Sovet ittifoqi davrida o‘zbekiston ssrda arxiv ishi (1925-1945)


Ikkinchi jahon urushi (1941-1945) yillarida O‘zbekistonda arxiv ishi



Download 60,22 Kb.
bet2/3
Sana25.03.2022
Hajmi60,22 Kb.
#508646
1   2   3
Bog'liq
1925-1945 ARXIV ISHI (1)

2. Ikkinchi jahon urushi (1941-1945) yillarida O‘zbekistonda arxiv ishi. 1941 yili yozidan boshlab SSSR qatorida O‘zbekiston ham ikkinchi jahon urushi girdobiga tortildi. Urush tufayli O‘zbekistonga frontga Yaqin hududlardan zavod-fabrikalar bilan bir qatorda oliy o‘quv yurtlari ham evakuatsiya qilindi. Ikkinchi jahon urushi munosabati bilan Toshkentga juda ko‘p olimlar, sharqshunoslar, tarixchi, tilshunoslar va boshqalar kelishdi. Natijada Sovet Ittifoqi va O‘zbekiston olimlari o‘rtasida juda Yaxshi ilmiy aloqa o‘rnatildi. 1940 yil Yanvar oyida sobiq SSSR Fanlar AkademiYasining O‘zbekistondagi filiali ochildi. Uning tarkibida Tilshunoslik instituti, Adabiyot, tarix va ijtimoiy yo‘nalishlarni yorituvchi sohalar shu jumladan, arxivshunoslik sohasi ham yo‘lga qo‘yildi.
Ikkinchi jahon urushi yillari O‘zbekistonda arxiv ishi tarixida eng og‘ir davrlardan biri bo‘ldi. Adolatsiz urushning boshlanishi respublikamiz mehnatkashlarining dushmanga nafratini va Vatanga mehrini, vatanparvarligini kuchaytirdi. Bir necha arxivchilar ixtiyoriy ravishda frontga jo‘nab ketdilar. Arxiv tashkilotlari xodimlari dushmanni tezda tor-mor etishga, g‘alabaga erishishga qaratilgan ijtimoiy tadbirlarda faol ishtirok etdilar. Toshkent shahar arxiv tashkilotlari jamoalari mudofaa jamg‘armasiga har oy o‘z maoshlarining 2 foizini o‘tkazib turdilar. Arxivchilar evakuatsiYa qilingan gospital, bolalar uylarini otaliqqa oldilar. Ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatib bordilar. Bayramlarda sovg‘alar tashkil qilib, jangchilarga jo‘natib turdilar.
1941 yilda arxiv idoralarida 98 ta tashkilotning arxivlari tartibga keltirildi. Shu yili O‘zSSR Markaziy Arxiv va Markaziy harbiy davlat arxivi 35 ming saqlov birligidagi hujjatlarni qabul qildi. 1942 yilda yuqorida tilga olingan arxiv va Toshkent viloyati davlat arxivlari tomonidan 65 mingga Yaqin saqlov birligidagi hujjatlar qabul qilindi. O‘sha yillardagi arxiv sohasida olib borilgan ishlarning umumiy ma’lumoti quyidagicha edi. YA’ni, 1940 yil respublika arxivlarida 1.263.786, 1942 yilda esa 1.710.177 saqlov birligiga oshgan, boshqacha qilib aytganda ikki yilda arxiv saqlanmalari 0,5 mlnga Yaqin hujjatlar bilan to‘ldirilgan. Lekin keyingi yillarda hujjatlarni davlat arxiviga qabul qilish kamaydi. Arxivlarda hujjatlarni qabul qilish va saqlashga joy etishmas edi. 1944-1945 yillarda davlat arxivlariga bor-yo‘g‘i 48 ming saqlov birligi qabul qilindi.
1942 yil noyabrda Toshkent shahrida O‘rta Osiyo va Qozog‘iston respublikalari arxiv xodimlarining kengashi bo‘lib o‘tdi. Qabul qilingan qarorda bu respublikalar arxiv idoralarining hujjatlarni ehtiyot qilishni ta’minlash, tartibga solish va ulardan urush manfaatlari yo‘lida foydalanishda katta yutuqlarga erishgani etirof etildi. Shu bilan birga O‘zbekiston SSR arxiv idoralari ishida ayrim kamchiliklar mavjudligi ko‘rsatib o‘tildi. Shuningdek tuman davlat arxivlari inqirozga uchraganligi, zaiflashganligi, markaziy arxivlarda ishchilarning, arxivchilarning etishmasligi, O‘zSSRda kino-foto-fonohujjatlar davlat arxivi tashkil etilmaganligi ko‘rsatib o‘tildi. Kengash arxiv hujjatlarini ehtiyot qilish choralarini ko‘rish, ilmiy va tashviqot maqsadlariga hujjatlardan keng foydalanishni tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.
1941 yili O‘zSSR tarkibida Andijon, Namangan, Surxandaryo va keyinroq, 1943 yili Qashqadaryo viloyatlari tashkil etilishi munosabati bilan viloyat IIXK boshqarmasida Arxiv bo‘linmalari va viloyat davlat arxivlari tashkil qilindi.
Urush davrining qiyinchiliklariga qaramay, respublika hukmati arxiv ishini Yaxshilash sohasida ancha ishlarni amalga oshirdi. O‘zbekiston SSR XKSning 1943 yil 18 fevral qarori bilan O‘zSSR kino-foto-fonohujjatlar Markaziy arxivi tashkil qilindi.
Yangi tashkil qilingan kino-foto-fonohujjatlar Markaziy davlat arxivi 1944-1945 yillarda 15 mingdan ortiq fotohujjatlar qabul qildi.
Urush sharoitida davlat arxivlari tartibga solinmagan arxivlarni, asosan frontga jo‘natilgan harbiy qismlar arxivlarini qabul qilishga majbur bo‘ldilar. Davlat arxivlarining asosiy vazifalaridan biri tartibga solinmagan arxiv jamg‘armalarini tartibga solish edi. Respublika davlat arxivlarida 1941 yili 100 ming, 1944-1945 yillarda esa 136 ming saqlov birligidagi hujjat tartibga solindi.
Arxiv hujjatlaridan foydalanish sohasida ham bir qator ishlar qilindi. Xalq xo‘jaligi maqsadida foydalanish uchun ko‘p hujjatlar topilib, tegishli tashkilotlarga yuborildi. Bu hujjatlardan foydalanish tashkilotlarga ancha iqtisodiy samara keltirdi. Arxiv tashkilotlari “Frontga xatlar” va boshqa bir necha hujjatlar to‘plamlarini tayyorlashga kirishdilar. Arxivchilar tomonidan arxiv hujjatlari asosida yozilgan maqolalar gazeta va jurnallarda e’lon qilinib turildi. Masalan, 1944-1945 yillari 21 ta maqola, 9 ta radioeshittirish, 4 ta ko‘rgazma tashkil etildi va ko‘plab ma’ruzalar o‘qildi. Arxiv o‘qish xonalarida bir necha yuzlab tadqiqotchilar ilmish ishlari uchun arxiv hujjatlaridan foydalandilar.
Shunday qilib, arxivchilar urush davrida ham faol mehnat qilishdi. Arxiv hujjatlarini ehtiyot qilib saqlash, hujjatlarni qabul qilish, tartibga solish, ulardan foydalanishni tashkil etish sohasida samarali ish olib borildi.



Download 60,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish