64. Me2(SO4)3 * nH2O va Na2SO4 * 6H2O kristalgidratga oid.
1. Tarkibida 31,03% suvi bo`lgan Me2(SO4)3 * nH2O kristalgidrat va Na2SO4 * 5H2O dan iborat aralashma ma`lum hajm suvda eritildi, 191,6 ml suv saqlagan eritma olindi. Agar eritmadagi natriy sulfatning massa ulushi noma`lum sulfat tuzidan 17,2% ga kamligi hamda dastlabki aralashmadagi kristalgidratlar teng mol miqdorda bo`lganligi ma`lum bo`lsa, natriy sulfatning massa ulushini (%) toping?
A) 26,67 B) 24,44 C) 17,77 D) 31,11
2. Tarkibida 78,4% tuzi bo`lgan Me2(SO4)3 * nH2O kristalgidrat va Na2SO4 * 6H2O dan iborat aralashma ma`lum hajm suvda eritildi, 196,6 ml suv saqlagan eritma olindi. Agar eritmadagi noma`lum sulfatning massa ulushi natriy sulfatning massa ulushidan 10 % ga ko`pligi hamda dastlabki aralashmadagi kristalgidratlar teng mol miqdorda bo`lganligi ma`lum bo`lsa, dastlabki aralashma massasini (g) aniqlang.
A) 62,25 B) 70 C) 87,5 D) 75
3. Tarkibida 36% suvi bo`lgan MeSO4 * nH2O kristalgidrat va CaCl2 * 6H2O dan iborat aralashma ma`lum hajm suvda eritildi, 138.6 ml suv saqlagan eritma olindi. Agar eritmadagi kalsiy xloridning massa ulushi metal sulfatning massa ulushidan 4,9% ga kamligi hamda dastlabki aralashmadagi kristalgidratlar teng mol miqdorda bo`lganligi ma`lum bo`lsa, hosil bo`lgan eritmaning massasini (g) toping?
A) 150 B) 200 C) 225 D) 265
4. Tarkibida 68,97% tuzi bo`lgan Me2(SO4)3 * nH2O kristalgidrat va Na2SO4 * 7H2O dan iborat aralashma ma`lum hajm suvda eritildi 95,8 ml suv saqlagan eritma olindi. Agar eritmadagi Me2(SO4)3 ning massa ulushi natriy sulfatning massa ulushidan 17,2% ga ko`pligi hamda dastlabki aralashmadagi kristalgidratlar teng mol miqdorda bo`lganligi ma`lum bo`lsa, hosil bo`lgan eritmadagi SO-4 anionni massa ulushini (%) toping?
A) 25,6 B) 27,8 C) 22,2 D) 28,89
5. Tarkibida 21,6% suvi bo`lgan Me2(SO4)3 * nH2O kristalgidrat va Fe2(SO4)3 * 5H2O dan iborat aralashma ma`lum hajm suvda eritildi 131,2 ml suv saqlagan eritma olindi. Agar eritmadagi temir(III)sulfatning massa ulushi Me2(SO4)3 ning massa ulushidan 0,48% ga ko`pligi hamda dastlabki aralashmadagi moddalar teng mol miqdordagi ma`lum bo`lsa, aralashmaga qo`shilgan suv massasini (g) toping?
A) 112,5 B) 92,5 C) 85,6 D) 101,5
6. Tarkibida 18,367% suvi bo`lgan Me2(SO4)3 * nH2O kristalgidrat va CuSO4 * 5H2O dan iborat aralashma ma`lum hajm suvda eritildi, 78 ml suv saqlagan eritma olindi. Agar eritmadagi Me2(SO4)3 ning massa ulushi mis sulfatning massa ulushidan 5,333% ko`pligi va dastlabki kristalgidratlar mol nisbati mos ravishda 1:2 ma`lum bo`lsa, dastlabki aralashmadagi noma`lum metalni massa ulushini (%) toping?
A) 8,89 B) 14,54 C) 11,31 D) 16,56
7. Tarkibida 64% tuzi bo`lgan ASO4 * nH2O kristalgidrat va tarkibida 39,344% suvi bo`lgan BCl2 * 4H2O dan iborat aralashma ma`lum hajm suvda eritildi, 95,8 ml suv saqlangan eritma olindi. Agar eritmadagi ASO4 ning massa ulushi BCl2 ning massa ulushidan 6,533% ga ko`pligi va dastlabki kristalgidratlar teng mol miqdordaligi ma`lum bo`lsa, hosil bo`lgan eritmadagi BCl2 ning massa ulushini (%) toping?
A) 16,5 B) 12,4 C) 14,8 D) 10,6
8. Tarkibida 32,727% suvi bo`lgan MeSO4 * nH2O va FeSO4 * 6H2O dan iborat aralashma ma`lum hajm suvda eritildi. 105,2 ml suv saqlangan eritma olindi. Agar eritmadagi MeSO4 ning massa ulushi temir(II) sulfatning massa ulushidan 9,6% ga ko`pligi va kristalgidratlar mol nisbati mos ravishda 2:1 ma`lum bo`lsa, FeSO4 * 6H2O ning massasini (g) toping?
A) 26 B) 24 C) 22,8 D) 20,7
9. Tarkibida 41,538% suvi bo`lgan MeSO4 * nH2O va CrSO4 * 4H2O dan iborat aralashma ma`lum hajm suvda eritildi, 110,4 ml suv saqlagan eritma olindi. Agar eritmadagi
MeSO4 * nH2O ning massa ulushi xrom (II) sulfatning massa ulushidan 14,4% ga kamligi va kristalgidratlar mol nisbati mos ravishda 1:2 ma`lum bo`lsa, hosil bo`lgan eritma massasini (g) toping?
A) 100 B) 150 C)250 D) 200
10. Tarkibida 24% suvi bo`lgan Me2(SO4)3 * nH2O kristalgidrat va Me2SO4 * 6H2O dan iborat aralashma ma`lum hajm suvda eritildi, 151,6 ml suv saqlagan eritma olindi. Agar eritmadagi natriy sulfatning massa ulushi noma`lum sulfat tuzining massa ulushidan 10% ga kamligi hamda dastlabki aralashmadagi kristalgidratlar teng mol miqdorda bo`lganligi ma`lum bo`lsa, dastlabki aralashma massasini (g) aniqlang?
A) 35 B) 70 C) 105 D) 140
Do'stlaringiz bilan baham: |