So’z boshi



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/178
Sana17.08.2021
Hajmi2,85 Mb.
#149641
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   178
Bog'liq
dvst

Prolaktin.  YAngi  muzlatilgan  gipofizning  oldingi  bo‘lagidan  tayyorlangan 
qiyma,  1:2  nisbatda  suv  bilan  aralashtirilib,  so‘ng  unga  1:8  nisbatda  atseton  va 
oksidlangan  xlorid  kislotasi  qo‘shiladi.  Aralashma  1,5  soat  aralashtiriladi  va 
suzilib, siqib olinadi. Ajratmada atsetonni konsentratsiyasini 90% gacha ko‘tarish 
bilan biologik faol moddalar cho‘kmaga tushiriladi va 00S dan yuqori bo‘lmagan 
haroratda  tindirish  uchun  bir  kechaga  qoldiriladi.  CHo‘kma  nutch  filtri  orqali 
filtrlanib, atseton bilan yuviladi va quritiladi.  
Quruq  nordon  massa  0,6%    sirka  kislotasining  eritmasida  eritilib  (50  g 
massaga  1  l  erituvchi),  10%  natriy  ishqori  yordamida  pH  muhiti  2,8-3,0  ga 
keltiriladi. Eritma loyqa bo‘lib, undagi laktinni tezroq cho‘kmaga tushirish uchun, 
natriy xloridning to‘yingan eritmasidan foydalaniladi (1 l aralashmaga 60 ml natriy 
xloridning  to‘yingan  eritmasi)  va  tindirish  uchun  3  soatga  qoldiriladi.  CHo‘kma 
sentrafugalash  orqali  ajratib  olinib,  quritiladi.  Quruq  massa  standartlanib,  undan 
in’eksion  eritma  tayyorlanadi  va  bakterial  filtr  orqali  filtrlanib,  1  ml  dan 
ampulalarga  quyiladi.  Preparat  sut  bezlaridan  sutni  ajralib  chiqishini  tezlashtirish 
uchun yangi farzandli bo‘lgan ayollarga tavsiya etiladi.  
Xorionik  gonadotropin  (Gonadotropinum  chorionicum)  –  xomilador 
ayollarning  siydigidan  olinadi,  tarkibida  gonadotrop  gormonlarini  saqlaydi. 
Xomiladorlikning birinchi yarimidan o‘tgan ayollarning toza va yangi siydigi sirka 
kislotasi  bilan  kuchsiz  kislotali  sharoitgacha  oksidlanadi.  Eritma  filtrlanadi  va 
vakuum  bug‘latgichda  35-400S  haroratdan  yuqori  bo‘lmagan  haroratda 
bug‘latiladi,  toki  boshlang‘ich  ajratmaga  nisbatan  1/10  qism  ajratma  qolguncha. 


109 
 
Qolgan qoldiq sovutilib, 4 marta ko‘p miqdorda 95% etil spirti bilan aralashtiriladi. 
Natijada  cho‘kma  hosil  bo‘ladi.  CHo‘kma  filtrlanib,  spirt  va  efir  bilan  yuviladi, 
so‘ng  tozalanadi.  Buning  uchun  qoldiq  10  marta  ko‘p  miqdordagi  suvda  eritilib, 
sentrafugalanadi.  Eritmaga  ammoniy  xlorid  va  magniy  xloriddan  tashkil  topgan 
reaktiv  qo‘shiladi.  Keyin  esa,  ammiak  eritmasidan  siydik  tarkibidagi  fosfatlarni 
cho‘ktirish uchun, ishqoriy muhitgacha ammiak eritmasi solinadi. Eritma filtrlanib, 
unga  nisbatan  4  marta  ko‘p  miqdorda  spirt  qo‘shiladi.  Hosil  bo‘lgan  cho‘kma 
filtrlanib yig‘ib olinadi, spirt va efir bilan yuvilib, eksikatorda sulfat kislotasi yoki 
kalsiy xlorid ishtirokida quritiladi. 
Aralashma  -2-50S  haroratda,  10-12  soat  davomida  qoldiriladi,  natijada 
nordon atsetonli cho‘kma hosil bo‘ladi. Cho‘kma nutch filtri orqali filtrlanib, 98% 
sovutilgan  atseton  bilan  cho‘kma  yuviladi  va  xavo  oqimida  quritiladi.  Nordon 
atsetonli  kukun  suvda  eritilib,  oksidlangan  sirka  kislotasi  va  ammiak  eritmasidan 
pH  ko‘rsatkichi  5,0  bo‘lgunga  qadar      qo‘shiladi.  Izoelektrik  nuqtada  laktogen 
cho‘kmaga  tushadi,  cho‘kma  setrafugalash  orqali  ajratib  olinadi  va  undan  laktin 
preparatini  olishda  foydalaniladi.  Laktogen  gormoni  ajratib  olingandan  so‘ng 
qolgan qoldiqqa ammoniy-atsetat buferidan pH ko‘rsatkichi yana 5,0 ga etguncha 
qo‘shiladi  va  KM-sefadeks  kationiti  bilan  to‘ldirilgan  K-25  markali    kolonkadan 
o‘tkaziladi.  Natijada  kortikotropin  ion  almashinuvchi  smolaga  adsorbsiyalanib, 
undan  kortikotropin  ammoniy  atsetat  buferining  etanoldagi  eritmasi  bilan 
desorbsiyalanadi.  Elyuatdan  AKTG  etanol  bilan  cho‘kmaga  tushiriladi.  Cho‘kma 
setrafugalash orqali ajratib olinadi va etanol va atseton bilan yuvilib, xavo oqimida 
quritiladi. AKTG  suspenziyasining faolligi 70-90 TB/mg. AKTG biologik usulda 
standartlanadi. 

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish