28. Azot (IV) oksid va oltingugurt (IV) oksidlar aralashmasiga oid
1. Metanga nisbatan zichligi 3,25 bo`lgan azot (IV) oksidi va oltingugurt (IV) oksididan iborat gazlar aralashmasi mol miqdor kaliy permanganatning suvli eritmasidan o`tkazilishi natijasida nitrat kislotaning massa ulushi 0.126 bo’lgan eritmasi hosil bo`ldi. Reaksiyada natijasida hosil bo’lgan marganets (II) nitratning massa ulushini (%) aniqlang.
A) 17,9 B) 30,2 C) 35,8 D) 15,1
2. Neonga nisbatan zichligi 2,9 bo`lgan azot (IV) oksidi va oltingugurt (IV) oksididan iborat gazlar aralashmasi mol miqdorda kaliy permanganatning suvli eritmasidan o`tkazilishi natijasida nitrat kislotaning massa ulushi 0,0404 bo`lgan eritma hosil bo`ldi. Reaksiyada natijasida hosil bo’lgan sulfat anionining massa ulushini (%) aniqlang.
A) 19,2 B) 16,9 C) 38,4 D) 30,78
3. Geliyga nisbatan zichligi 13,75 bo`lgan azot (IV) oksidi va oltingugurt (IV) oksididan iborat gazlar aralashmasi mol miqdorda kaliy permanganatning suvli eritmasidan o`tkazilishi natijasida nitrat kislotaning massa ulushi 0,126 bo`lgan eritma hosil bo`ldi. Reaksiyada natijasida hosil bo’lgan hind selitrasining massa ulushini (%) aniqlang.
A) 12,6 B) 20,2 C) 6,3 D) 10,1
4. 270C normal bosimda zichligi 2,234 g/litr bo`lgan azot (IV) oksidi va oltingugurt (IV) oksididan iborat gazlar aralashmasi mol miqdordagi kaliy permanganatning suvli eritmasidan o`tkazilishi natijasida nitrat kislotaning massa ulushi 0,0252 bo`lgan eritmasi hosil bo`ldi.Reaksiyada natijasida hosil bo’lgan marganets tuzlarini massa ulushini (%) aniqlang.
A) 3,02 B) 17,9 C) 4,81 D) 9,62
5. 270C normal bosimda zichligi 2,113 g/litr bo`lgan azot (IV) oksidi va oltingugurt (IV) oksididan iborat gazlar aralashmasi mol miqdordagi kaliy permanganatning suvli eritmasida eritilganda nitrat kislotaning massa ulushi 0,063 bo`lgan eritmasi olindi. Reaksiyada natijasida hosil bo’lgan kuporos moyining massa ulushini (%) aniqlang.
A) 4,9 B) 10,1 C) 9,8 D) 30,2
6. 270C normal bosimda zichligi 2,356 g/litr bo`lgan azot (IV) oksidi va oltingugurt (IV) oksididan iborat gazlar aralashmasi mol miqdordagi kaliy permanganatning suvli eritmasidan o`tkazilishi natijasida nitrat kislotaning massa ulushi 0,0756 bo`lgan eritma hosil bo`ldi. Reaksiyada natijasida hosil bo’lgan nitrati anionining massa ulushini (%) aniqlang.
A) 3,05 B) 6,3 C) 9,3 D) 18,6
7. Azot (IV) oksidi va oltingugurt (IV) oksididan iborat aralashmasi mol miqdorda kaliy permanganatning suvli eritmasidan o`tkazilishi natijasida sulfat kislotaning massa ulushi 0,02646 bo`lgan eritmasi hosil bo`ldi. Agar dastlabki aralashmada tulki dumining hajmiy ulushi oltingugurt (IV) oksidining mol ulushidan 2 marta ko`p bo`lsa, reaksiyada natijasida hosil bo’lgan hindiston selitrasining massa ulushini (%) aniqlang.
A) 7,64 B) 6,3 C) 6,804 D) 3,402
8. Azot (IV) oksidi va oltingugurt (IV) oksididan iborat aralashmasi mol miqdorda kaliy permanganatning suvli eritmasidan o`tkazilishi natijasida sulfat kislotaning massa ulushi 0,196 bo`lgan eritmasi hosil bo`ldi. Agar dastlabki aralashmada oltingugurt (IV) oksidining mol ulushi tulki dumining hajmiy ulushidan 2 marta ko`p bo`lsa, reaksiyada natijasida hosil bo’lgan kaliy tuzlarinining massa ulushini yig’indisini (%) aniqlang. A) 17,4 B) 22,45 C) 44,5 D) 3,48
9. Azot (IV) oksidi va oltingugurt (IV) oksididan iborat aralashmasi mol miqdorda kaliy permanganatning suvli eritmasidan o`tkazilishi natijasida nitrat kislotaning massa ulushi 0,0945 bo`lgan eritma olindi. Dastlabki gazlar aralashmasida gazlarning atomlar soni o`zaro teng bo`lsa, reaksiyada natijasida hosil bo’lgan kaliy sulfatning massa ulushini (%) aniqlang.
A) 13,05 B)26.1 C)34,8 D)12.38
10. Propanga nisbatan zichligi 1,25 bo`lgan azot (IV) oksid va oltingugurt (IV) oksididan iborat (n.sh) 13,44 litr gazlar mol miqdorda kaliy permanganatning suvli eritmasidan o`tkazilishi natijasida sulfat kislotaning 3,528 % li eritmasi hosil bo`ldi. Reaksiyada natijasida hosil bo’lgan marganets (II) nitratning massa ulushini (%) aniqlang.
A) 4,032 B) 6,444 C) 8,064 D) 3,222
Do'stlaringiz bilan baham: |