59. Aralashmadagi tuzlarning massa ulushini aniqlashga oid.
1. Kaliy permanganat va alyuminiy nitrat aralashmasi qizdirildi. Olingan gazlar aralashmasi 250 gr 4% li nitrat kislota eritmasidan o’tkazilganda 672 ml gaz yutilmay qoldi va kislotaning konsentratsiyasi 6,85% gacha ortdi.Eritma tarkibida nitrit kislota yo’qligi ma’lum bo’lsa, dastlabki aralashmadagi tuzlarning massa ulushini (%) toping.
A) 44,6% KMnO4, 55,4% Al(NO3)3 B) 69,6% KMnO4, 30,4% Al(NO3)3
C) 35% KMnO4, 65% Al(NO3)3 D) 52,7% KMnO4, 47,3% Al(NO3)3
2. Kaliy dixromat va temir(II) nitrat aralashmasi qizdirildi. Olingan gazlar aralashmasi 250 gr 4% li nitrat kislota eritmasidan o’tkazilganda gazning barchasi yutilgan va kislotaning konsentratsiyasi 5,44% gacha ortdi. Eritma tarkibida nitrit kislota yo’qligi ma’lum bo’lsa, dastlabki aralashmadagi tuzlarning massa ulushini (%) toping.
A) K2Cr2O7 35,3%, Fe(NO3)2 64,7% B) K2Cr2O7 32,8%, Fe(NO3)2 67,2% C) K2Cr2O7 36%, Fe(NO3)2 64% D) K2Cr2O7 14,3%, Fe(NO3)2 85,7%
3. Temir(III)nitrat va kaliy permanganat aralashmasi qizdirildi. Olingan gazlar aralashmasi 150 gr 4% li nitrat kislota eritmasiga yuttirilgana 784 ml gaz yutilmay qoldi va kislotaning konsentratsiyasi 9,77% gacha ortdi. Eritma tarkibida nitrit kislota yo’qligi ma’lum bo’lsa, dastlabki aralashmadagi tuzlarning massa ulushini (%) toping.
A) 56,7 % KMnO4 , 43,3% Fe(NO3)3 B)34,4 % KMnO4 , 65,6% Fe(NO3)3
C) 47,7 % KMnO4 , 52,3% Fe(NO3)3 D) 47,7 % KMnO4 , 52,3% Fe(NO3)3
4. Kaliy dixromat va xrom(II)nitrat aralashmasi qizdirildi. Olingan gazlar aralashmasi 150 gr 4% li nitrat kislota eritmasidan o’tkazilganda gazning barchasi yutilgan va kislotaning konsentratsiyasi 6,38% gacha ortdi. Eritma tarkibida nitrit kislota yo’qligi ma’lum bo’lsa, dastlabki aralashmadagi tuzlarning massa ulushini (%) toping.
A) 55,8 % K2Cr2O7; 44,2 % Cr(NO3)2 B)35,8 % K2Cr2O7; 64,2 %Cr(NO3)2
C) 65,8 % K2Cr2O7; 34,2 % Cr(NO3)2 D)39,9 % K2Cr2O7; 60,1 %Cr(NO3)2
5. Kaliy nitrat va magniy nitrat dan iborat aralashma qizdirildi. Olingan gazlar aralashmasi 317,5 g 5% li nitrat kislota eritmasiga shimdirildi. Bunda konsentratsiyasi 8,673% ga ortdi. 2,24 litr gaz eritmaga yutilmay qoldi. Eritmada nitrit ionlari yo`qligi ma`lum bo`lsa, dastlabki tuzlar massa ulushlarini (%) toping.
A) 42,3% Mg(NO3)2; 57,7 KNO3 B) 60,5% Mg(NO3)2; 39,5% KNO3
C) 39,6% Mg(NO3)2; 60,4 KNO3 D) 50% Mg(NO3)2; 50% KNO3
6. Kaliy permanganat va magniy nitratdan iborat aralashma qizdirildi. Olingan gazlar aralashmasi 300 g 6,67% li nitrat kislota eritmasiga shimdirildi. Bunda kislota konsentratsiyasi 8,23% ga ortdi. Bunda 672 ml gaz eritmaga yutilmay qolgan. Eritmada nitrit ionlari yo`qligi ma`lum bo`lsa, dastlabki tuzlar massa ulushlarini (%) toping.
A) 28,34% Mg(NO3)2; 61,56% KMnO4 B)30,44% Mg(NO3)2;69,56%KMnO4
C) 58,58% Mg(NO3)2; 41,42% KMnO4 D)38,44% Mg(NO3)2; 61,56% KMnO4
7. Kalsiy nitrat va temir(II)nitratdan iborat aralashma qizdirildi. Olingan gazlar aralashmasi 450 g 6,67 % li nitrat kislota eritmasiga shimdirildi. 1,68 litr gaz eritmaga yutilmay qoldi. Eritma konsentratsiyasi 8.23 % ga ortdi, dastlabki tuzlar massa (%) ulushlarini toping.
A) 67,67% Ca(NO3)2; 32,33% Fe(NO3)2 B)25,67%Ca(NO3)2;74,33%Fe(NO3)2 C) 53,25% Ca(NO3)2; 46,75% Fe(NO3)2 D)57,67% Ca(NO3)2;42,33% Fe(NO3)2
8. Kumush nitrat va natriy nitratdan iborat aralashma qizdirildi. Olingan gazlar aralashmasi 500 g 7% li nitrat kislota eritmasiga shimdirildi. Bunda kislota eritmasi 11,54% li bo`lib qoldi va 224 ml gaz eritmaga yutilmay qolgan bo`lsa, dastlabki aralashmadagi tuzlarning massa ulushini (%) da toping.
A) 41,7% AgNO3; 58,3% NaNO3 B) 37,56% AgNO3; 2,44% NaNO3
C) 35,7% AgNO3; 64,3% NaNO3 D) 44,7% AgNO3; 55,3% NaNO3
9. Magniy nitrat va kalsiy nitratdan iborat aralashma qizdirildi. Olingan gazlar aralashmasi 370 g 6% nitrat kislota eritmasiga shimdirildi. Bunda 672 ml gaz yutilmay qoldi va eritma konsentratsiyasi 9,14% li bo`lib qolgan bo`lsa, dastlabki tuzlarning massa ulushini (%) toping.
A) 75% Mg(NO3)2; 25% Ca(NO3)2 B) 35% Mg(NO3)2; 65% Ca(NO3)2
C) 35% Mg(NO3)2; 65% Ca(NO3)2 D) 55% Mg(NO3)2; 45% Ca(NO3)2
10. Temir(II)nitrat va kaliy permanganatdan iborat aralashma qizdirildi. Olingan gazlar aralashmasi 300 g 4% li nitrat kislota eritmasiga yuttirildi. Bunda 560 ml gaz yutilmay qoldi va eritma konsentratsiyasi 6% ga ortdi. Eritmada nitrit kislota yo`qligi ma`lum bo`lsa, dastlabki aralashmadagi moddalarning massa ulushlarini (%) toping.
A) 33,6% Fe(NO3)2; 66,4% KMnO4. B) 22,6% Fe(NO3)2; 77,4% KMnO4.
C) 72,6% Fe(NO3)2; 27,4% KMnO4. D) 53,2% Fe(NO3)2; 46,8% KMnO4.
Do'stlaringiz bilan baham: |