117. Dipeptid formulasini aniqlashga oid.
1. Analiz uchun olingan tabiiy aminokislotalardan tashkil topgan dipeptidni to`liq gidroliz qilish uchun 2,0 M li 20 ml xlorid kislota eritmasi yoki 24 g 10% li natriy ishqori eritmasi kerak bo`ladi. Dipeptid tarkibida uglerodning massa ulushi kislorodning massa ulushidan 1,2 marta kattaligi va azotning massa ulushi vodorodning massa ulushidan ikki marta katta ekanligi ma`lum bo`lsa, tekshirish uchun olingan dipeptid massasini va uning formulasini aniqlang.
A) Glu – Ala; 4,36 g. B) Glu – Ser; 2,18 g.
C) Gli – Ala; 4,36 g. D) Gly – Ser; 3,27 g.
2. Analiz uchun olingan tabiiy aminokislotalardan tashkil topgan dipeptidni to’liq gidroliz qilish uchun 3,0 M li 20 ml xlorid kislota eritmasi yoki 33,6 gr 15 % li kaliy ishqori eritmasi kerak bo’ladi. Dipeptid tarkibida uglerodning massa ulushi kislorodning massa ulushiga tengligi va azotning massa ulushi vodorodning massa ulushidan ikki marta katta ekanligi ma’lum bo’lsa, tekshirish uchun olingan dipeptid massasini va uning formulasini aniqlang.
A) Glu – Tyr; 10,53 gr B) Glu – Ley; 3,51 gr
C) Gly – Ser; 5,275 gr D) Glu – Ser; 7,02 gr
3. Analiz uchun olingan tabiiy aminokislotalardan tashkil topgan dipeptidni to’liq gidroliz qilish uchun 2,0 M li 15 ml xlorid kislota eritmasi yoki 18 gr 10 % li natriy ishqori eritmasi kerak bo’ladi. Dipeptid tarkibida uglerodning massa ulushi azotning massa ulushidan 4 marta va vodorodning massa ulushidan 7 marta katta ekanligi ma’lum bo’lsa, tekshirish uchun olingan dipeptid massasini va uning formulasini aniqlang.
A) Gli – Gli; 6,03 gr B) Ala – Gli; 1,53 gr
C) Glu – Glu; 3,06 gr D) Glu – Ser; 3,015 gr
4. Analiz uchun olingan tabiiy aminokislotalardan tashkil topgan dipeptidni to’liq gidroliz qilish uchun 2,5 M li 20 ml xlorid kislota eritmasi yoki 28 gr 15 % li kaliy ishqori eritmasi kerak bo’ladi. Dipeptid tarkibida vodorodning massa ulushi uglerodning massa ulushidan 9 marta kichikligi va azotning massa ulushidan 1,75 marta kichik ekanligi ma’lum bo’lsa, tekshirish uchun olingan dipeptid massasini va uning formulasini aniqlang.
A) Tir – Ser; 3.6 gr B) Tyr – Gly; 1.8 gr
C) Tir – Ala; 6.3 gr D) Glu – Ala; 3.15 gr
5. Tabiiy dipeptid konstentrlangan xlorid kislota bilan qizdirilishi natijasida 2 ta mahsulot hosil bo’ldi. Ularning birida xlorning massa ulushi 28,75 % ni tashkil etadi. Huddi shu dipeptidni suyultirilgan vodorod xlorid kislotasi bilan ta’sirlashishi natijasida tarkibida xlorning massa ulushi 16,71 % bo’lgan mahsulot hosil bo’ldi. Dipeptid tarkibini aniqlang.
A) Ser – Ala B) Tyr – Ser
C) Glu – Ala D) Tyr – Gly
6. Analiz uchun olingan tabiiy aminokislotalardan tarkib topgan dipeptidni to`liq gidroliz qilish uchun 2,0 M li 30 ml xlorid kislota eritmasi yoki 24 g 10% li natriy ishqori kerak. Agar dipeptidda uglerodning massa ulushi kislorodning massa ulushidan 2,75 marta ko`p va azotning massa ulushi vodorodning massa ulushidan 1.27 marta ko’p bo`lsa, analiz uchun olingan aminokislota massasi va formulasini toping.
A) Val – Ala; 3,45 g. B) Val – Ley; 6,9 g.
C) Glu – Ley; 4,8 g. D) Val – Ser; 9,6 g.
7. Analiz uchun olingan tabiiy aminokislotalardan tarkib topgan dipeptidni to`liq gidroliz qilish uchun 3 M li 13,33 ml xlorid kislota eritmasi yoki 42 g 8% li kaliy ishqori eritmasi sarflandi. Agar dipeptid tarkibidagi uglerodning massa ulushi kislorod massa ulushidan 0,9 marta katta, azotning massa ulushi vodorodning massa ulushidan 2,8 marta kattaligi ma`lum bo`lsa – dipeptidning massasi va formulasini toping.
A) Asp – Glu; 1,9 g. B) Asp – Gli; 3,8 g.
C) Asp – Ala; 3,8 g. D) Asp – Gly; 1,9 g.
8. Analiz uchun olingan tabiiy aminokislotalardan tarkib topgan dipeptidni to`liq gidroliz qilish uchun 1,5 M li 20 ml xlorid kislota eritmasi yoki 33,6 g 5% li kaliy ishqori eritmasi sarflandi. Agar dipeptid tarkibidagi uglerodning massa ulushi kislorodning massa ulushidan 1,5 marta katta, azotning massa ulushi vodorodning massa ulushidan 2 marta kattaligi ma`lum bo`lsa, dipeptid masasini va formulasini toping.
A) Liz – Asp; 2,61 g. B) Liz – Ala; 2,61 g
C) Liz – Asp; 1,62 g D) Liz – Ley; 1,62 g
9. Analiz uchun olingan tabiiy aminokilotalardan tashkil topgan dipeptidni to`liq gidroliz qilish uchun 1,0 M li 20 ml xlorid kislota yoki 14 g 8% li kaliy ishqori kerak. Agar dipeptid tarkibidagi uglerodning massa ulushi kislorod massa ulushidan 1,25 marta katta, azotning massa ulushi vodorod massa ulushidan 2,8 marta katta bo`lsa, dipeptid formulasini va massasini toping.
A) Sis – Ala; 1,78 g. B) Sis – Glu; 3,56 g.
C) Sis – Ser; 3,56 g. D) Sis – Gly; 1,78 g.
10. Analiz uchun olingan tabiiy aminokislotalardan tashkil topgan dipeptidni to`liq gidroliz qilish uchun 2,5 M li 20 ml xlorid kislota yoki 50 g 4% li natriy gidroksid kerak. Agar dipeptid tarkibidagi uglerodning massa ulushi kislorod massa ulushidan 0,9375 marta katta, azotning massa ulushi vodorod massa ulushidan 2,8 marta katta bo`lsa, dipeptid formulasini va massasini toping.
A) Ser – Gli; 4,05 g. B) Ser – Glu; 2,025 g.
C) Ala – Gli; 2,025 g. D) Tyr – Ser; 4,05 g.
Do'stlaringiz bilan baham: |