1 – rasm. Sovun mitsellasi tuzilishini sxemasi Sovun eritmalarida ionli va plastinkasimon mitsellalar kislotalar anioni konsentratsiyasiga bog‘liq holda muvozanat holatda joylashadi.
Sovun malekulasi sovun ionii
Plastinkasimon mitsella ionli mitsella
Sovun eritmasining konsentratsiyasiga, sovunning tabiatiga, va haroratga qarab muvozanat u yoki bu yo‘nalishga harakatlanishi mumkin.
Missella hosil qilishni kritik konsentratsiyasi (MKK).Sovunli eritma konsentratsiyasini o‘zgarishiga qarab, ikki turdagi mitsellani hosil bo‘lishi bu eritmani xossalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Sovun eritmasining mitsella hosil bo‘lishi kuzatiladigan konsentratsiyasi MKK deyiladi.
MKK-sovunning tabiatiga, haroratiga eritmaning va elektrolitni mavjudligiga bog‘liq. Harorat ko‘tarilishi bilan eritmaning MKKsi ortadi. Sovun eritmasiga spirt qo‘shilishi MKK ni oshiradi, bu sovunni spirtda yaxshi erishi bilan bog‘liq. MKK-katta amaliy ahamiyatga ega. Yuvuvchi moddalar eritmasining konsentratsiyasi MKK ga teng yoki undan yuqori bo‘ladi. Sovunli eritmalarni konsentratsiyasi MKK dan past bo‘lganda, ular yuvish qobilyatiga ega emas.
Erituvchanlik qobiliyati (solyubilizatsiya). Sovunlarning konsentrlangan eritmalari suvda erimaydigan organik moddalar (yog‘ va moylar, alifatik va aromatik uglevodorodlar)ni kalloidli eritish xususiyatiga ega.
Solyubilizatsiyada organik moddalar sovun molekulalarini gidrofob qismini orasiga joylashadi. Sovun eritmasining konsentratsiyasi va temperaturasini ko‘tarilishi erituvchanlik xususiyatini oshiradi. Sovun erimasidagi erkin yog‘ kislotalari solyubilizatsiyani yaxshilaydi. Solyubilizatsiyada plastinkasimon mitsellalarning joylashishini o‘zgarishi 2- rasmda ko‘rsatilgan.
2-rasm. Natriy oleat mitsellasida benzolni erishining sxemasi Sirt faollik. Sovunning suvdagi eritmasi sirt faoldir, ya’ni sirt taranglikni pasaytiradi (fazalar orasidagi tutash yuzani ozod energiyasini kamaytiradi). Suvli eritmalardagi sovun molekulalari ikki faza (xavo-suv, suv-suyuqlik, suv-qattiq jism) ni tutash yuzalariga adsorbsiyalanib mono molekulyar qavat hosil qiladi. Natijada taranglik kamayadi. Uglevodorodlarning sirt tarangligi suvnikiga qaraganda anchagina harorat ko‘tarilishi bilan sovunli eritmani sirt tarangligi kamayadi.
Sirt taranglik: suv 200C da – 73 erg/sm2 kerosin 200C da – 24 erg/sm2 spirt 200C da – 22 erg/sm2 simob 200C da – 472 erg/sm2 suv 800C da 62 erg/sm2 Sirt tarangligi past bo‘lganligi uchun har xil moddalarni sovunli eritmasi oson xo‘llaydi . Shu jumladan oleofil moddalarni ham.