So’z ma’nolari. Ma’no ko’chish usullari. Leksikologiya va leksika atamalari



Download 72,74 Kb.
bet2/5
Sana13.04.2022
Hajmi72,74 Kb.
#548334
1   2   3   4   5
Bog'liq
SO’z ma’nolari. Ma’no ko’chish usullari. Leksikologiya va leksik

Bosh va ko’chma ma’no 1.Bosh ma’no (o’z ma’no) deganda so’zning asl ma’nosi tushuniladi so’zlarning nutq jarayoniga bog’liq bo’lmagan atash ma’nosi tushuniladi. 2.Ana shu lug’aviy ma’no asosida boshqa ma’nolar ham ifodalansa,u yasama (ko’chma) hisoblanadi 3 Ko’chma ma’no deganda bosh ma’no zaminida hosil qilingan yangi ma’no,so’zning nutqqa boshqa so’zlarga bog’lanib hosil qiladigan yondash ma’nosi tushuniladi. M: tulki so’zi aslida yovvoyi hayvonning bir turi ma’nosini anglatadi. Mirzakarimboy—tulki odam gapida tulki so’zi ayyor quv kabi ko’chma ma’noda qo’llanilgan. Yoki kumush-nutq tarkibidan tashqarida oq rangdagi qimmatbaho metal ma’nosini ifoda etadi bu uning bosh ma’nosi .Kumush so’zi qish va qor kabi so’zlar bilan bog’langanda ko’chma ma’no kasb etadi. 4.Odatda so’zning o’z va ko’chma ma’nolari bir so’z turkumi doirasida bo’ladi. M:ko’z: odamning ko’zi (o’z ma’no) Ignaning ko’zi, uzukning ko’zi ,buloqning ko’zi, yog’ochning ko’zi, tizzaning ko’zi, xurjunning ko’zi (ko’chma ma’nolari) Ba’zan so’z o’zining ko’chma ma’nolari bilan boshqa so’z turkumlariga teng kelishi mumkin. M:oltin;kumush;temir—bular asli ot oltin yaproq, kumush qish,temir intizom kabi misollarda ko’chma ma’nosi bilan sifatga ko’chgan 5.Polisemantik so’zlargda so’z ma’nolari orasida ma’no zanjiri bog’liqlik bo’ladi Agar bunday ma’no zanjiri uzilsa,ko’p ma’noli so’z omonim so’zga aylanadi. M: ko’k (rang)—ko’k (osmon) Yoki: 1)dam 2)gap 3)salla 4)tepki 5)chechak 6)qavs 7)changal 8)nozik 9)tutash 10)to’y 11)ko’ch 12)atala kabi omonim so’zlar ko’p ma’noli so’zlar o’rtasidagi ma’no zanjiri uzilishidan hosil bo’lgan. Ko’p ma’noli so’zlar o’rtasidagi ma’no zanjiri uzilib omonim so’zlar yuzaga kelar ekan bu so’z yasalishning leksik-semantik usuli sanaladi. 6. So’zning o’z ma’nosidan ko’chishi,uslubiy mazmun olishi ko’proq badiiy uslub; ba’zan ommaviy uslub va o’rni bilan og’zaki so’zlashuv tilida uchraydi. 

Ma’no ko’chishi usullari 1.Tilimizdagi mavjud so’zlar ma’nolarining o’sishi Ma’no ko’chishi, ma’noning kengayishi yo torayishi tarzida ro’y beradi. 2.Borliqdagi narsa hodisa belgi-xususiyat harakat holat nomlari ma’lum bir asosga ko’ra boshqa narsa hodisa belgi xususiyat, harakat holatning nomi sifatida xizmat qiladi. M:burun sozi “tirik organizmning yuz qismidan bo’rtib chiqqan nafas olish organi ” ma’nosini ifodalash bilan birga “yerning suvlikka tomon bo’rtib chiqqan qismi” ma’nosini ham ifodalaydi.Predmetlar o’rtasidagi shakily o’xshashlik birining nomi ikkinchisining o’rniga asos bo’lgan. 3.So’zlarda ma’no ko’chishi nima asosida ko’chishiga ko’rametonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik, kinoya kabi turlarga bo’linadi. 

a) Metafora 1. Nutqimizda eng keng tarqalgan ma’no ko’chish usuli metaforadir. 2.Metafora (yunoncha-ko’chirish) bir predmet nomining boshqa predmet nomiga o’xshashlik asosidako’chishidir M: tandirning og’zi birikmasida og’iz so’zining ma’nosi odam yoki hayvon og’ziga tashqi o’xshashligi asosida vujudga kelgan. 3.Demak metaforada predmet belgi harakatlar o’xshashlik asosida boshqa predmet va harakatga ko’chadi. M: qozonning qulog’i, varrakning dumi, rubobning qorni, kemaning tumshug’I, egarning qoshi, o’choqning og’zi, tog’ning etagi, qora niyat, sovuq xabar, shirin xotira, achchiq haqiqat, bemaza gap sayoz asar, yengil ta’zim yorug’ yuz, oltin yproq, kumush qish, zumrad bahor, po’lat iroda, temir intizom, majlisda savalanmoq, qarzini uzmoq, Qashqadaryo bilan ulanmoq… 4.Narsa va hodisalar o’rtasidagi o’xshashlik turli asosda bo’lishi mumkin. a) Ikki predmet o’rtasidagi shakliyo’xshashlik; M: Odam qulog’i—qozon qulog’I b)Ikki predmet qayerda joylashishi bo’yicha o’xshashlik M: Itning dumi ---- samolyotning dumi 5. Formula: MAVHUM OT + ANIQ OT shaklidagi ko’chma ma’noli birikmalar ham,odatda, metaforani yuzaga keltiradi. M:hayot ostonasi,visol uyi sabr kosasi, ishq bog’i, hayo ko’chasi, hasad o’ti, takabburlik libosi, g’amza o’qi Bular adabiyotshunoslikda istiora deb nomlanadi. 6.Ba’zan kishi ismlari metafora usulida ko’chishi mumkin. M: Yo’lbars, Bo’riboy, Qoplonbek, Lochin, Gulchehra, Feruza, Yoqutoy, Asalxon, Arslon, Charos, Ozoda… 7.Metaforalarga juda yaqin bir vosita “O’xshatishlar” bo’lib,ular yordamida shaxs,predmet bir biriga o’xshatiladi,qiyos qilinadi. –day; -dek; go’yo, yanglig’, singari, xuddi kabi o’xshatish vositalaridan ham foydalaniladi. M:Ulug’bek — misoli oftob Nutq jarayonida metaforadan o’rinli foydalanish nutqimizni ta’sirchan, jozibali qiladi. So’zlovchining badiiy-estetik qobilyatini namoyon etadi. 

b) Metonimiya 1.Metonimiya yunoncha qayta nomlash demakdir. 2.narsa va hodisalar o’rtasida makon va zamondagi o’zaro aloqadorlik asosida birining nomi ikkinchisiga ko’chishi metonimiya deyiladi. M: Fuzuliyni oldim qo’limga (aslida Fuzuliy asarlarini; Shoir va uning asarlari o’rtasidagi bog’liqlik) Samovarda osh yedik (aslida choyxonada; choy ichiladigan joy bilan choy qaynatiladigan buyum o’rtasidagi aloqadorlik) Zal kulib yubordi (aslida zaldagi odamlar) “Rossiya”ga qanday borsam bo’ladi? (bekatdagi yo’lovchi murojati) “Besh bolali yigitcha” kelmadimi? (kitobxon savolidan) Ichak-chavog’im qolmadi endi kalla sotaman (qassobning gapi) Navbatim sumka ko’targan “jinsi”dan keyin (xaridorning gapi) “Navoiyni kechadan beri ko’tarib yuribman”(o’quvchining nutqidan) 3.Demak, so’z ma’nolarining o’xshashlik emas, makon va zamondagi o’zaro bog’liqlik aloqadorlik asosida ko’chishi metonimiya sanaladi4.ba’zan kishi ismlari ma’lum bir hodisa bilan bog’liq bo’lishi mumkin. M:Ramazon Juma, Odina , Safar, Hayit 5.Metonimiya asosida ko’chma ma’no hosil qilish fikrimizni lo’nda ifodali ta’sirchan bayon qilishning bir yo’li sanaladi


Download 72,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish