REJA:
So’z san’atkori, hikoyanavis - Abdulla Qahhor
Abdulla Qahhorning hayot va ijod yo’li
Asarlaridagi nutq odobi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.
O’zbek adabiyotining taraqqiyotida, ayniqsa unda yangi janr hisoblangan realistik hikoyaning kamol topishida, yuksak cho’qqiga ko’tarilishida ulkan so’z san’atkori Abdulla Qahhorning xizmati katta bo’ldi. O’zbek adabiyoti yangilanish jarayonini boshidan kechirayotgan XX asrning 20-30 yillarida xuddi Abdulla Qodiriy o’zbek romanchiligida, Hamsa Hakimzoda dramaturgiyada, Cho’lpon she’riyatida isloh yasagani singari Abdulla Qahhor ham epik turning kichik janri hisoblangan hikoyachilikning rivojlanishiga ana shunday hissa qo’shdi. Uning har bir asari o’zining adabiy go’zalligi bilan insonning o’ziga benihoyat jalb etadi, syujet va kompozitsion qurilishining pishiqligi bilan hayratga soladi, tilining mukammalligi hamda samimiyligi bilan hayajonlantiradigan ijod namunalaridir. Bu asarlarni mutolaa qilganimiz sari tobora yangi – yangi qirralari kashf etilaveradi.
Abdulla Qahhor o‘zbek adabiyotiga ajoyib hikoyasi va ushbu janrning tengsiz ustasi bo‘lib kirib kelgan, ammo u romannafiya va dramaturg sifatida ham ishtirok etadi. Uning hikoyalarida o‘zbek xalqining eng yaxshi jihatlari — sog‘lom aqli, hajviylikka yo‘g‘rilgan hayotiy donoligi namoyon bo‘ladi. Adabiyot sohasidagi xizmatlari uchun Abdulla Qahhorga o‘limidan so‘ng “O‘zbekiston xalq yozuvchisi” unvoni berilgan.
Abdulla Qahhor serqirra iqtidor sohibi. U 1907 yil 17 sentabr kuni Qo‘qonda tug‘ilgan. Abdullaning otasi temirchi bo‘lib, oilasi qishloqdan qishloqqa vaqtincha ish qidirish ilinjida ko‘chib yurgan. Kechqurunlari otasi unga suratlar tushirilgan eskirib ketgan kitoblardan hikoyalar o‘qib berardi. Barcha qiyinchiliklarga qaramay, otasi Abdukahhor Jalilov va onasi Rohat o‘g‘liga boshlang‘ich ta’limni bera olishgan. 1919 yildan 1924 yilgacha Abdulla maktabda o‘qiydi, so‘ngra o‘qishini Qo‘qon texnikumida davom ettiradi. Qo‘qon pedagogika texnikumini tugatib, 1924-1926 yillar Qo‘qon davlat komsomollar qo‘mitasida ishlaydi, so‘ngra Toshkentdagi “Qizil O‘zbekiston” gazetasi tahririyatida ishlaydi. 1926-1934 yillar ishchilar fakultetida, bkeyin birinchi O‘rta Osiyo davlat universitetining pedagogika fakultetida tahsil oladi. 1934-1938 yillar “Sovet Adabiyoti” jurnalida mas’ul kotib, 1938-1939 yillar Hamza nomidagi O‘zbek akademik drama teatrining adabiy bo‘limiga boshchilik qiladi. 1939 yildan O‘zbekiston nashriyotlarida muharrir va tarjimon bo‘lib ishlaydi. O‘zbek SSR Qo‘shma korxonasi prezidiumi raisi (1954-1956). 1955 yil O‘zbek SSR Oliy Kengashi deputati etib saylanadi.
Ilk she’ri “Oy kuyganda” nomi ostida “Mushtum” jurnalida chop etilgan.
A. Qahhor o‘ziga xos uslubi bilan chinakam milliy rassom hisoblanadi. Mavzu va voqe’ilikni u o‘zbekchilik haqiqatidan olgan. Uning qahramonlari ushbu muhitni ilgari surgan ro‘zg‘or, marosimlar, odatlari va xulqi bilan uzviy bog‘liqdir. O‘zbek nasrnafisligi rivojida uning “Sarob”, “Qo‘shchinor chiroqlari” romanlari, shuningdek, “Sinchalak” va “O‘tmishdan ertaklar” qissalari alohida o‘rin tutadi. “O‘tmishdan ertaklar”da muallif xotirasida chuqur iz qoldirgan odamlar haqida so‘zlaydi. Abdulla Qahhoning o‘zi: “Men yoshligimda guvoh bo‘lganlarimni yozdim. Haqiqatni, faqat haqiqatni yozdim. Agar bu haqiqat siz - zamonaviy yoshlarga dahshatli ko‘rinsa, demak, men bu achchiq haqiqatimni oxirigacha haqiqat hikoyasi - ertak deb nomlayman!”, degan.
Abdulla Qahhorning “Yoshlar bilan suhbat” kitobi Said Ahmadning “Tortiq” nomli hikoyalar toʻplamiga bagʻishlangan tanqidiy maqola bilan boshlanadi. Maqola 1940 yilda yozilgan. Abdulla Qahhorning shundan keyingi adabiy-tanqidiy fikr-mulohazalari ham biri biridan oʻtkir, biri biridan ahamiyatli va qimmatlidir. “Yozuvchining vazifasi yaxshi asarlar yozish, xalq dilining tarjimoni boʻlish bilangina cheklanmaydi, uning vazifasiga adabiyotni har qanday balo-qazodan qoʻriqlash, adabiyotning sergak, jasur posboni boʻlish ham kiradi” degan soʻzlariga oʻzi qanday amal qilganini bilish uchun munaqqid-yozuvchi Abdulla Qahhor faoliyati bilan tanishish kifoya.
Abdulla Qahhor hayotda ham, badiiy ijodda ham oʻz haqiqatlarini topgan, shu haqiqatlar uchun sabot bilan kurashgan sanʼatkordir. Bu haqiqatlar uni qattiq qiynagan, qalbida ogʻir-ogʻir tebranish va tortishuvlar paydo qilgan. Ammo u ongli hayoti va isteʼdod quvvatini aynan shu haqiqatlarga bagʻishlagan. Koʻnglini nurafshon aylagan shu haqiqatlarga suyanib, Abdulla Qahhor maʼnan ulgʻaygan, maʼnan ulgʻaygan sayin esa shu haqiqatlarning boqiyligidan ilhomlangan.
Abdulla Qahhorning choʻng mehnat va zargarlik bilan yaratilgan har bir asarida boqiy haqiqat muhri va shukuhi bor. Abdulla Qahhorning ijodiy shaxsiyati behad boy va favqulodda saxovatli. Shuning uchun, rus olimasi I. Barolina toʻgʻri qayd etganidek, “Abdulla Qahhor ijodiga qiziqish uning shaxsiyatiga, insoniy mohiyatiga qiziqish bilan bevosita bogʻlangan. Uning shaxsiy fazilatlari – fikrlash tarzi, xarakteri, gʻayrat-shijoati, maʼnaviy dunyosi asarlarida shu qadar yorqin aks etganki, yozuvchi Abdulla Qahhor bilan uning shaxsi ichdan ajralmas aloqada boʻlib koʻrinadi”.
Bu hammaga nasib etadigan va hamma yozuvchidan talab qilsa boʻladigan xususiyat emas. Barcha buyuk yozuvchilardek, Abdulla Qahhorning ham shaxsi – ijodiga, ijodi – shaxsiga bir koʻzgudir. Adib ijodini sevganlar albatta uning shaxsiga maftun boʻladi, shaxsini bilganlar esa – uning ijodidan ayri yashayolmaydi.
Abdulla Qahhorning hikoyanavislik san’ati o’zidan keyingi butun bir ijodkorlar avlodi uchun ibratli maktab bo’lib qoldi.
Adibning, ayniqsa, hikoya makrostrukturasining qurish va so’z ustida ishlash tajribasi tugalmas saboqdir. Bu haqda davrimizning katta adibi Odil Yoqubov shunday yozadi : “…til masalasida o’zim uchun bir narsa olish maqsadida Abdulla Qahhorni qo’lga olaman “. Bu ta’rif bejiz emas aytilmagan. Chindan ham yozuvchi asarlarida avtor nutqi ham, personaj nutqi o’ta sayqal topgan, qolipga solingan g’ishtday pishiq va tekis bo’lib, uning birortasini almashtirish ham, olib tashlash mumkin emas. Chindan ham Abdulla Qahhor hikoyalarini umumboqiy qilgan sirlar koshonasining olmos ustunlarining uning so’z ustida ishlashidir.
Adib hikoyalari o’zining ixcham va ravonligi bilan qalbga oson va tez kirib bora oladi. Sababi yozuvchining aksariyati tabiiy, hamda o’ta tushunarli. Abdulla Qahhor xalq tilini benihoya yaxshi bilar, qadrlar va unga ma’sulyat bilan yondoshar edi. Asarlarida birorta so’z ochiqchaligi sezilmasdi, ixcham iboralardan tashkil topgan tasvirlar ma’nodorligi bilan istalganidan ko’proq mazmun kasb etadi. Masalan, yozuvchining “Tomosha bog’” hikoyasida shunday epizod bor: ’’…tobi qochib qolgan aldoqchi Hamraqulni shahardagi “Romanska” tomosha bog’ining qorovuli “Yuzini keksalikdan ko’ra ko’proq ko’rgulik g’ijimlab tashlagan” . Shunga o’xshash ko’p iboralar bilan tasvirlaydi.
“O’jar” nomli hikoyada atigi uchta personaj qatnashadi. Qutbiddinov, Zargarov va o’quvchi Suyar. Ularning har biri o’ziga xos nutq induvidualligiga ega. Yozuvchi qahramonlariga “ikki tanqidchi” degan izohdan boshqa ta’rif bermaydi. Ikki tanqidchi suhbatda shaxmat o’yinining zarari, yoshlar tarbiyasi, adabiyot to’g’risida fikr almashadi. Suhbatning har bir mazmunida g’irt savodsizligi ayon bo’ladi. Masalan, shaxmat o’yini haqida ko’p gap ketar ekan, Qutbiddinov o’zining bundan bir necha yil muqaddam Bobojonov bilan o’ynab, raqibi shohni olib qo’ysa ham o’yinni davom ettirib uni yutganligini aytib maqtanadi. O’zining mahoratiga tan bergan Qutbiddinov “Shundan beri o’ynamaydigan bo’lib ketdim. Xo’sh ana qoldirdim, nima bo’pti?” deydi. Zargarov unga hamdardlik bildirishi shart. “Shuni ayting, poyezdda qolibdimi?” deydi. Bu yerda uning gapi Zargarovni bilimsizligini bildiradi. Bunday xarakterdagi misollar yozuvchining har bir hikoyasida ko’plab uchraydi. Adib hikoyalarining birinchi iborasini o’qishimiz bilan “Endi nima bo’ladi?” degan savol tug’iladi. San’atkor esa bu savolga javob berishga shoshilmaydi. Masalan : “Niso buvi eri o’lib ikkita yosh bolasi bilan qoldi” (“Boshsiz odam”). Taqdirda qanday bo’lar ekan? “Ot munkib ketib o’ngagi bilan shag’alga qadaldida, og’anab bir necha qadidaga o’la qoldi”
(“Mastan”). Egasi sog’mi? Bu yog’i qandoq bo’ladi? “shunday qilib Ahmad polvon yo’yiladigan bo’ldi” (“Ko’r ko’zning ochilishi”). Ana xolos! “Sotvoldining xotini og’rib qodi” (“Bemor”). Endi nima bo’ladi? “Kampir tong qorong’usida turib ho’kizdan xabar oldi. O! … Ho’kiz yo’q …” (“O’g’ri”)
Tildagi kanselyarizm deb ataladigan rasmiy-idoraviy uslubga xos bo’lgan so’zlar ham nutqning tozaligiga hamisha xavf solib turadi. Ular rasmiy uslubda fikrni ixcham va mantiqiy ifodalashga juda qulay. Ilmiy uslubda ham tayyor jumlalar, shablon iboralardan foydalaniladi. Ammo bunday so’z va iboralarni so’zlashuv va badiiy nutq uslubida ishlatish matnga putur yetkazishdan boshqa narsa emas. Bunga Abdulla Qahhorning «Nutq» hikoyasi qahramonining tabiiylik va samimiyatdan xoli bo’lgan hamda shu yo’l bilan g’oyatda kuchli badiiy obrazni yuzaga keltirgan nutqi misol bo’la oladi. Parcha keltiramiz: “O’rtoq rafiqam! Ijozat berasiz, xushchaqchaq hayotimizni sharaf bilan davom ettirib, oilaviy burchimizni namunalik bajarib kelayotganimizga bir yil to’lgan kunda sizni bevosita tabrik qilishga!” E’tibor beraylik: suhbatda o’nlab yoki yuzlab kishi emas, ikki kishi – er va xotin ishtirok etayapti. Avval xotin bu gaplarni hazil deb o’ylaydi, «qiyqirib chapak chaladi». Ammo notiq jiddiy qiyofada so’zida davom etadi. Birinchidan, ikkinchidan deb oilada bir yil davomida yuz bergan yutuq-kamchiliklarni rasmiy ravishda sanab o’tadi va nutqni quyidagicha yakunlaydi: “-Lekin bu kamchiliklarga qaramay, turmushimizni a’lo darajada olib borayotganligimizga hech qanday shubha bo’lishi mumkin emas deb hisoblash mumkin. Shu bilan qisqacha so’zimni tamom qilib, oilamiz bundan keyin ham sharaflar bilan qoplanajagiga to’la ishonch bildirishga ijozat bering!”
Nutq jarayonida morfologik va sintaktik chalkashliklar tez-tez uchrab turadi. Qaratqich va tushum kelishigi qo’shimchalarining farqlanmasdan ishlatilish bunga misol bo’la oladi. Abdulla Qahhor bu holatdan «San’atkor» hikoyasida asar qahramonining savodsizligini fosh etishda foydalangan: Pojarni gurgutni yerga tashlamang dedi, rejessyorimiz esa gugurtning yerga tashamang dedi. Qanday chiroylik! Pojarnimi, Pojarningmi? Shoshma, nima uchun pojarni? Pojarni, albatta!
Nutq oldiga “U aniq bo’lishi kerak”, deb talab qo’yilganda, til birligi hamda u ifodalayotgan tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar o’rtasidagi muvofiqlik tushuniladi. Masalaga shu talablardan kelib chiqib yondashiladigan bo’lsa, nutq aniqligi nutq madaniyati va mas’uliyatining g’oyat zarur sharti bo’lib qoladi. Alisher Navoiy, Abdulla Qodiriy, G’afur G’ulom, Oybek, Abdulla Qahhor, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Shukur Xolmirzayev, Tog’ay Murod va boshqa ko’plab adiblarimizning tilga bo’lgan munosabatlarini ana shu mas’uliyat samarasi deb tushunish to’g’ri bo’ladi.
Bu jihatdan Abdulla Qahhorning ijodi va til mahorati haqidagi ayrim mulohazalari diqqatga sazovordir. Ma’ruf Hakimning «Qahramonning o’limi» hikoyasini tahlil qilgan yozuvchi Botir beliga qator beshta bomba qistirib…, Qo’lida bomba ushlagan holda ko’chaga yugurdi jumlalaridagi bomba so’zining noto’g’ri qo’llanganligini, yozuvchining bomba va granatani farqlamasligini tanqid qiladi. A.Qahhor tahlilda davom etib, hikoyadan yana misollar keltiradi: Botir «Sulton akaning oyoqlarini silaganda qo’liga yelimga o’xshagan bir narsa yopishganligini sezdi: qorong’ida nima ekanligini bilolmay qoldi». Shu yerning o’zida «Jenya… yigitning ko’ziga uzoq tikilib qoldi». Qo’lga tekkan qon ko’rinmagan qorong’ida ko’z ko’rinadimi, deydi yozuvchi. U yana yozadi: «Adabiyotda yolg’onning katta-kichigi yo’q. Hammasi ham baravar zarardir. «Uchrashuv» (M.Hakim)da mana bunday yolg’on gap bor: «Ahmad osmonga qaradi. Haqiqatan ko’kni bulut bosgan. Bironta ham yulduz yo’q edi!» Shundan besh satr pastda: «Ahmad osmonga nazar tashladi. Haqiqatan uzoq ufqdan chiqib kelayotgan bulutlarning ko’rinishi xunuk edi». Uzoq ufqdan chiqib kelayotgan bulutlarni ko’rish uchun havo qisman bo’lsa ham ochiq bo’lishi kerak. Bu yerda yo «ko’kni bulut bosgan»i, bironta ham yulduz yo’qligi yolg’on yoki «uzoq ufqdan chiqib kelayotgan bulutlar» to’g’risidagi gap behuda.
Ko’rinib turadiki, hikoyalarni boshlanishida o’quvchida yuqoridagi savol va his-hayajon paydo bo’ladi. Bu fazilat Abdulla Qahhorning hikoyalarigagina hos emas. Adibning roman va qissalari ham ana shunday tugundan boshlanishi e’tiborni tortadi. Aslida Abdulla Qahhor faqat mavzu tanlash, g’oya va obraz yaratish borasidagina emas, balki uni tuzatish ham o’ta injiq va talabchan ijodkor bo’lgan. Uning bitta so’zni tuzatish uchun butun sahifani qayta ko’chirgani K.Qahhorova, Said Ahmad va boshqalarni xotiralaridan ma’lum.
Xulosa qilib aytganda adib hayotlik vaqtida o’zi qo’li bilan tartib berilgan olti jildlik asarlari majmuasi faqat birinchi jildigina hikoyalardan tashkil topgan. Ijodning bor yo’g’i oltidan beri… Lekin, baribir, oltidan bir ijod samarasi uning yozuvchilik qiyofasini belgilovchi bosh omil bo’lib qolayotir. Abdulla Qahhor o’zining aytishicha . “Qalb harorati bilan ilitilmagan, dardsiz, ehtirossiz yozilgan sovuq asarlar” ga mutloqo qarshi edi. Shuning uchun u ham bir o’zining ijod namunasi ustida puxta ishladi. Biz uning asarlari va hikoyalarini o’qiganimizda yozuvchi mahoratiga yana bir bor tan bermasdan ilojimiz yo’q.
BEMOR
(O‘tmishdan)
Osmon yiroq, er qattiq.
Maqol
Sotiboldining xotini og‘rib qoldi. Sotiboldi kasalni o‘qitdi — bo‘lmadi,
tabibga ko‘rsatdi. Tabib qon oldi. Betobning ko‘zi tinib, boshi aylanadigan bo‘lib
qoldi. Baxshi o‘qidi. Allaqanday bir xotin kelib tolning xipchini bilan savaladi,
tovuq so‘yib qonladi... Bularning hammasi, albatta, pul bilan bo‘ladi. Bunday vaqtlarda yo‘g‘oncho‘ziladi, ingichka uziladi.
Shaharda bitta doktorxona bor. Bu doktorxona to‘g‘risida Sotiboldining
bilgani shu: salqin, tinch parkda, daraxtlar ichiga ko‘milgan baland va chiroyli oq
imorat; shisha qabzali kul rang eshigida qo‘ng‘iroq tugmasi bor. Chigit po‘choq va
kunjara bilan savdo qiladigan xo‘jayini Abdug‘aniboy omborda qulab ketgan qoplar ostida qolib o‘ladigan bo‘lganida bu doktorxonaga bormay Simga ketgan
edi.
Doktorxona deganda Sotiboldining ko‘z oldiga izvosh va oq podshoning
surati solingan 25 so‘mlik pul kelar edi.
Bemor og‘irlashdi. Sotiboldi xo‘jayinining oldiga arzga bordi, ammo bu
borishdan muddaosi nima ekanini aniq bilmas edi. Abdug‘aniboy uning so‘zini
eshitib ko‘p afsuslandi, qo‘lidan kelsa hozir uning xotinini oyoqqa bostirib
berishga tayyor ekanini bildirdi, keyin so‘radi:
— Devonai Bahovaddinga hech narsa ko‘tardingmi? G‘avsul-a’zamga-chi?
Sotiboldi ketdi.
Bemorning oldidan jilmaslik va shu bilan birga tirikchilik uchun xonaki bir
kasb qilishga majbur bo‘ldi — har xil savatchalar to‘qishni o‘rgandi. U ertadankechgacha oftobshuvoqda gavronlar ichiga ko‘milib savat to‘qiydi.
To‘rt yashar qizchasi qo‘liga ro‘molcha olib, onasining yuzini karaxt,
nimjon, xira pashshalardan qo‘riydi; ba’zan, qo‘lida ro‘molcha, mukka tushib
uxlab qoladi. Hammayoq jim. Faqat pasha g‘ing‘illaydi, bemor inqillaydi; har
zamon yaqin-yiroqdan gadoy tovushi eshitiladi: "Hey do‘st, shaydullo banomi ollo,
sadaqa raddi balo, baqavli rasuli xudo..." Bir kechasi bemor juda azob tortdi. U har
ingraganda Sotiboldi chakkasiga burov solingan kishiday talvasaga tushar edi.
Qo‘shnisi bir kampirni chaqirdi. Kampir bemorning to‘zigan sochlarini tuzatdi, u
yoq-bu yog‘ini siladi, so‘ngra... o‘tirib yig‘ladi.
– Begunoh go‘dakning saharda qilgan duosi ijobat bo‘ladi, uyg‘oting
qizingizni! - dedi. Bola anchagacha uyqu g‘ashligi bilan yig‘ladi, keyin otasining
g‘azabidan, onasining ahvolidan qo‘rqib, kampir o‘rgatgancha duo qildi:
– Xudoyo ayamdi daydiga davo beygin...
Bemor kundan-kun battar, oxiri o‘sal bo‘ldi. "Ko‘ngilga armon bo‘lmasin"
deb "chilyosin" ham qildirishga to‘g‘ri keldi.
Sotiboldi to‘qigan savatchalarini ulgurji oladigan baqqoldan yigirma tanga
qarz ko‘tardi. "Chilyosin"dan bemor tetik chiqqanday bo‘ldi; shu kechasi hatto
ko‘zini ochib, qizchasini yoniga tortdi va pichirladi:
– Xudo qizimning saharlari qilgan duosini dargohiga qabul qildi. Dadasi,
endi tuzukman, qizimni saharlari uyg‘otmang. Yana ko‘zini yumdi, shu
yumganicha qaytib ochmadi—saharga borib uzildi. Sotiboldi qizchasini
o‘lik yonidan olib, boshqa yoqqa yotqizayotganda qizcha uyg‘ondi va ko‘zini
ochmasdan odatdagicha duo qildi:
– Xudoyo ayamdi daydiga davo beygin...
1936
XULOSA
“Adabiyot ko’ngil ishi, ilhom samarasi,-deydi Abdulla Qahhor o’zining “Suhbat” degan maqolasida.-To’yg’usiz, ilhomsiz yozilgan asar changlanmagan gulga o’xshaydi-meva tugmaydi. Ko’ngil rozi bo’lgan asargina kitobxonning ko’ngliga yo’l topadi, kitobxonning ko’nglida meva tugadi. Adabiyotimizda ilhomsiz yozilib, kitobxonning ko’ngliga yo’l topolmagan, topa olmayotgan, demak adabiyotdan benom-nishon ketgan, ketadigan asarlar oz emas.
Abdulla Qahhor ilhomsiz yozilib, kitobxon ko’ngliga yo’l topolmayotgan badiiy asarlar haqida fikr yuritar ekan, eng avvalo o’zining ijodidagi ko’ngli to’lmagan ba’zi-bir hikoyalarini misolga olib, ularning kamchiliklari haqida bahs yuritadi, bu bilan yozuvchini kitobxon nigohi oldida beburd qiladigan illatlardan ogoh qiladi.
Abdulla Qahhor har bir asar ilhom bilan yozilishini ta’kidlarkan, ilhomning makoni esa xalqning dilida - majburiyat emas, zaruriyat, xohishga aylangan mehnatning shavkati, baxtiyor odamning qahqahasida, jabrdiyda ko’z yoshida, oshiq va ma’shuqlarning ko’zlari va so’zlarida, odamda mehr va g’azab uyg’otadigan hodisa va voqyealarning mag’zida bo’lishini istaydi.
Shuning uchun ham Abdulla Qahhor 1965 yil prozasi haqida fikr-mulohazalar bildirar ekan, eng avvalo badiiy mahorat chiroyli iboralar, chiroyli ifodalar, ayniqsa voqyealar, kulgili yoki qayg’uli holatlar topish emas, xalqqa aytadigan gapi naqadar muhim, naqadar katta, naqadar zarur bo’lsa, kitobxonning qalbiga olib kiradigan pishiq obrazlar yaratilishini, uning kitobxonning qalbiga olib kiradigan badiiy obrazlari ham shu qadar kuchli bo’lishini uqtiradi.
Foydalanilgan internet manbalari va adabiyotlar:
https://saviya.uz
https://fayllar.org
https://hozir.org
Qudratov T. Nutq madaniyati asoslari. T., 1993.
Qilichev B., Qilichev B.E. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. Buxoro, 2002.
Abdulla Qahhor Asarlar. Uch jildlik. T., G`.G`ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1987-1989.
Sharafiddinov O. Abdulla Qahhor. T., “Yosh gvardiya”, 1988.
Qo`shjonov M. Abdulla Qahhor mahorati. T., G`.G`ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1988.
“Abdulla Qahhor zamondoshlari xotirasida”. T., G`.G`ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1987.
Qahhorova K. Chorak asr hamnafas. T., “Yosh gvardiya”, 1986.
Soliyev A. Abdulla Qahhor dramaturgiyasi va hayot haqiqati. “Ilmiy
tadqiqotlar axborotnomasi” jurnali. SamDU, 2007. 2-son. B. 49 – 52.
Do'stlaringiz bilan baham: |