101
e’tibor bermoq zarur.
Keyingi 20 yil ichida organopreparatlar juda rivojlandi. Hozirgi vaqtda qon
tomir kasalliklari va saratondan so‘ng uchinchi o‘rinda allergiya kasalligi turadi.
Atrof muhitdagi xavo, suv va tuproqning turli kimyoviy moddalar bilan o‘ta
ifloslanishi organizm chidamliligini pasaytirib yubormoqda va turli allergik
kasalliklarga chalinishga olib kelmoqda. Xozir dunyo miqiyosida 1300 allergen
ma’lum, shundan 900 tasi bizda uchraydi. SHular ichida sun’iy usulda (sintetik)
olingan dori-darmonlar bor. IIIu sababli ularni organizmga boshqa turdagi
birikmalar bilan almashtirish katta ahamiyatga ega.
Organopreparatlar maxsus endokrin zavodlarida, qushxona sexida yoki
kimyo-farmatsevtika korxonalarida ishlab chiqariladi. Odatda bu korxonalar
qushxonaga yaqin joyda tashkil qilinadi. Qushxonalarda veterinar vrach nazorati
ostida so‘yilgan xayvonlarning kerakli organlari ajratib olinadi va tezda tegishli
ishlab chiqarish sexlariga yuboriladi yoki ular konservatsiya qilinadi. Organlar
quyidagi usullarda konservatsiya qilinadi:
1. Tegishli organ 8—12°S da, ba’zan —40°S da muzlatiladi. Bunda
bezlardagi kimyoviy jarayonlar deyarli to‘xtaydi va ta’sir qiluvchi moddalar
parchalanishdan saqlanadi.
2. 96% li spirt yoki atsetonga solib qo‘yiladi. Bu usulda organlar
saqlanishdan tashqari, yog‘ va yog‘simon moddalardan ham tozalanadi.
3. Natriy xloridning to‘yingan eritmasi o‘ta yoki quruq tuzga botirib
qo‘yiladi. Ishlatishdan oldin organlar yog‘lardan, go‘shtlardan tozalanadi va
go‘sht maydalagichlarda qiyma xoliga keltiriladi.
Organopreparatlar xossalari bo‘yicha bir necha xilga tasniflanadi:
a) qaysi organdan olinganiga qarab (qalqonsimon bez prparatlari,
buyrak usti bez preparatlari, jigar preparatlari va boshqalar);
b) texnologiya jixatidan — olinish usuli va tozaligi bo‘yicha — quruq
organopreparatlar,
ichiladigan
va
in’eksiya
uchun
ishlatnladigan
organopreparatlar;
v) ta’sir etuvchi moddasi bo‘yicha (gormonlar, endokrin preparatlar,
fermentlar, noaniq ta’sirga ega bo‘lgan preparatlar).
Organopreparatla r tez parchalanib ketishi mumkin bo‘lganligi tufayli
ularni tayyorlash jarayonida maxsus asbob-uskuna (sirlangan idishlar va
boshqalar) dan foydalanish, jarayonining tez bajarilishini ta’minlash katta
axamiyatga ega. Organopreparatlar ko‘pincha terapevtik unumdorligi bo‘yicha
o‘ziga xos biologik, ba’zan kimyoviy usullarda baxolanadi.
Quruq organopreparatlarning umumiy olinish texnologiyasi. Ularni ishlab
chiqarish quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi: xom ashyoni tozalash,
ajratma
olish, quritish, yog‘lardan tozalash, ajratuvchini uchirish, baholash va qadoqlash.
Organ olinib, go‘sht maydalagichda qiyma kilinadi. Qiyma sir bilan
qoplangan patnislarda yupqa qatlam bilan quritgich javonida 40—50°S xaroratda
quritiladi. Xidini yo‘qotish uchun essensiya qo‘shiladi. So‘ng salqin joyda
saqlanadi.
In’eksiya uchun ishlatiladigan organopreparatlarning olinishi. Bularni
ishlab chiqarish quyidagi bosqichlardan iborat: ajratma olish, yog‘lar va
103
baxolanadi. Bir ta’sir birligi qilib (TB) 0,04082 mg kristall insulin qabul qilingan.
1 mg kristall insulin 24—26 TB saqlashi kerak.
Insulin talqonini nordonlashtirilgan suv yoki bufer eritmalarida eritib,
kisqa yoki uzoq muddat ta’sir qiladigan preparatlarni olish mumkin. Insulin pre-
paratlari +10°S xaroratda saqlanadi, muzlatish mumkin emas.
Insulin flakonlarda 5 yoki 10 ml dan chiqarilib, 1 ml da 40 TB bo‘ladi.
Insulin preparatlari bakterial filtrlar orqali suzib sterillanadi.
Suspenziya holidagi insulin preparatlarini ishlatishdan oldin yaxshilab
chayqatiladi va so‘ng shpritsga tortiladi.
Organopreparat guruhlari:
1. Gormon preparatlari
2. Ferment preparatlari
3. Vitamin preparatlari
4. Aminokislota preparatlari
5. Fosfor
saqlovchi preparatlar
6. Nospetsifik ta’sirga ega bo‘lgan preparatlar
Texnologik nuqtai nazaridan organopreparatlarning tasniflanishi:
1. Ekstragentlar yordamida ajratma olinib, tozalash bosqichini o‘tagandan
so‘ng quritib, maydalanib olingan organopreparatlar (pepsin, pankreatin, pantokrin,
rantarin).
2. Yog‘sizlantirilgan hayvon organlarini quritish va maydalash orqali
olingan organopreparatlar (tireoidin, adiurekrin).
3. Yuqori darajadagi tozalash jarayonini bosib o‘tgan, farmakologik faol
moddalar eritmalarini o‘zida saqlagan organopreparatlar (pituitrin, vitogepat).
Birinchi va ikkinchi guruh preparatlari faqat ichish uchun mo‘ljallangan
organopreparatlar bo‘lib, uchinchi guruh preparatlari esa in’eksiya qilish uchun
mo‘ljallangandir.
Bir nomdagi endokrin bezidan xar xil tozalash darajasiga qarab, turli xildagi
organopreparatlarni olish mumkin. Masalan, quritilgan gipofizning orqa bo‘lagidan
adiurekrin kukun dorisi olinsa, tozalangan ajratamadan esa pitiutrin olinadi.
SHunngdek, bir nomdagi bezdan xar xil kimyoviy tabiatga va farmakologik
guruxga mansub bo‘lgan preparatlarni ham olish mumkin. Masalan oshqozon osti
bezidan insulin saqlovchi gormon va nuklein saqlovchi inkrepan olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: