Sowing the seeds of transformation to achieve the sdgs


Qishloq xo‘jaligi: kelgusi istiqbollar haqidagi o‘ylar



Download 1,2 Mb.
bet10/10
Sana01.04.2021
Hajmi1,2 Mb.
#62398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Qishloq xo‘jaligi: kelgusi istiqbollar haqidagi o‘ylar


Mamlakatimiz uchun qishloq xo‘jaligi sohasi ustuvor vazifalardan biridir. Yetishtirilgan mahsulotlar nafaqat aholimizning ehtiyojlarini ta'minlabgina qolmay, balki chet ellarga ham jo‘natilmoqda. Axir, mamlakat taraqqiyoti tarmoqning samarali rivojlanishiga bevosita bog‘liq. O‘zbekiston Prezidenti 2020-2030-yillarda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning ustuvor vazifalariga to‘xtalib o‘tdi.



Serquyosh o‘lka mahsulotlari

Bozorlarimizda yuqori sifatli mahsulotlar, dastarxonimizda yangi meva-sabzavotlar bo‘lishi yo‘lida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Ko‘p narsa boshqaruvning iqtisodiy vositalari, yangi texnika va texnologiyalar, ilmiy yutuqlarni amaliyotga joriy etishga bog‘liq.

Yig‘ilishda davlat xarid narxlarining qariyb uch barobarga oshishi natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining qiziqishi ortib borayotgani ta’kidlandi. Paxtachilik va g‘allachilik haqiqiy daromad manbaiga aylanmoqda. Va bu allaqachon kelajakka qo‘yilgan qadamdir. Avvalo, bunday o‘sish ko‘rsatkichlari agrar soha vakillari oilalari farovonligiga ta’sir qiladi. Axir, o‘z shartlarini aytadigan bozor sezilarli daromad keltiradi ham.

Shuningdek, bu boradagi rivojlanish haqida gapirsak, yangi texnologiyalarni joriy etish atroflicha o‘rganildi. Jalb qilingan ishchilar soni, vaqt, va albatta, masalaning moliyaviy tomoni ularga bevosita bog‘liq. Jumladan, 76 ta paxta-to‘qimachilik klasterlari tashkil etildi. Bu aholini jumladan, ta’lim muassasalari bitiruvchilari bo‘lgan yoshlarni ish bilan ta'minlash imkonini beradi.

Agrar sohada suvni tejaydigan texnologiyalarga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Obihayot – tabiatning buyuk in’omi, uni isrof qilish o‘nglab bo‘lmas oqibatlarga olib kelishi mumkin. Mamlakatimiz bunga to‘qnash kelgan. Orol dengizi muammosiga nafaqat respublikamizning, balki jahon hamjamiyatining ham e’tibori qaratilgan. Hozirda oqibatlari bilan kurashishga to‘g‘ri kelayotgan bu hayotiy haqiqat suvdan nooqilona foydalanish nimalarga olib kelishi mumkinligiga jonli misoldir.

Yig‘ilishda mamlakatimizda ekin maydonlarini sug‘orishga milliardlab kubometr suv yo‘naltirilayotgani haqidagi dalillar keltirildi. Biroq faqat taxminan 60 foizigina dalalarga yetib boradi. Shu bilan birga Jahon suv resurslari institutining prognozi tezkor choralar ko‘rish zarurligini ko‘rsatmoqda. Jumladan, institut mutaxassislarining fikricha, 2040-yilga kelib, O‘zbekiston dunyoning suv o‘ta taqchil bo‘lgan 33 mamlakati qatoriga kirishi mumkinligi qayd etildi. Kelajakda bu holat ko‘plab sohalarga ta'sir qilishi mumkin. Shu sabab, ushbu resursni saqlab qolish ustuvor ahamiyatga ega. Har yili 200 ming gektar maydonda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish vazifasi qo‘yildi. Ular bu sohada yaratilgan strategiyaning bir qismiga aylanadi.



Namangan viloyatida tajriba

Global ekologik jamg‘armaning kichik grantlar dasturi mamlakatning turli burchaklaridagi vakillarning nafaqat qiziqarli, balki foydali, ijtimoiy ahamiyatga ega tashabbuslarini, shu jumladan, yuqorida aytib o‘tilgan masalalarni ham qo‘llab-quvvatlaydi. Shunday yo‘l bilan ular bioxilma-xillik, iqlim o‘zgarishi, ushbu jarayonga moslashish, shuningdek, yerlarning degradatsiyaga uchrashi kabi asosiy muammolarni hal qilishga yordam beradigan arizalar mualliflarining g‘oyalariga e’tibor qaratishadi.

Amaldagi tashkilotlar orasida Namangan viloyati Uychi tumani fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi tomonidan ariza berilgan. Uning nomidan tomchilatib sug‘orish va tuproqni himoya qiluvchi dehqonchilikni qo‘llash orqali g‘o‘za yetishtirish bo‘yicha loyiha taqdim etildi. Uychi tumanidagi «G‘olib» fermer xo‘jaligida muammoning bir necha tomoni ekologik jihatdan ham, iqtisodiy tomoni ham unutilmagan holda o‘rganiladi.

Ishlab chiquvchilar tomchilatib sug‘orishda paxta yetishtirishning natijalarini an'anaviy usuldan va nol ekish texnologiyasidan foydalangan holda alohida solishtirishni rejalashtirmoqda. Buning uchun hudud mavjud – bu Ikromjon Otavaliyev rahbarlik qilayotgan fermer xo‘jaligining 87,3 gektar yeridir.

– Suv resurslaridan nooqilona foydalanish Namangan viloyatida, Farg‘ona vodiysi va O‘zbekistonning boshqa hududlarida sug‘oriladigan dehqonchilikning barqaror rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan asosiy sabablardan biridir, – deydi ijrochi. – Namangan viloyati, xususan, Uychi tumani aholisi juda mehnatsevar va tumanda ko‘plab fermer xo‘jaliklari mavjud. Ammo tuproq unumdorligining pastligi, suv taqchilligi tufayli g‘o‘za hosildorligi gektariga 15-21 sentnerdan oshmaydi. Biroq tomchilatib sug‘orish tizimidan foydalanganda, gektariga kafolatli ravishda 30 sentner (45 gacha)dan hosil olsa bo‘ladi. Aynan hosilning oshishi fermerlarni tomchilatib sug‘orishga qiziqtirishi mumkin. Bu qanday amalga oshadi? Ekin oddiy tomchilatib sug‘orish jarayonida nafaqat namlikni oladi, balki suvda eritilib qo‘shilgan kerakli o‘g‘itlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘simlik ildizlariga yetkaziladi. Bunda uch barobar kam suv sarf bo‘ladi, 50 foiz - kamroq mineral o‘g‘itlar va qator oralariga ishlov berish uchun gektariga 58-60 litr kamroq yoqilg‘i ishlatiladi.

Ushbu g‘oyani amalga oshirish bir kunlik ish emas: asbob-uskunalar sotib olish, juda katta maydonda o‘rnatish kerak va faqat uchinchi yildagina natijalarni kutish mumkin. Fermer ushbu tajriba jurnalini yuritadi, shuningdek, ushbu amaliyotdan olingan ma’lumotlarni Namangan viloyatidagi hamkasblari bilan o‘rtoqlashishga va’da beradi.

Agar bu iqtisodiy nuqtai nazardan usul chindan ham foydali va jozibadorligini ko‘rsatsa, loyiha natijalari barqarorligiga erishiladi. Shundan so‘ng fermerlar yondashuvni o‘zlarida qo‘llashga kirishishlari va loyiha O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi uchun haqiqatan ham inqilobiy bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi tashabbus muallifi.

Mamlakat bo‘ylab ekomarafonlar

Joriy yil Suv xo‘jaligi vazirligi va Davlat ekologiya qo‘mitasi ko‘magida «UzWaterAwar» loyihasi doirasida Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologiya markazi tomonidan tashkil etilgan Nukus va Qo‘qondagi keng ko‘lamli aksiyalar bilan ham esda qolarli bo‘ldi. Mutaxassislar qator tadbirlarni o‘tkazdilar: seminar-treninglar shaklidagi nazariy qismdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri amaliyotga, ya’ni gidrogel yordamida daraxt ekishga o‘tishdi. Bunda ko‘chatlardan qarag‘ay, pavlovniya, katalpa va siren o‘tqizildi.

Sezilarli samara - sug‘orishda suvning 50 foizga tejalishi. Shuningdek, Nukusda ekomarafon o‘tkazilib, uning doirasida tajribali jurnalistlar uchun suv-ekologik mavzularga oid masalalarga to‘xtalib o‘tildi.

Agronom Alisher Turdimatovning aytishicha, gidrogel daraxtlar va boshqa o‘simliklarning ildiz tizimiga yaqin suv va foydali qo‘shimchalarni so‘rib olish, to‘plash va ushlab turish hamda tuproq yuzasidan namlikning bug‘lanishini kamaytirishga qodir polimerdir. U uch-besh yilgacha o‘z xususiyatlarini yo‘qotmaydi, ekologiya va tuproq holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Tarkibi o‘simliklarni turli zararlanishlardan himoya qiluvchi va o‘sish va rivojlanishga hissa qo‘shuvchi mineral o‘g‘itlar va mikrounsurlardan iborat. Sinov natijalariga ko‘ra, turli ekinlar hosildorligi 20-50 foizga oshgani qayd etildi. Agronom shuningdek, mahsulot zarur sertifikatlashdan o‘tganini ta'kidladi.

– Davlat muassasalari, tashkilotlar va mahalliy hokimiyat organlarining loyihaning Qo‘qon va Nukusdagi ekologik tashabbuslariga e’tiborini, shuningdek, tadbirlarga jalb etilgan nodavlat notijorat tashkilotlari bilan samarali hamkorligini alohida ta’kidlamoqchiman, – deydi O‘zbekistondagi MOMEM filiali direktori Shahnoza Umarova. – Bunday o‘zaro yordam kichik «UzWaterAware» jamoasiga uch kun ichida gidrogeldan foydalangan holda ikki ming tup ko‘chat ekish imkonini berdi, jarayonga shahar obodonlashtirish xizmati mutaxassislari ham jalb etildi. Suv xo‘jaligi va Qishloq xo‘jaligi vazirliklari ko‘magida suvni tejovchi mahorat darslarimizda bir nechta agrar hududlardan fermerlar ham ishtirok etdilar. Fermerlarning jalb etilishidan kelib chiqib aytilsa, gidrogel yordamida suvni tejash imkoniyatlari haqida olingan ma’lumotlar ular uchun haqiqiy qiziqish uyg‘otdi.

Ta'lim maktablari o‘qituvchilari ham qator tadbirlarda ishtirok etishdi. Masalan, kundalik hayotda va qishloq xo‘jaligida suvdan oqilona foydalanishning ahamiyati Qo‘qondagi 3-maktabidagi ekodarslarda muhokama qilindi. Tashkilotchilar iltimosiga ko‘ra, «UzWaterAware» loyihasining mahorat darslariga Qo‘qondagi maktablardan 40 nafar tabiatshunoslik, biologiya va kimyo fanlari o‘qituvchilarini taklif etildi. Ishtirokchilar olingan ma’lumotlarni ochiq darslarda, hamkasblariga, shuningdek, maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalari o‘rtasida tarqatishga va’da berishdi.



Suvni tejashni ilova aytadi

Mahalliy ekspertlar mutaxassislar va mavzuga qiziqqan barcha uchun mo‘ljallangan tabiiy resurslarni saqlash sohasidagi noyob mahsulotni ishlab chiqdilar. Suv xo‘jaligi vazirligi va xorijiy homiylar ko‘magida «TOMChI» mobil-ilovasi tashkil etildi. Uning foydalanuvchilari esa fermerlar, suv xo‘jaligi tashkilotlari va boshqa ushbu obihayot iste'molchilari xodimlari, shuningdek, suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi va o‘rnatuvchi tadbirkorlardir. Bundan tashqari, irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi sohasida ishlaydigan mutaxassislar, oliy o‘quv muassasalari talabalari va professor-o‘qituvchilar o‘zlari uchun foydali ma'lumotlarni topishlari mumkin.

O‘tgan yili taqdim etilgan ilova suvni tejaydigan sug‘orish usullari haqidagi ma’lumotlarga tezkor kirish imkonini beradi, ularning afzalliklarini tushuntiradi va bunday texnologiyalarni joriy etishning taxminiy narxlarini hisoblash imkonini beradi. Bundan tashqari, u ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilarni bog‘lash uchun yagona platforma bo‘lib xizmat qiladi va foydalanuvchilar bilan hamkorlikni osonlashtiradi.

Kadrlar kim?

Birgina joriy yilning o‘zida suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari 25 ming gektar paxta maydonlarida joriy etildi. Shuningdek, yig‘ilishda Prezidentimiz rahbarligida 1,1 million gektar degradatsiyaga uchragan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlangani ta’kidlandi. Ko‘lam hayratlanarli,albatta, ammo qishloq xo‘jaligiga jalb qilingan hududlar bundan ham ko‘proq, ya’ni bu ishlar hali yakuniga yetgani yo‘q, degani. Bunday agrar joylarni hisobga olish «raqam»ga o‘tadi va bu uzoq kuttirmaydi. «ergeodezkadastr» davlat qo‘mitasiga 2021-yil oxiriga qadar mamlakatning barcha hududlarida yerlarni inventarizatsiya qilish ishlarini yakunlash va uning hisobini yuritish uchun yagona elektron baza yaratish topshirildi.

Prezidentimiz faqat bir kun bilan yashamaslik kerak, kelajak haqida o‘ylash lozim, deya to‘g‘ri ta’kidlagandi. Shuning uchun 2020-2030-yillarda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasini joriy etish bo‘yicha tashabbusning qo‘llab-quvvatlanishi ham shundan. Davlatimiz rahbari eksport salohiyatini ochish va rivojlantirish zarurligini ta'kidlab, mamlakatimiz mahsulotlari tashqi bozorda raqobatga bardosh bera olmayotganini, chunki standartlarga mos kelmasligini ta’kidladi. Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimini Yevropa Ittifoqi, Sharqiy Osiyo mamlakatlari va arab dunyosi standartlari asosida joriy etish yuklatildi.

Shuningdek, mineral o‘g‘itlar yetkazib berish sohasidagi xizmatlar turlarini kengaytirishning, texnika va raqamli texnologiyalar hamda kosmik zondlashning zarur chora-tadbirlar ko‘lami belgilab olindi. Ikkinchisi yerlarning haqiqiy holatini baholash imkonini beradi, busiz yerlarni o‘zlashtirish borasidagi har qanday rejalarni tuzish qiyin. Bularning barchasi hosildorlikni oshirish, mamlakatimiz agrar sohasini rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.

Bu sohada har qachongidan ham ko‘proq kadrlar kerak bo‘ladi. Ular ko‘p narsani hal qiladi, degan gap qanchalik balandparvoz bo‘lmasin, baribir ta’lim jarayoniga e'tibor sohaning kelajagini belgilaydi. Ilg‘or ta’lim usullarini qo‘llash, xalqaro tajribalarni joriy etish, ularni milliy tajriba bilan uyg‘unlashtirish, nazariya va amaliyot o‘rtasidagi jips aloqa yangicha havo olib kiradi, buning bari oxir-oqibat o‘z sohasining professionallarini tayyorlashga xizmat qiladi.

Masalan, rasmiy veb-saytida keltirilishicha, Toshkent davlat agrar universitetining Nukus, Termiz va Andijonda uchta filiali, bitta litseyi, to‘rtta markazi, oltita fakulteti va 30 ta kafedrasi mavjud. 500 dan ko‘proq prefessor-o‘qituvchilardan 46 nafari fan doktori, professor, 207 nafari fan nomzodlari, dotsentlardir. Prezidentimizning 2019-yil 19-avgustdagi «Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq zamonaviy kredit tizimini joriy etish, shuningdek, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning o‘zaro jips integratsiyasi, davlat-xususiy sheriklik asosida korxonalar tashkil etish, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qibray akademik litseyi va qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejlari bazasida oliy ta’lim muassasasi, iqtidorli talabalar uchun alohida ta’lim dasturlarini ishlab chiqish belgilangan.

– Mustaqillik yillarida universitetimizda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirishga katta e’tibor qaratilmoqda, – deydi ToshDAU rektori, akademik Botirjon Sulaymonov. – Xorijiy universitetlar bilan 50 ga yaqin shartnoma va memorandumlar imzolandi, 150 dan ortiq talaba Germaniya fermerlari uyushmasiga tashrif buyurdi va 300 dan ortig‘i Rossiya Federatsiyasidagi Janubiy Ural davlat agrar universitetida stajirovka o‘tadi. Hamkorlik to‘g‘risidagi imzolangan bitimlarga muvofiq dunyoning turli mamlakatlaridagi xalqaro o‘quv loyihalari va seminarlarida 200 dan ortiq professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar. Universitet talabalari xalqaro va respublika tanlovlarida faol qatnashmoqda, ayrimlari xalqaro o‘quv kurslari va seminarlari ishtirokchisiga aylanishdi.

Har birimiz bugun erishgan yutuqlarimizning asosi nima, degan savolga ikkilanmasdan, bu xalqimizning fidokorona mehnati, kelajakka bo‘lgan ishonchi, javobini beradi, deb hisoblaydi OTM rahbari. Shubhasiz, bularning barchasi mavjud, salohiyatni oshirish esa Prezidentimiz soha rivojiga aniq maqsadlar qo‘ygan minglab mutaxassislarning vazifasidir.



Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlardan foydalaniladi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, OneSoil, Boston Consulting Group kompaniyalari bilan hamkorlikda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligida sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlardan foydalanishga doir bitim imzolandi. Bu haqda Spot’ga Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.



Mazkur bitim “Aqlli qishloq xo‘jaligi” Konsepsiyasi doirasida qishloq xo‘jaligiga raqamli texnologiyalarni faol tatbiq etish, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash orqali O‘zbekistondagi yer maydonlari va ekinlarini obyektiv xaritalashga doir ishlarni amalga oshirishni nazarda tutadi.

Loyiha mamlakatimizdagi bitta viloyat misolida pilot tarzda amalga oshirilib, bu borada dalalardagi ekinlarni multispektral diapazondagi yo‘ldosh suratlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.



Joriy yilning avgust oyida qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish va ekinlarning o‘sishi sharoitlari bo‘yicha ma’lumotni aniqlash, yechimlarini ishlab chiqish bo‘yicha investitsiya portfelini yaratishga qaratilgan seminarlar o‘tkaziladi.

Prezident Belarusga qilgan tashrifi doirasida “Belarus” yuqori texnologiyalar parki faoliyati bilan tanishdi. Mazkur texnopark rezidentlari imkoniyatlarining O‘zbekistonda taqdimotini tashkil etish taklifini ilgari surdi. Texnologik hamkorlikni mustahkamlash, kadrlar tayyorlash va tajriba almashish bo‘yicha aloqalarni kengaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish