So’z boshi



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/178
Sana17.08.2021
Hajmi2,85 Mb.
#149641
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   178
Bog'liq
dvst

Gormonal preparatlar 
Gormonlar grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, hormao – “harakatga keltirmoq”, 
“qo‘zg‘altirmoq”  degan  ma’nolarni  bildiradi.  Ular  xar  xil  kimyoviy  tabiatga  ega 
bo‘lgan, organizmning mahsus hujayralari ichki bezlaridan doimiy ravishda ajralib, 
qon yoki limfa suyuqligiga tushib turadigan, shu bilan birga organizmning modda 
almashinuvi  va  fiziologik  funksiyasini  boshqarib  turadigan    biologik  faol 
moddalardir.  Hozirgi  paytda  60  ga  yaqin  biologik  faol  ichki  sekretsiya  bezlari 
ma’lum bo‘lib, ularning har biri gormonal faollikka egadir.  
Gormon va gormon  preparatlarining tasnifi: 
1. Ta’sir tabiatiga ko‘ra 
2. Kimyoviy tuzilishiga ko‘ra 


104 
 
3. Ishlab chiqarilish tizimiga ko‘ra 
Ta’sir tabiatiga ko‘ra gormonlarning tasniflanishi: 
1. Boshlovchi (trop omilli gormonlar, MNS gormonlari) 
2. Bajaruvchi (periferik bez gormonlari) 
Kimyoviy  tuzilishiga  ko‘ra  gormonlar  va  gormon  preparatlarining 
tasniflanishi: 
1.  Peptid  tabiatli  gormonlar  (glyukogen,  kalsitonin,  somatostatin, 
vazopressin, oksitotsin) 
2. Aminospirt hosilalari gormonlari (adrenalin, noradrenalin, oksitotsin) 
3.  Yog‘  tabiatli  yoki  steroid  gormonlar  (kortikosteroidlar,  androgenlar, 
estrogenlar) 
4. Paragormonlar yoki to‘qima gormonlari (gastrin, sekretin, geparin) 
5. Oqsil tabiatli gormonlar 
- oddiy gormonlar (insulin, prolaktin, o‘sish gormoni) 
- murakkab gormonlar (folatropin, lyutropin, tirotropin) 
Organizmda  gormonlarning  ishlab  chiqarilishi  va  ta’siri  MNS  tomonidan 
boshqariladi. Tashqi va ichki muhit va sharoit xaqidagi butun ma’lumot MNS ga 
kelib tushadi va u erda nerv va gumoral javob signallari hosil bo‘ladi.  
Endokrin bez gormon preparatlarining olinishi: 
1. Kimyoviy yo‘l bilan (oksitotsin, vazopressin) 
2. Gen injeneriyasi bo‘yicha (insulin, somatotropin, kalsitonin) 
Kimyoviy  yo‘l  bilan  steroid,  oqsil  va  aminokislota  tabiatli  gormon 
preparatlarini  sintez  qilish  ko‘p  bosqichli  va  norentabel  bo‘lganligi  sababli, 
bugungi  kunda  ko‘proq  biotexnologiyada  fizik-kimyoviy  va  genetik 
yo‘nalishlarning  rivojlanishi  bilan  gormon  preparatlari  gen  injeneriyasi  usulida 
olinmoqda. Bu yo‘l bilan gormon preparatlarini olishda yuqori harorat, katalizator, 
bosim va boshqalar talab qilinmaydi.  
Oshqozon osti bezi gormon preparatlari 
Insulin  (Insulinum,  grekchadan  insula  -  orol)  –  oshqozon  osti  gormoni 
bo‘lib, Langergans orolchalarining β-hujayralarida ishlab chiqariladi. U kimyoviy 
jihatdan oqsil tabiatga ega. Inson insulinining molekulasi ikkita A va V polipeptid 
zanjiridan iborat bo‘lib, ular ikkita disulfid bog‘lari bilan birikkan. A zanjiri 21 ta, 
V zanjiri 30 ta aminokislota qoldig‘ini saqlaydi. Molekulyar massasi 58000. 
Birinchi  marta  1921  yilda  Kanadaning  Toronta  shaxrida  tadqiqotchilar 
F.G.Benting  va  Ch.X.Bestlar,  itning  oshqozon  osti  bezini  etonol  yordamida 
oksidlash  orqali  insulin  ajratib  olishga  muvoffaq  bo‘ldilar.  Uning  birinchi 
kristallari  1952  yilda  gormonlarni  boshqa  gormonga  o‘xshash  moddalardan 
tozalash usullarining kashf qilinishi bilan (immunoelektroforez va yuqori samarali 
suyuqlik  xromatografiyasi)  sintez  qilindi.  Bugungi  kunda  shoxli  qoramol  va 
cho‘chqalarning oshqozon osti bezidan insulin olishning bir necha texnologiyalari 
ishlab chiqilgan 
Ko‘pgina  farmatsevtika  korxonalari  va  kompaniyalari  tomonidan  insulinni 
olish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha, keng miqyosidagi tadqiqotlar olib 
borilmoqda.  Daniyaning  “Novo  Indastri”  kompaniyasi  tomonidan  V  zanjiridagi 
alanin  qoldig‘ini  treoninga  almashtirish  asosida  insulin  ishlab  chiqarish  yo‘lga 


105 
 
qo‘yilgan.  Bu  usul,  mahsulotni  xromatografik  tozalash  usulida  fermentativ 
almashinish  hisobiga  amalga  oshiriladi.  Natijada  99%  toza  modda  saqlovchi,  bir 
komponentli insulin hosil bo‘ladi. 
Amerikaning  “Eli  Lilli”  kompaniyasi  insulinni  olishda,  nisbatan  yuqori 
texnologik  darajasiga  ega  bo‘lgan  ishlab  chiqarish  va  tozalash  jarayonidan 
foydalanadi.  1980  yildan  boshlab  ishlab  chiqarilayotgan  insulin  preparatlari, 
qo‘shimcha  tozalash  bosqichida,  ionalmashinish  xromatografiya  usulidan 
foydalangan  holda  ishlab  chiqarilmoqda.  Aynan  shu  kompaniya,  insulinni  gen 
injeneriyasi  usulida  ishlab  chiqaradigan  yirik  markazlardan  biridir.  E.Soli  E  12 
shtammlarning  nopatogen  hujayralari,  insulinni  biosintez  yo‘li  orqali  olishda 
boshlang‘ich xomashyo hisoblanadi. Buning uchun proinsulinning pHK sida qayta 
transkriptazalash  yordamida,  DNK  nushasi  sintez  qilinadi.  Disulfid  bog‘larining 
paydo  bo‘lishi  bilan,  proinsulin  insulin  molekulasini  hosil  qiladi. 
Rekombinatlangan  DNK  asosida  olinadigan  insulin  ishlab  charishdagi  tozalash 
jarayoni, izoelektrik cho‘ktirish va kristallash, gelfiltratsion xromatografiya va ion 
almashinish xromatografiyasiga bog‘liq.  
In’eksiya  uchun  insulin  (Insulinum  pro  injectionibus).  U  muhit  pH  3,0-3,5 
bo‘lguncha  oksidlangan  xlorid  kislotasi  qo‘shib,  kristallik  insulinni  suvda  eritish 
yo‘li bilan olinadi. Eritmaga solyubilizator sifatida 1,6-1,8% glitserin, konservant 
sifatida  esa  0,25-0,3%  miqdorida  fenol  qo‘shiladi.  Eritma  filtrlash  orqali 
sterillanadi. 1 ml eritma 40-80 TB saqlaydi. 
Suinsulin  (Suinsulinum).  Cho‘chqalarning  oshqozon  osti  bezidan,  atsetatli 
bufer yordamida olinadigan insulin kristalini eritish yo‘li bilan olinadi. Eritmaning 
muhit pH 7,0-7,5, konservant – nipagin, 1 ml eritma 40-80 TB saqlaydi. Har ikki 
preparat  ham  qandli  diabetni  davolashda  asosiy  preparatlardan  biri  hisoblanadi. 
Ular  nisbatan  davomiy  bo‘lmagan  qandni  tushirish  ta’siriga  ega  samaradorlikni 
odatda  in’eksiya  qilingandan  so‘ng  15-20  daqiqa  ichida  yuzaga  keladi.  Umumiy 
ta’sir  davomiyligi  6  soat.  Preparat  kamdan-kam  holatlarda  allergik  reaksiyalar 
keltirib  chiqaradi.  5-10  ml  dan  rezinka  tiqin  bilan  mahkamlangan,  alyumin 
qopqoqli flakonlarda chiqariladi. 

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish