaxs-narsalarni bildirgan so'zlar: ...

Shaxs-narsa belgisini bildirgan so‘zlar: ...

Shaxs-narsa harakatini bildirgan so'zlar: ...

Archa bayramini qanday o‘tkazganingiz haqida kichik hikoya tuzing va yozing.

205- mashq. So‘zlarni o‘qing. Ularning har biriga so‘- roq bering, qaysi so‘z turkumiga tegishliligini ayting.

Ixcham, mahkam, erka, to‘g‘ri, yaxshi, ho‘l, yangi, tekis, mayda, tabrik, kuy, baho.

Shu so'zlardan -la qo‘shimchasi yordamida so'zlar hosil qiling. Namunadagidek yozing va belgilang. Bular qanday mazmunni bildiradi va qaysi so‘z turkumiga kiradi?



Namuna: ixcham - ixchamla.

Ushbu so`zlar talaffuzi va imlosi, yozuvda ifoda etilishi tushuntiriladi.



Mustahkamlash: 204-205-mashq. Bajarilishi yuzasidan ko`rsatma beriladi:so‘zlarni o‘qing. so‘z boshida kelgan undoshni to‘g‘ri ayting. Doskada va mustaqil bajariladi.

Uyga vazifa va darsni yakunlash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantiraman. Doskada mashq bajargan o`quvchilarni baholayman.O`quvchilarga uy vazifasini bajarilishi yuzasidan ko`rsatma berib darsni yakunlayman. Uy vazifasi 206 –mashq.She’rni ifodali o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so'zlarga so'roq bering. Ular qaysi so‘z turkumiga tegishli ekanini qavs ichida yozib qo'ying. Bir kun senga yangi bir olam - Fan gulzori eshik ochadi. Mana maktab, Daftar va qalam Kelgusingga nurlar sochadi..



Ko`rildi: O’TIBDO’______ _________________
SANA ____________ 3-Sinf Fan: Ona tili

Mavzu:. So'z turkumlari. (207-208-mashq)

Maqsad: Ta’limiy: “ So'z turkumlari ” yuzasidan o`quvchilar bilimini mustahkamlash

Tarbiyaviy maqsad: Ozoda va tartibli bo`lishni, o`z ustida ishlash va mas`uliyatli bo`lishni tarbiyalsh.

Rivojlantiruvchi maqsad: So`zlarni tog`ri yozish malakalarini rivojlantirish

Fanga oid kompetensiyalar: Mashq shartini tushuna oladi va mashq ustida kerakli faoliyatni amalga oshira oladi.

Metod:suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi.

Jihoz:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar, plakatlar.kitob

I.Tashkiliy qism: Salomlashish, o’quvchilarni darsga tayyorgarliklarini tekshirish. Aylanma daftarlarni almashtirish. Chiroyli va xatosiz yozish yuzasidan ko`rsatmalar beraman.

II.O’tilgan mavzuni takrorlash: O'quvchilarning olgan baholarini qisqacha tahlili o`tkaziladi. Yo`l qo`yilga xatolari yuzasidan ko`rsatma beraman. . “So’z turkumlariga doir mashlar”: yuzasidan savol-javob o`tkaziladi.

Yangi mavzu bayoni: 207-208 -mashq. Bajarilishi yuzasidan ko`rsatma beraman. Doskada va mustaqil bajaradilar.

207-mashq. 0‘qing. Ajratib ko'rsatilgan so'zlarga so‘ roq bering va qaysi so‘z turkumiga tegishliligini aniqlang.

Devor tagida hurpayib turgan mushuk bolasi- ga qarab bir kuchuk hurar edi. Mushuk bola- si qo‘rqqanidan g‘ujanak bo‘lib olgandi. Maktab- dan qaytayotgan ikki bola buni tomosha qilib turishardi. Uyining oynasidan buni ko‘rib tur- gan bir ayol chiqib, itni haydab yubordi va bolalarga qarab:

  • Uyat emasmi? - dedi.

  • Nega uyat bo'ladi? Biz hech narsa qilga- nimiz yoq, - deyishdi bolalar.


208-mashq. O‘qing. Birinchi ustundagi so'zlarga -chi, ikkinchi ustundagi so‘zlarga -li qo‘shimchalarini qo'shib, yangi so'zlar yasang. Ularning qanday so'roqlarga javob bo‘lishini va qaysi so‘z turkumiga kirishini ayting.


Sut-sutchi

Hashar-…….

Bo’yoq-…..

Nur nurli

Ishonch-……

Intizom…..

Ushbu so`zlar talaffuzi va imlosi, yozuvda ifoda etilishi tushuntiriladi.



Mustahkamlash: 207-208 mashq. Bajarilishi yuzasidan ko`rsatma beriladi:so‘zlarni o‘qing. so‘z boshida kelgan undoshni to‘g‘ri ayting. Doskada va mustaqil bajariladi.

1.Ayol bolalarni nega uyaltirdi? Fikringizni yozing.



Uyga vazifa va darsni yakunlash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantiraman. Doskada mashq bajargan o`quvchilarni baholayman.O`quvchilarga uy vazifasini bajarilishi yuzasidan ko`rsatma berib darsni yakunlayman. Uy vazifasi 209 -mashq.. Vatan,go’zal, yashamoq, so’zlari ishtirokida 3-4gapdan iborat matn tuzing.

Ko`rildi: O’TIBDO’______ _________________

SANA ____________ 3-Sinf Fan: Ona tili

Mavzu: Ot haqida ma'lumot (210-211-mashq).

Maqsad: Ta’limiy: “Ot haqida ma'lumot ” yuzasidan o`quvchilar bilimini mustahkamlash

Tarbiyaviy maqsad: Mustaqil Vatanimizning har bir muvaffaqiyati, istiqlol yo'lida qilinayotgan ishlari bilan faxrlanish va Vatanga mehr hissiyotini uyg'otish, har qanday tajovuzkor kimsalardan nafratlanish; T.k5. san’at turlarini bilish va ularni bir-biridan farqlay olish;

Rivojlantiruvchi maqsad: So`zlarni tog`ri yozish malakalarini rivojlantirish

Fanga oid kompetensiyalar: Og`zaki va yozma nutqini rivojlantirish. Mustaqil fikrlashga o`rgatish. F.k.2. mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi;

Metod:suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi.

Jihoz:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar, plakatlar.kitob

Tashkiliy qism: Salomlashish, o’quvchilarni darsga tayyorgarliklarini tekshirish. Aylanma daftarlarni almashtirish. Chiroyli va xatosiz yozish yuzasidan ko`rsatmalar beraman.

II.O’tilgan mavzuni takrorlash: O'quvchilarning olgan baholarini qisqacha tahlili o`tkaziladi. Yo`l qo`yilga xatolari yuzasidan ko`rsatma beraman. “So’z turkumlariga doir mashlar”: yuzasidan savol-javob o`tkaziladi.

Yangi mavzu bayoni: 210-211 -mashq. Bajarilishi yuzasidan ko`rsatma beraman. Doskada va mustaqil bajaradilar.

210-mashq. Matnni o‘qing.

Un, guruch, non, yog1
, shakar, qand, makaron va boshqa shu kabi mahsulotlar oziq-ovqat do‘- konlarida sotiladi.

Dehqon bozorlaridan yil bo‘yi piyoz, kartoshka, karam, sabzi kabi sabzavotlarni, shuningdek, olma, olxo'ri, tog'olcha, uzum, nok, behi, anor kabi mevalarni xarid qilish mumkin.

Bu mahsulotlar kishilar tomonidan iste’mol qili- nadi. Ular tarkibida inson salomatligi uchun zarur darmondorilar bor.

Matn necha qismdan iborat? Birinchi qismda nimalar haqida gapirilgan? Ikkinchi qismda-chi?

Matndagi nima? so‘rog‘iga javob bo'lgan sabzavot va meva nomlarini ko'chirib yozing.

211-mashq. O‘qing. So‘zlarga so'roq bering.

Televizor, bola, kitob, o‘quvchi, parta, doska, chegarachi, javon, daftar, ishchi, ruchka, eshik, qalam, shifokor. So’zlarini namunadagidek yozing.

Namuna Shaxslar:Kim?bola…… Narsalar: nima? Kitob,……


Shaxs va narsa nomini bildirib, kim?
yoki

nima? so‘rog‘iga javob bo'lgan so'zlar ot deyiladi. Cho‘pon, stoi, chaqmoq, o‘rdak, randa, binokor, to‘zon, quvur kabi so'zlar otlardir.


Mustahkamlash: 210-211mashq. Bajarilishi yuzasidan ko`rsatma beriladi:so‘zlarni o‘qing. so‘z boshida kelgan undoshni to‘g‘ri ayting. Doskada va mustaqil bajariladi.

Uyga vazifa va darsni yakunlash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantiraman. Doskada mashq bajargan o`quvchilarni baholayman.O`quvchilarga uy vazifasini bajarilishi yuzasidan ko`rsatma berib darsni yakunlayman. Uy vazifasi 212 -mashq.. Mashqni bajarilishi yuzasidan ko`rsatma beraman.

O‘qing. Ular qaysi so‘z turkumi ekanini ayting. Har bir so‘z guruhiga o'zingiz yana ikkitadan so‘z qo'shing. Shaxslar: kim? cho‘pon, bo‘yoqchi,...



O'simlik: nima? paxta, bug‘doy, ...

Hayvonlar: nima? sigir, qo‘y, ...

Qushlar: nima? chumchuq, sa’va, ...

Ish qurollari: nima? randa, tesha,...

Ko`rildi: O’TIBDO’______ _________________
SANA ____________ 3-Sinf Fan: Ona tili

Mavzu: Otlarning yasalishi (213-214-mashq)

Maqsad: Ta’limiy:“Otlarning yasalishi ” haqida egallagan bilimlariga asoslanib,o`quvchilar bilimini mustahkamlash.

Tarbiyaviy maqsad: Ozoda va tartibli bo`lishni, o`z ustida ishlash va mas`uliyatli bo`lishni tarbiyalsh.

Rivojlantiruvchi maqsad: So`zlarni tog`ri yozish malakalarini rivojlantirish

Fanga oid kompetensiyalar: Mashq shartini tushuna oladi va mashq ustida kerakli faoliyatni amalga oshira oladi.

Metod:suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi.

Jihoz:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar, plakatlar.kitob

I.Tashkiliy qism: Salomlashish, o’quvchilarni darsga tayyorgarliklarini tekshirish. Aylanma daftarlarni almashtirish. Chiroyli va xatosiz yozish yuzasidan ko`rsatmalar beraman.

II.O’tilgan mavzuni takrorlash: O'quvchilarning olgan baholarini qisqacha tahlili o`tkaziladi. Yo`l qo`yilga xatolari yuzasidan ko`rsatma beraman.“ Ot haqida ma'lumot” yuzasidan savol-javob o`tkaziladi.

Yangi mavzu bayoni: 213-214 -mashq. Bajarilishi yuzasidan ko`rsatma beraman. Doskada va mustaqil bajaradilar.

213-mashq. O‘qing. Har bir so'zga so'roq bering. Ularning qaysi so‘z turkumiga oid ekanini ayting.

Soatsoz, yomg‘ir, odam, avtobus, bo'ron, bola, shamol, tikuvchi, poyezd, ota, shifokor, farzand, metro, kutubxonachi, zilzila.

So'zlarni quyidagi guruhlarga ajratib yozing:



  1. Shaxslarni bildiruvchi otlar: odam, ...

  2. Kishilarning kasbini bildiruvchi otlar: to‘quvchi, ...

  3. Transport vositalarini bildiruvchi otlar: avtobus, ...

    Shaxs nomini bildirgan otlar kim? so‘ro- g‘iga javob bo'ladi. Narsalar nomini (hayvon- larni, turli hodisalarni) bildirgan otlar nima? so‘rog‘iga javob bo'ladi.

  4. Tabiat hodisalarini bildiruvchi otlar: yomg'ir, ...


214-mashq. O‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so'zlarga so'roq bering.

1. Quyosh chiqdi. 2. Tovuq qo'noqdan tushdi.



  1. Ishchi zavodga ketdi. 4. Dehqon dalada ish- layapti. 5. Bobom ko'chat ekdi. 6. Sharif maktab- ga boradi.

Ko‘chiring. Ajratib ko'rsatilgan so'zlar ustiga so‘rog‘ini na­munadagidek yozib qo'ying.

Nima? kim?



Namuna: Quyosh chiqdi. Ishchi zavodga ketdi.
Ushbu so`zlar talaffuzi va imlosi, yozuvda ifoda etilishi tushuntiriladi.

Mustahkamlash:213-214mashq. Bajarilishi yuzasidan ko`rsatma beriladi:so‘zlarni o‘qing. so‘z boshida kelgan undoshni to‘g‘ri ayting. Doskada va mustaqil bajariladi.

Uyga vazifa va darsni yakunlash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantiraman. Doskada mashq bajargan o`quvchilarni baholayman.O`quvchilarga uy vazifasini bajarilishi yuzasidan ko`rsatma berib darsni yakunlayman. Uy vazifasi 215-mashq.. Mashqni bajarilishi yuzasidan ko`rsatma beraman.

215- mashq. Ko‘chiring. Otlarni topib, qaysi bo‘lak vazifasida kelganligini aniqlang. Tagiga tegishlicha chizing.

Rasm chizishga qattiq qiziqib qoldim. Maktab- dan chiqaman-u to'garakka chopaman. Men kela- jakda, albatta, rassom bo'lmoqchiman. Oyim bilan dadam ham rozi bo'ldilar.

Ko`rildi: O’TIBDO’______ _________________
SANA ____________ 3-Sinf Fan: Ona tili

Mavzu: Mashqlar bilan ishlash (216-217-mashq)

Maqsad: Ta’limiy: “Mashqlar bilan ishlash ” yuzasidan o`quvchilar bilimini mustahkamlash

Tarbiyaviy maqsad: Mustaqil Vatanimizning har bir muvaffaqiyati, istiqlol yo'lida qilinayotgan ishlari bilan faxrlanish va Vatanga mehr hissiyotini uyg'otish, har qanday tajovuzkor kimsalardan nafratlanish; T.k5. san’at turlarini bilish va ularni bir-biridan farqlay olish;.

Rivojlantiruvchi maqsad: So`zlarni tog`ri yozish malakalarini rivojlantirish

Fanga oid kompetensiyalar: Og`zaki va yozma nutqini rivojlantirish. Mustaqil fikrlashga o`rgatish. F.k.2. mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi;

Metod:suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi.

Jihoz:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar, plakatlar.kitob

Tashkiliy qism: Salomlashish, o’quvchilarni darsga tayyorgarliklarini tekshirish. Aylanma daftarlarni almashtirish. Chiroyli va xatosiz yozish yuzasidan ko`rsatmalar beraman.

II.O’tilgan mavzuni takrorlash: O'quvchilarning olgan baholarini qisqacha tahlili o`tkaziladi. Yo`l qo`yilga xatolari yuzasidan ko`rsatma beraman :“Otlarning yasalishi ” yuzasidan savol-javob o`tkaziladi.

Yangi mavzu bayoni: 216-217 -mashq. Bajarilishi yuzasidan ko`rsatma beraman. Doskada va mustaqil bajaradilar.

216-mashq. O‘qing. Otlarni aniqlang. Avval kim?, ke­yin nima? so‘rog‘iga javob bo'lgan otlarni ko'chiring.

Ra’no deydi: - Yurtni yashnatgan ko'klam,

Yoz, kuzimiz qanday chiroyli, ko'rkam.

Asom deydi: - Quyosh, oy-u yulduzlar!

Olim deydi: - Odam, jonivor, daraxtlar! Dono deydi:

Omon deydi: - Yerdan chiqar gaz, konlar!

Zamon deydi: - Osmon, dengiz, o'rmonlar!

Quddus Muhammadiy

 217-mashq. O‘qing. Qalam, chizg‘ich, o‘chirg‘ich, suvchi, soat, rasm, dehqon, g'isht.

Otlarni quyidagi tartibda yozing:

Shaxslar: kim? o'quvchi, ...

Narsa nomlari: nima? ko'mir, ...

0‘quv qurollari nomlari: nima? qalam, ...

Ushbu so`zlar talaffuzi va imlosi, yozuvda ifoda etilishi tushuntiriladi.


Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish