Fan nomi: “Psixologiya”
Mavzu: Sotsiometrika
Bajardi: O’rinova Aziza
Guruh: BTS-111
Toshkent-2022
Sotsiometriya (lot. societas — jamiyat va ... metriya) — ijtimoiy psixologiya sohasi. Ijtimoiy turmushdagi kichik guruh (i. ch., jamoa, oila) aʼzolari oʻrtasidagi bevosita emotsional munosabatlarni oʻrganish va ularning darajalarini oʻlchashda qoʻllaniladi.
Psixologiya — inson faoliyati va hayvonlar xatti-harakati jarayonida voqelikning psixik aks etishi, ruhiy jarayonlar, holatlar, hodisalar, hislatlar toʻgʻri-sidagi fan. Psixologiyaning tadqiqot predmetiga sezgilar va idrok obrazlari, tafakkur va hissiyot, faoliyat va muomala kabi psixologik jarayonlar, kategoriyalar kiradi. Psixologiyaning asosiy vazifalari — psixika qonuniyatlarini, inson ruhiy holatlari shakllanishini filogenetik va ontogenetik taraqqiyot birligida ochishdan iboratdir. Mazkur vazifalar yechimini topishda Psixologiya bir tomondan, biologiya fani sohalari bilan, jumladan, fiziologiya bilan, boshqa tomondan esa, sotsiologiya, pedagogika, madaniyat tarixi, mantik hamda ijtimoiy fanlar bilan jips aloqaga kirishadi. Psixologiya eng avvalo, psixikaning insonga xos shakli boʻlmish ong va oʻzini oʻzi anglashni tadqiq etadi.
Psixika (yunoncha: psychikos — ruhiy), ruhiyat — yuksak darajada tashkil topgan materiya (miya)ning voqelikni alohida shaklda aks ettirishdan iborat xususiyati. Asosan, sezgi, tasavvur, tafakkur, irodaviy xatti-harakat va boshqa subʼyektiv obrazlarda aks etadi.
Emotsiya (frans. lot. — larzaga keltiraman, hayajonlantiraman) — odam va hayvonlarning tashqi va ichki qoʻzgʻatuvchilar taʼsiriga nisbatan subʼyektiv reaksiyalari.
Refleks (lot. refl exus — orqaga qaytgan, shuʼla) (tasviriy sanʼatda) — rangtasvir (baʼzan grafika)da biror narsadan qaytgan rang va nur shulasi; narsalarga uni oʻrab turgan obʼyektlar (qoʻshni narsalar, osmon va h.k.)dan qaytayotgan nurning aksi tushishidan hosil boʻladi. "Refleks" terminini ham naturaning oʻziga; ham uning tasviriga birday qoʻllash mumkin. Refleksning aniq va nozik ifodalash bilan hajmni, ranglar boyligini va tasvirlanayotgan naturaning tuslarini ularning oʻzaro murakkab munosabatlarida yaratishga erishiladi.
Sotsiologiya (lot. socius - jamiyat, yun. λόγος - bilim, taʼlim, tushuncha) — bir butun tizim hisoblangan jamiyat haqidagi va ayrim ijtimoiy tartibotlar, jarayonlar, ijtimoiy guruhlar, shaxs va jamiyat munosabatlari toʻgʻrisidagi fan. Sotsiologiya ilmiy uslublar yordamida hosil qilingan empirik (tajribaga asoslangan) maʼlumotlarga tayanib umumlashma xulosalar chiqara oladi. Shu tufayli jamiyatning rivojlanish modellarini ilmiy asoslab beradi.
Psixoterapiya (psixo... va terapiya) — ruxiy kasal bemorlarni davolash maqsadida soʻz, xushmuomala bilan hamda qulay sharoit yaratish orqali ular ongiga psixik taʼsir etish.
Psixoanaliz {psixo... va analiz) — psixoterapiya metodi va Freyd tomonidan rivojlantirilgan psixologik taʼlimot. Ongsiz psixik jarayonlar va motivatsiyani diqqat markaziga qoʻyadi. Inson xulqi asosini lazzat olish (libido)ga nisbatan, ayniqsa, ilk bolalikda paydo boʻlgan seksual (jin-siy) mayl tashkil qiladi degan gʻoyani ilgari surib, odam xulqidagi ijtimoiylik, onglilikni inkor etadi.
Psixopatiya (psixo ... va yun. pathos — azob, dard, kasallik), patologik harakter — shaxsning konstitutsional va genetik sabablarga alokador norasoligi. Irsiy, tugʻma va qayotda orttirilgan boʻladi.
Sotsiometrik matritsa-Natijalarga qarab, guruh a’zolarining qaysi biri eng ko’p tanlanganligini bilish
mumkin. Eng ko’p tanlash olgan – lider hisoblanadi.
Sotsiometrik tadqiqotdan olingan natijalar (matritsa va sotsiogramma
shaklidagi) sotsiometrik indekslar bilan to’ldiriladi. Bu indekslar guruhni miqdor
jihatidan harakterlab beradi. SHulardan biri – guruhiy jipslik indeksi.
Imkoniyat va voqelik - narsa va hodisalar rivojining asosiy bosqichlarini ifodalovchi falsafiy tushunchalar. Voqelik hozir real mavjud boʻlib turgan narsa, hodisalardir. Lekin bu narsa va hodisalar rivojlanish jarayonida birdaniga hozirgi holatida boʻlmay imkoniyat tarzida paydo boʻlgan, ular oʻzining muayyan kelib chiqish davriga, tarixiga ega. Voqelik paydo boʻlishdan oldin imkoniyat tarzida mavjud boʻladi.
Imkoniyat voqelikning kurtak xrlidagi koʻrinishi, hali yuzaga chiqmagan voqelikdir. Imkoniyat voqelikni keltirib chiqaruvchi, rivojlanishning obʼyektiv va subʼyektiv shartsharoitlaridan iboratdir. Imkoniyat hali amalga oshmagan, lekin yuzaga chiqishi mumkin boʻlgan, voqelikka aylana oladigan hodisadir. Imkoniyatning voqelikka aylanishi rivojlanish jarayonini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |