19. Ekvivalentga oid
1. Litiy gidroksid pirofosfat kislota bilan reaksiyaga kirishib ekvivalenti 65,33 g/ekv bo`lgan tuz hosil qilgan. Reaksiyada 3,6 g o’yuvchi litiy qatnashgan bo`lsa, pirofosfat kislotaning massasini(gr) aniqlang.
A)6,675 B)13,35 C)8,9 D)26,7
2. Natriy gidroksid ortofosfat kislota bilan reaksiyaga kirishib ekvivalenti 120 g/ekv bo`lgan tuz hosil qilgan. Reaksiyada 1,2 g o’yuvchi natriy qatnashgan bo`lsa, ortofosfat kislotani massasini(gr) toping.
A) 2,94 B)1,47 C)0,98 D)1,96
3. Kaliy gidroksid pirofosfat kislota bilan reaksiyaga kirishib ekvivalenti 127 g/ekv bo`lgan tuz hosil qilgan. Reaksiyada 4,48 g kaliy ishqori qatnashgan bo`lsa, pirofosfat kislota massasini(gr) toping.
A)3,56 B)14,24 C)4,7467 D) 7,12 g.
4. Kaustik soda pirofosfat kislota bilan reaksiyaga kirishganda ekvivalenti 200 g/ekv bo`lgan tuzdan 40 g hosil bo`ldi. Bu tuz tarkibidagi kislorod atomlar soni dastlabki olingan ishqor eritmasidagi kislorod atomlar soniga teng bo`lsa, olingan ishqor eritmasining massa ulushini (%) toping.
A)32,436% B)19,31% C) 27,03 %. D)30,27%
5. O’yuvchi kaliy ortofosfat kislota bilan reaksiyaga kirishganda ekvivalenti 87 g/ekv bo`lgan tuzdan 24,36 g hosil bo`ldi. Bu tuz tarkibidagi kislorod atomlar soni dastlab olingan ishqor eritmasidagi kislorod atomlar soniga teng bo`lsa, olingan ishqor eritmasidagi suvni massa ulushini (%) toping.
A) 24,32% B)20,267% C)29,184% D)27,24%
6. So’ndirilgan ohak ortofosfat kislota bilan reaksiyaga kirishganda kalsiyning suvda eriydigan tuzidan 58,5 g hosil bo`ldi. Agar hosil bo`lgan tuz tarkibidagi vodorod atomlar soni qo`shilgan kalsiy gidroksid eritmasidagi vodorod atomlar soniga teng bo`lsa, qo`shilgan so’ndirilgan ohak eritmasidagi suvning massa ulushini (%) toping.
A)24,25% B) 19,56% C)16,3% D)21,9%
7. Litiy gidroksid ortofosfat kislota bilan reaksiyaga kirishib ekvivalenti 55 g/ekv bo`lgan tuzdan 22 g hosil qilgan bo`lsa, dastlabki ishqorni olish uchun tarkibida necha (g) litiy xlorid tutgan eritma elektroliz qilingan.
A)9,6 B)12,75 C)21,25 D) 17
8. Kaliy gidroksid ortofosfat kislota bilan reaksiyaga kirishib ekvivalenti 136 g/ekv bo`lgan tuzdan 27,2 g hosil qilgan bo`lsa, dastlabki ortafosfat kislotani olish uchun qancha (g) fosfat angidrid sarf bo`lgan.
A)19,6 B) 14,2 C)24,5 D)12,25
9. Natriy ishqori tiosulfat kislota bilan ta`sirlashishidan olingan tuzning ekvivalenti 216g/ekv bo`lib, 75,6 g massada hosil bo`ldi. Buning uchun sarflangan kislotani gidrolizidan necha gramm peroksid xosil bo`ladi.
A)6,8 B)10,2 C)11,9 D)17
10. Kalsiy gidroksid ortofosfat kislota bilan ta`sirlashishidan olingan tuzni suvda yaxshi erishi ma`lum bo`lsa, reaksiya uchun asos va kislota qanday mo`l nisbatlarda olingan.
A) 1:2 B)3:1 C)1:3 D)2:1
Do'stlaringiz bilan baham: |