2. Qobiliyat va iste'dod haqida tushuncha
Qobiliyatlar shaxsning mazkur faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisobiangan va buning uchun zarur bilim, ko'nikma va malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo'ladigan individual-psixologik xususiyatdir.
Qobiliyatlar individual-psixologik xususiyatlar, ya 'ni bir odam-ning boshqa bir odamdan farq qiladigan belgilari sifatida ta 'rifla-nadi.
Psixologiya metodologik asosining ko'rsatishicha, qobiliyatlar im-koniyatlar tizimidan tashkil topgan bo'lib, u yoki bu faoliyatdagi zaruriy mahorat darajasi hisoblanadi. Psixologiya fani qobiliyatlar bilan faoliyatning muhim jabhalari bo'lmish bilim, ko'nikma va malakalarning aynan bir narsa ekanligini rad etar ekan, ularning birligini e'tirof qiladi. Shuning uchun qobiliyatlar faqat faoliyatda ro'yobga chiqadi, lekin shunda ham aynan Shu qobiliyatlarsiz amalga oshirilishi amri mahol faoliyat ko'rinishlaridagina aks etadi, xolos.
Bolalik davrida u yoki bu qobiliyatlarini atrof muhitdagi odamlar tan olmagan, keyinchalik xuddi ana shu qobiliyatiari tufayli jahonda munosib shon-shuhrat qozonishga musharraf bo'lgan juda ko'p allomalarning nomi olamda mashhur, chunonchi, Albert Eynshteyn (nisbiylik nazariyasi asoschisi), Nikolay Lobachevskiy (yangi geomet-riya yo'nalishi asoschisi) va boshqalarning o'qigan davrida buyuk olim bo'lib yetishishiga hech qanday kafolat yo'q edi.
Qobiliyatlar bilim, ko'nikma va malakalarda aks etmaydi, balki ularni egallash dinamikasida namoyon bo'ladi. Faoliyat uchun zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirish jarayonida yuzaga chiqadigan farqlar,* qobiliyatlar mulohaza yuritish imkonim beradi.
Deniak, shaxsning faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish
sharti hisobiangan bilim, ko'nikma va malakalarni egallash,dinamika
sida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo'ladigan individual-
psixologik xususiyati qobiliyallar deyiladi. Ushbu xususiyatni aniq-
lash uchun ba'zi bir omiliarni tahlil qilish maqsadga muvofiq:
a) shaxsning muayyan sifatlari yig'indisi belgilangan vaqt oralig'ida,
cgallagan faoliyati talablariga javob bersa, unda mazkur faoliyatga
nisbatan qobiliyati mavjuddir; b) inson shunday holatiarda faoliyat
lalabiga javob bera olmasa, psixologik sifatlar, ya'ni qobiliyatlar
mavjud emasdir (juda zaifdir). . ,,.
Qobiliyailarning sifat va miqdor tavsifi., Psixologiyada qobiliyat
lar individual-psixologik xususiyatlar sifatida taysifianadi va buning
asosida bir insonning boshqa insondan tafovutlanadigan xislatlari,
lazilatlari yotadi. Shuning uchun har bir shaxsdan bir xil natija, bir xil
sifat kutish mumkin emas, chunki insonlar o'z qobiliyatiari bo'yicha
bir-birlaridan muayyan darajada farq qiladilar, binobarirt, ular
o'rtasida sifat va miqdor jihatidan farqlar ko'p bo'lishi mumkin.
Qobiliyatlarning sifat tavsifi shaxsning qaysi individual-psixologik
xususiyatlari faoliyat muvaffaqiyatining majburiy sharti tariqasida
xizmat qiiishini anglatadi. Ularning miqdoriy tavsifi esa faoliyatga
i|o'yiladigan talablarga shaxs tomonidan qay yo'sinda bajarish
mikoniyati mavjudiigini bildiradi, ya'ni mazkur inson boshqa odam-
larga qaraganda malaka, biiimlardan nechog'lik tez, oson, puxta
Ibydalana olishini namoyon qiladi.
Qobiliyat xususiyatlarining sifat jihatidan talqin qilinishida, birin-cliidan, maqsadga turlicha yo'llar orqali erishishga imkon beruvchi «o'zgaruvchan miqdor» majmui tariqasida, ikkinchidan, faoliyat mu-vaffaqiyatini ta'minlovchi shaxsning individual-psixologik xislatlari ((azilatlari)ning murakkab majmuasi ko'rinishida gavdalanadi.
Shaxsning qobiliyatida. mavjud.bo'lgan o'mini bosish (kompensa-lorlik) imkoniyati eshitishdan^ mahrum insonlarni maxsus o'qitish orqali ro'yobga chiqadi. Hayotda ko'zi ojiz musiqachi, artist, shoir, 1 assom, muhandis va boshqa shu kabi kasb egalari yetishib chiqqanligi ko p uchraydi. Hatto eshitish qobiliyati past yoki umuman yo'qligi ham kasbiy-musiqaviy qobiliyatning rivojlanishiga keskin xalaqit bermasligi mumkin.
Bu psixologik hodisa (bir qobiliyatni boshqa qobiliyat yordamida o'stirish, ya'ni kompleksatorlik xususiyati) har bir shaxs uchun kasb tanlash va qayta kasb tanlash (ikkinchi yoki uchinchi kasbni egallash ishtiyoqi) sohasida mislsiz keng ko'lamdagi imkoniyatlarni ochadi. Qobiliyatli shaxslar ijtimoiy turmushning turli sohalari hamda jabhala-rida o'z o'rnini topa oladilar hamda yuksak yutuqlarga erishadilar, hatto bir necha faoliyat turida muvaffaqiyatlar qozonish ham mumkin.
Psixologiyada qobiliyatlarni miqdor jihatdan o'lchash muammosi o'ziga xos tarixga ega. XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida qator psixologlar (Kettel, Termin, Spirmen va boshqalar) ommaviy ixtisos-lar uchun kasb tanlashni amalga oshirish zarurati bilan bog'liq bo'lgan talablar ta'siri ostida ta'lim olayotganlarning qobiliyat darajasini aniq-lashni taklif qilib chiqdilar. Bu bilan shaxsning mansabdorlik daraja-sida tutgan o'rni va uning u yoki bu mehnat faoliyatida, oliy o'quv yurtlarida ta'lim olishida, ishlab chiqarishda, armiyada va ijtimoiy hayotda rahbarlik lavozimlarini olishga layoqatlarini aniqlash taxmin qilingan edi.
Biroq qobiliyatlarni miqdor jihatdan baholash muammosi jamiyat-da paydo bo'lish davridan e'tiboran ikki xil xususiyat kasb etdi. Bir tomondan, u mehnatkash kishining real imkoniyatlarini obyektiv ra-vishda aniqlashga imkon beradi. Busiz amalda kasb tanlashga yo'llash uchun layoqatli kishini topish va bu ishga layoqatli kishilarni tanlash qiyin bo'lur edi. Mehnat faoliyatida inson omili (ya'ni real inson va uning qobiliyatlari) e'tiborga olinmaydigan oldingi davrga nisbatan qobiliyatlar psixologiyada miqdoriy tadqiqotlar g'oyasining ilg'orligi ana shundadir.
Kishi egallagan faoliyat (mehnat, o'qish, sport va shu kabi)lar uning psixologik fazilatlari (aqliy xususiyatlari, emotsional-irodaviy sohalari, sensomotorikasi)ga yuksak talablar qo'yadi. Bu talablarni qandaydir bitta sifat, hatto u taraqqiyotning juda yuksak darajasiga erishgan bo'lsa ham, qondira olmaydi. Alohida olingan bitta psixik xususiyat faoliyatning yuksak mahsuldorligini ta'minlay oladi, butun qobiliyatlarning ekvivalenti sifatida namoyon bo'ladi, degan fikr ilmiy haqiqatga to'g'ri kelmaydigan fikrdir. Qobiliyatlar murakkab struktu-raga ega bo'lgan psixik fazilatlar yig'indisidan iboratdir.
Qobiliyat sifati namoyon boiadigan fazilatlar yig'indisining tuzi-lishi pirovard natijada aniq faoliyat talablari bilan belgilanadi va faoliyatning har xil turlari uchun turlicha boiadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |