16-§. XIX ASRNING IKKINCHI YARMI - XX ASRNING
BOSHLARIDA TURKISTONDA IJTIMOIY-IQTISODIY
AHVOL
Harbiy qo‘shinlar va qurol-aslahalarni
Krasnovodskdan Qizilarvatga
qadar Kavkazdan O‘rta Osiyoga
tashish uchun temiryo‘l qurildi. So‘ngra
temiryo‘l
qurilishi
Ashxobodgacha
davom
ettirildi.
1888-yili
Samarqandga
dastlabki poyezd keldi,
1899-yilda
esa temiryo‘l
Toshkent
orqali Andijongacha
qurib bitkazildi.
Rossiya harbiy qurolli kuchlarining asosiy bazalari
Kavkazda
joylashgan bo‘lib, u yerdan
Kaspiy dengizi
orqali kemada tez kechib o‘tish
mumkin edi.
Krasnovodskdan
esa temiryo‘l bilan
Samarqand, Toshkent
va
Andijonga
yetib kelish oson bo‘ldi. Endi harbiy qismlarni
Krasnovodskdan Andijongacha
bo‘lgan
3 ming
kilometrdan ziyod
masofaga ko‘chirish muammo bo‘lmay qoldi.
1905-yilda Orenburgdan Toshkentga
qadar temiryo‘l qurib kelindi.
Farg‘ona vodiysida
g‘alla va chorva mahsulotlari chetdan olib kelina
boshlandi.
Farg‘ona, Sirdaryo va Samarqand
viloyatlari paxta yetishtiriladigan
eng muhim markazlar bo‘lgan.
1884-yilda
Turkistonda yangi paxta navi
(Amerika navi)
yetishtirila boshlandi.
1911-yilda Sirdaryo
magistral kanalini bunyod etish ishlari boshlandi
va
1913-yilga
kelib tugallandi. Biroq
Toshkent vohasi, Samarqand
viloyati va Farg‘ona vodiysida
sug‘orish sohasi bo‘yicha ishlarning ko‘pi
Ijaraga berilgan darslik holatini ko‘rsatuvchi jadval
bajarilmay qolib ketdi.
Mustamlakachi hukumat uchun
paxta
o‘lkada
neft
va
oltindan
keyingi
o‘rinda turuvchi yuqori daromadli sohaga aylandi.
17-§. TURKISTONDA MILLIY-OZODLIK HARAKATLARINING
BOSHLANISHI VA UNING SABABLARI
1878-yili
Mingtepada
(hozirgi
Marhamat
tumani)
mustamlakachilarning siyosiy va iqtisodiy zulmiga qarshi
Yetimxon
boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Uni mustamlakachi hukumat kuch bilan
bostirdi.
1879-yilning kuzida
mahalliy aholi
Farg‘ona viloyat
boshqarmasi
binosi oldiga ochiqchasiga norozilik bildirib yig‘ildi. Ular
Marg‘ilon
uyezdida
soliq to‘plash noqonuniy tusga kirganligiga qarshi chiqib,
soliqlarning kamaytirilishini qat’iy talab qildilar.
1880-yilning noyabrida
aholi hamma soliqlarni to‘laganligiga qara-
may, Xo‘jand uyezdining boshlig‘i
Xo‘jand va O‘ratepa tumanlaridagi
aholidan qo‘shimcha yer solig‘i olinishini e’lon qildi. Talonchilik, soliqlar va
jabr-zulm avjiga chiqqanligi sababli
1882-yilning
boshlarida
Namangan
aholisi ma’murlarga qarshi bosh ko‘tarib chiqdi.
1885-yilning yozida
Farg‘ona vodiysida xalq qo‘zgolonlari qaytadan
avj olib,
Andijonda Darvishxon
boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi.
1896-yilda Namangan
uyezdining
Oqsuv-Shahrixon
volostidagi
Naymanchi, Ko‘hna mozor, Langarbob
qishloqlarida aholining
mingboshilar saylovlaridagi noroziligi oshkora qo‘zg‘olonga aylanib ketdi.
1892-yildan
mustamlakachilar oddiy fuqarolarni ma’murlarga
qarshilik ko‘rsatgan taqdirda bevosita harbiy dala sudiga bera boshladilar.
28
18-
Do'stlaringiz bilan baham: |