113. Noma’lum modda formulasini aniqlashga oid.
1. Noma’lum modda massa jihatidan 63,16% uglerod, 5,26 % vodorod va kisloroddan tarkib topgan. Agar 7,6 g ushbu modda 25 ml 2M li kaliy gidrokarbonat eritmasi bilan yoki 470,6 g 1,7 % li bromli suv bilan reaksiyaga kirishi ma’lum bo’lsa, noma’lum modda formulasini aniqlang.
A) C7H8O2 B) C9H12O2 C) C5H8O4 D)C8H8O3
2. Noma’lum modda massa jihatidan 67,74% uglerod, va 6,45 % vodorod va kisloroddan tarkib topgan. Agar 3,1 g ushbu modda 100 ml 0,5 M li natriy gidroksid eritmasi bilan yoki 800 g 1,5 % li bromli suv bilan reaksiyaga kirishi ma’lum bo’lsa, noma’lum modda formulasini aniqlang. A) C7H8O2 B) C9H12O2 C) C5H8O4 D)C8H8O3
3. Noma`lum modda massa jihatidan 45,45% uglerod, 6,06% vodorod va kisloroddan tarkib topgan. Agar 6,6 g ushbu modda kaliy ishqorining 2.004 litr 1 M li eritmasi yoki 250 g 3,2% bromli suv bilan to`liq reaksiyaga kirisha olsa, moddaning formulasini toping. A) C7H8O2 B) C9H12O2 C) C5H8O4 D)C8H8O3
4. Noma`lum modda massa jihatidan 60% uglerod, 8 % vodorod va kislorod bo`lgan moddaning 5 grami 120 g 3,33% li natriy ishqori bilan yoki 120 g 6,66% li bromli suv bilan to`liq reaksiyaga kirishishi ma`lum bo`lsa, moddaning formulasini toping.
A) C7H8O2 B) C5H8O2 C) C5H8O4 D)C8H8O3
5. Noma`lum modda massa jihatida 70,58% uglerod, 5,88% vodorod va kisloroddan iborat moddaning 3,4 grami 1,2% 250 g kaliy gidroksid eritmasi yoki 300 g 4% li bromli suv bilan to`liq reaksiyaga kirishishi ma`lum bo`lsa, modda formulasini toping.
A) C7H8O2 B) C9H12O2 C) C5H8O4 D)C8H8O2
6. Noma`lum modda massa jihatida 36,36% kislorod, 54,54% uglerod va vodoroddan iborat moddaning 2,2 grami 120 g 1% li litiy ishqori bilan yoki 80 g 5% li bromli suv bilan reaksiyaga kirishishi ma`lum bo`lsa, modda formulasini toping.
A) C7H8O2 B) C9H12O2 C) C5H8O4 D) C4H8O2
7. Noma`lum modda massa jihatidan 51,72% uglerod, 6.896% vodorod va kisloroddan iborat moddaning 3,48 grami 1,8% 200 g natriy ishqori bilan yoki 60 g 8% li bromli suv bilan to`liq reaksiyaga kirisha olsa, moddaning formulasini toping.
A) C7H8O2 B) C9H12O2 C) C5H8O3 D)C8H8O3
8. Noma`lum modda massa jihatida 64,286% uglerod, 7,14% vodorod va kisloroddan iborat moddaning 2,24 grami 2% li 112 g kaliy ishqori bilan yoki 128 g 5% li bromli suvni rangsizlantira olsa, modda formulasini toping.
A) C6H8O2 B) C9H12O2 C) C5H8O4 D)C8H8O3
9. Noma`lum modda massa jihatidan 46,13% uglerod, 4,61% vodorod va kisloroddan iborat moddaning 2,6 grami 200 g 2,24% li kaliy ishqori bilan yoki 240 g 1,33% li bromli suv bilan to`liq reaksiyaga kirishsa modda formulasini toping.
A) C7H8O2 B) C9H12O2 C) C5H6O4 D)C8H8O3
Noma`lum modda massa jihatidan 44,83% uglerod 3,45% vodorod va kisloroddan iborat moddaning 4,64 grami 400 g 1,6% li natriy ishqori bilan yoki 320 g 2% li bromli suv bilan to`liq reaksiyaga kirishsa moddani toping.
A) C7H8O2 B) C9H12O2 C) C5H8O4 D) C4H4O4
Do'stlaringiz bilan baham: |