112. Noma’lum spirt va karbon kislotalarni aniqlashga oid.
1. Bir – biriga izomer bo`lgan 43,2 g spirtlar aralashmasi sulfat kislota va mo`l miqdordagi sirka kislota ishtirokida qizdirildi. Reaksiya natijasida 52,02 g murakkab efirlar aralashmasi olindi. Agar birinchi efirning hosil bo`lish unumi 75%, ikkinchi efirniki esa 50% ni tashkil qilsa, hamda birinchi spirt massasi ikkinchi spirtning massasidan 5 marta kattaligi aniq bo`lsa, spirtlarning formulalarini aniqlang.
A) C4H9OH B) C3H7OH C) C5H11OH D) C6H13OH
2. Bir – biriga izomer bo`lgan 21,12 g karbon kislotalar aralashmasi sulfat kislota va mo`l miqdordagi metanol bilan qizdirildi. Reaksiya natijasida 18,36 g murakkab efirlar aralashmasi olindi. Agar efirning hosil bo`lish unumi 80%, boshqasiniki esa 50% ni tashkil etsa va birinchi efirning massasi keyingi efirning massasidan 8 marta katta bo`lsa, karbon kislotalarning formulalarini aniqlang.
A) C2H4O2 B) C3H6O2 C) C4H8O2 D) C5H10O2
3. Bir – biriga izomer bo`lgan 52,8 g karbon kislotalar aralashmasi sulfat kislota va mo`l miqdordagi metanol bilan qizdirildi. Reaksiya natijasida 45,9 g murakkab efirlar aralashmasi hosil bo`ldi. Agar bir efirning hosil bo`lish unumi 80%, boshqasiniki esa 50% ni tashkil etsa va birinchi kislotaning massasi keyingi kislotaning massasidan 5 marta katta bo`lsa, karbon kislotalarning formulalarini aniqlang.
A) C4H8O2 B) C3H6O2 C) C2H4O2 D) C5H10O2
4. Bir – biriga izomer bo`lgan 18 g spirtlar aralashmasi sulfat kislota va mo`l miqdordagi propion kislota ishtirokida qizdirildi. Reaksiya natijasida 25,056 g murakkab efirlar aralashmasi olindi. Agar bir efirning hosil bo`lish unumi 75%, boshqasiniki esa 60% ni tashkil qilsa va birinchi efirning massasi keyingi efirning massasidan 5 marta kattaligi ma’lum bo`lsa, spirtlarning formulalarini aniqlang.
A) C4H9OH B) C3H7OH C) C5H11OH D) C6H13OH
5. O`zaro yaqin bo`lgan ikkita karbon kislota gomologlari aralashmasi 37,4 g keladi. Aralashma metanol ishtirokida qizdirildi. Natijada 30,3 g murakkab efirlar aralashmasi hosil bo`ldi. Agar bir efirning hosil bo`lish unumi 70%, ikkinchisiniki esa 50% bo`lsa, dastlabki aralashma tarkibidagi quyi gomologning miqdori yuqori gomologga nisbatan 5 marta ko`pligi ma`lum bo`lsa, dastlabki aralashmadagi moddalarning formulasini aniqlang.
A) HCOOH;CH3COOH B) CH3COOH; CH3CH2COOH
C) CH3CH2COOH;CH3(CH2)2COOH D) HCOOH;CH3CH2COOH
6. Bir – biriga izomer bo`lgan 44,4 g spirtlar aralashmasi sulfat kislota va mo`l miqdor sirka kislota ishtirokida qizdirildi. Reaksiya natijasida 38,28 g murakkab efirlar aralashmasi olindi. Agar birinchi efirning hosil bo`lishi unumi 50% ikkinchisiniki 80% bo`lsa, birinchi spirt massasi ikkinchi spirt massasidan 5 marta kattaligi ma’lum bo`lsa, spirtlarning formulalarini toping.
A) C4H9OH B) C3H7OH C) C5H11OH D) C6H13OH
7. Bir – biriga izomer 61,6 g spirtlar aralashmasi sulfat kislota va mo`l miqdor chumoli kislota ishtirokida qizdirildi. Reaksiya natijasida 52,2 g murakkab efirlar aralashmasi olindi. Agar birinchi efirning hosil bo’lish unumi 75%, ikkinchi efirning hosil bo’lish unumi 50% bo`lsa va birinchi spirt massasi ikkinchi spirt massasining 75% ini tashkil qilsa, spirt formulalarini toping.
A) C4H9OH B) C3H7OH C) C5H11OH D) C6H13OH
8. Bir – biriga izomer bo`lgan 29 g karbon kislotalar aralashmasi sulfat kislota va mo`l miqdor etil spirti bilan qizdirildi. Reaksiya natijasida 25,92 g efirlar aralashmasi olingan. Birinchi karbon kislotaning 80%, ikkinchi kislotaning 60% efirga aylangan va ikkinchi izomer dastlabki aralashmaning 40% tashkil etgan bo`lsa, kislota formulasini toping.
A) C6H12O2 B) C3H6O2 C) C2H4O2 D) C5H10O2
9. Bir – biriga gomolog bo`lgan ikkita spirtning 10,52 g miqdori sulfat kislota ishtirokida propan kislota bilan qizdirildi. Bunda 13,36 g efirlar aralashmasi olingan. Agar birinchi spirtning 80% ikkinchi spirtning 50% efirga aylangan bo`lsa, birinchi spirt dastlabki aralashmaning 43,73% ni tashkil etgan bo`lsa, spirtlarni toping.
A) CH3OH; C4H9OH B) C2H5OH; C3H7OH
C) CH3OH; C2H5OH D) C2H5OH; C4H9OH
10. Bir – biriga izomer bo`lgan 9,6 g bo`lgan spirtlar aralashmasi sulfat kislota ishtirokida chumoli kislota bilan qildirildi. Bunda 9,68 g efirlar aralashmasi olingan bo`lsa, agar birinchi efir hosil bo`lish unumi 70%, ikkinchisiniki esa 66,67% ni tashkil qilsa, spirtlarni toping. (Birinchi spirt aralashmaning 62,5% ni tashkil qiladi).
A) C4H9OH B) C3H7OH C) C5H11OH D) C6H13OH
Do'stlaringiz bilan baham: |