Sotsiologiyaning asosiy kategoriyalari


Xulosa……………………………………………………



Download 44,36 Kb.
bet2/11
Sana15.05.2021
Hajmi44,36 Kb.
#64800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Boytemirova Husnigul kurs ishi

Xulosa……………………………………………………...

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. ……………………..

Kirish

Hozirgi kunda ijtimoiy fanlar qatorida, xususan, “Sotsiologiya” fani oldida shakllanib kelayotgan yangi ijtimoiy munosabatlar va ularning xususiyatlari, bozor munosabatlariga o’tish jarayoni hamda uning kelgusidagi ijtimoiy oqibatlarini, mehnat munosabatlarining yangi sharoitdagi o’ziga xos jihatlarini o’rganish masalasi ko’ndalang bo’lib turibdi. Sotsiologiya va uning maxsus nazariyasi- mehnat Sotsiologiyasi doirasida bu muammolarning ham nazariy, ham amaliy tomonlari o’zaro dealektik bog’liq holda olib qaralishi lozim. Mehnat faoliyati bilan bog’liq bo’lgan jamiyat hayotining barcha jihatlari, jarayonlari konkret sosiologik tadqiqot asosida o’rganiladi.

O’zbekiston davlati iqtisodiy asoslarini, ularning tarkibiy funksional qatlamini mehnat Sotsiologiyasi doirasida o’rganish muammosi hozirgi kunning eng muhim masalalaridan biridir. Chunki, hozirda mehnatning mazmuni, xarakteri va unga bo’lgan munosabat o’zgarmoqda. Boshlanayotgan yangi ijtimoiy-iqtisodiy davr talablaridan biri “Ishlab chiqaruvchilarning ham, iste’molchilarning ham ruhiyatini o’zgartirishi lozim” bo’lgan vazifa turadi. Iqtisodiy Sotsiologiyaning vazifasi uning predmeti bilan bog’liq bo’lgan kishilarning ijtimoiy hayot qonuniyatlari, mehnatning ijtimoiy muammolari, mehnat faoliyati jarayonlarini o’rganishdan iborat. Sotsiologiya ning bu maxsus nazariyasi mehnat sohasidagi tadqiqotlarning xususiy prinsiplari, kategoriyalari va usullaridan foydalanadi. Mehnat Sotsiologiyasining tarkib topishi va rivojlanishi g’arb Sotsiologiyasi bilan marksistik Sotsiologiyada deyarli bir davrda


  • XX asrning 20-yillaridan boshlandi. AQShda mehnat Sotsiologiyasi F.Teylor, E.Meyo, K.Levin, Dj.Moreno, F.Xersberglarning sosiologik konsepsiyalari asosida shakllanib, o’zining yuksak ilmiy darajasiga erishdi.

Iqtisodiy Sotsiologiya fanining rivojlanishida S.Sismondi, U.Petti, A.Smit, D.Rikardo kabilar tarmoq xususiyatlaridan qat’i nazar, ishlab chiqarish, shuningdek ne’matlarning taqsimlanish masalalarini o’zlarining asosiy tadqiqot obyektlari qilib olishgan edi. Bu iqtisodchilar ko’plab iqtisodiy jarayonlarning ilmiy ifodasi bo’lgan tushunchalarni va kategoriyalar sistemasini ishlab chiqishdi

va ularni asoslab berishdi

Iqtisodchilardan A.Smit, Uilyam Petti, D.Rikardolar tomonidan boshlangan qiymat nazariyasini yorqin va tushunarli qilib xulosaladi. U ishlab chiqarish jarayonida iste’molda bo’lgan ishlab chiqarish vositalarining qiy-mati, ishchi o’zining iste’moli uchun ketadigan zaruriy mahsulot qiymatidan tashqari qo’shimcha mehnat qilib, qo’shimcha mehnat yarata olishini ko’rsatib berdi, qo’shimcha mahsulot hisobidan jamg’arish, tibbiyot, maorif, madaniyatni rivojlantirish, davlatni boshqarishni, mudofaani mustahkamlash va ularni mablag’lar bilan ta’minlash mumkinligini isbotlab berdi.

Qo’shimcha mahsulot faqat ekspluatasiyaning mavjudligini isbotlaydigan ko’rsatkich emas. Shu barcha taraqqiyotning iqtisodiy mezoni, uning manbai ekanligi isbotlandi.

XIX asrning ikkinchi yarmidan “marjinalizm” (fransuzcha mar-ge «yozilgan sahifada qoldirilgan ochiq joy (pole)» ma’nosini bil-diradi) deb atalgan oqim vujudga kelib, shakllana boshladi. Bu oqim tarafdorlari o’z tadqiqotlarida individual iqtisodiy xulq-ning subyektiv ta’rifini asos qilib oldilar. Bundan tashqari, iqtisodiy tahlilda og’irlik nuqtasi ishlab chiqarish xarajatlari va sarflaridan natijalarga o’tkaziladi. Marjinalizm nazariyasi aniq olingan tovarga bo’lgan talab va uning bahosi o’rtasidagi bog’liqlik hamda o’zaro ta’sirni tahlil qilishda keng qo’llanildi. Ular tomo-nidan chegaraviy fanga chegaraviylik qoidasi kiritildiki, bu matematik tahlil usullaridan keng foydalanish imkonini yaratdi. Ushbu yo’nalishda iqtisodiy fanda bir qator maktablar shakllandi, ularning bir qismi hozirda e’tirof etilib, tan olingan. Jumladan, avstriya maktabi namoyondalari K.Menger, E.Bem-Bevorklar ne’matlarning chegaraviy

foydaliligi nazariyasi bilan taniqlidir. Unga muvofiq ne’matlarning qiymati uning chegaralanganligi va noyobligi bilan aniqlanadi1 .

Iqtisodiy Sotsiologiyaning yangi yo’nalishi neoklassik (ya’ni yangi klassik) deb nom oldi. Bu nazariyaning yirik namoyandalaridan biri A.Marshall bo’lib, iqtisodiy jarayonlarning funksional bog’-lanishi va funksional nisbatlarini ishlab chiqishga harakat qildi. Uning fikricha, bozor muvozanati va bahosini aniqlovchi omillar talab va taklifdan iborat. Bu nazariy yo’nalishning namoyonda-laridan biri Shveysariya iqtisodchisi Leon Valras bo’lib, u umumiy iqtisodiy muvozanat modelini ishlab chiqishga harakat qildi.

Avstriya iqtisodiy maktabining namoyandasi S.Shumpeter «Iq-tisodiy taraqqiyot nazariyasi» (1912) deb atalgan kitobida iqtiso-diy tizimlar o’zgarishining ichki kuchlarini, uning ichki mazmunini va turtki beruvchi ichki kuchini ko’rsatishga harakat qilib, iqtisodni asosiy harakatga keltiruvchi kuch tadbirkordir, degan xulosaga keladi.

Ingliz iqtisodchisi Djon Keyns o’zining «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936) degan kitobida makroiqtisodiy ko’rsatkichlar – daromad (kapital xarajatlar), iste’mol va jamg’a-rishlarning o’zaro bog’liqligini tahlil qilib, investisiya va iste’-molning eng maqsadga muvofiq tarzda tashkil topishi iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili ekanligini isbotlab beradi. Keyns ta’siri bilan iqtisodiyotda makroiqtisodiy tahlil yo’lga qo’yildi.

Hozirgi iqtisodiy nazariyaning muhim yo’nalishlaridan biri “monetarizm” deb ataladi. Uning asoschilaridan biri amerikalik iqtisodchi Milton Fridmen tadqiqotining negizida iqtisodiyotni barqaror qilishda pul omili asosiy rol o’ynaydi, degan g’oya yotadi.

Amerikalik olim Vasiliy Leontyev «xarajat-natija», deb atalmish iqtisodiy nazariyaning asoschisidir.

Hozirgi paytda marjinalizm, monetarizm, keynschilik va boshqa qator yo’nalishdagi iqtisodiy ta’limotlar majmui «Ekonomiks» («Iqtisod») nomli

kitobda mujassamlashgan bo’lib, u AQSh, Angliya va boshqa qator mamlakatlarda darslik hisoblanadi. Rus tiliga tarjima qilingan va bizga ma’lum bo’lgan P.Samuelson, Makkonnell va Bryular kabi iqtisodchilarning asarlari uning namunalaridir. Shunday qilib, Iqtisodiy Sotsiologiya fani avvalda politicheskaya ekonomiya (siyosiy iqtisod), keyin esa ekonomiks nomi bilan yuri-tila boshlandi.

Hozirgi paytda bu fan yurtimizda va boshqa qator mamlakat-larda Iqtisodiy Sotsiologiya deb atala boshladi.

Iqtisodiy Sotsiologiya fan sifatida shakllangungacha bosib o’tilgan yo’llar, vujudga kelgan g’oyalar, oqimlar juda murakkab, bir-biriga zid va qarama- qarshidir. Shunday bo’lsa-da, ular bir-birini to’ldirib, iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning ichki ziddiyat-larini, qonunlarini ma’lum darajada ifodalab keldi. Shuning uchun ularni bilish va Vatanimiz iqtisodiy ravnaqi yo’lida ulardan foydalanish zarurdir.

Iqtisodiy Sotsiologiya fani nimani o’rganadi, degan savolga to’g’ri javob berish uchun, avvalo, iqtisod, iqtisodiyot tushunchalari-ni va Iqtisodiy Sotsiologiya fanining mazmunini, uning maqsad va vazifalarini bilish lozimdir1 . Insonlar faoliyati ichida eng muhimi va asosiysi iqtisodiy faoliyatdir. Bir-

biri bilan chambarchas bog’liklikda amal qiladigan iqtisodiy faoliyatlarning barchasi yaxlit qilinib bir so’z bilan iqtisod deb, ataladi.

Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo’jaligi tarzida bo’lganligi uchun iqtisod degan tushuncha paydo bo’lgan edi (uning kelib chiqishi haqida yuqorida ma’lumot berilgan edi). Lekin hozirgi davrda iqtisod faqat uy yoki individual xo’jalikdan iborat emas, balki yirik jamoa, hissadorlik, davlat xo’jaliklari, moliya va bank sistemalari xo’jaliklararo, davlatlararo qo’shma kor-xonalar, davlatlar o’rtasidagi turli iqtisodiy aloqalardan tashkil topgan bo’lib, juda murakkab soha hisoblanadi. Buning ustiga, hamma resurslar, ya’ni mablag’lar, tabiiy boyliklar, malakali ishchi kuchlari cheklangan.

Shu cheklangan resurslardan oqilona foydalanib, aholining to’xtovsiz o’sib boruvchi talabini qondirish, shu yo’lda eng kam resurs sarflab, ko’proq natijaga erishish, resurslar va mahsu-lotlarni to’g’ri taqsimlash yo’llarini topish ham iqtisodiyot naza-riyasi fanining mazmunini tashkil etadi. Hamma fanlar kabi iqtisodiy Sotsiologiya fani ham, eng avvalo, bilish vazifasini bajaradi. U jamiyat iqtisodiy hayotining jarayonlari va hodisalarini o’rganish va ularni tushuntirib berishga da’vat etadi. Bu fan funda-mental bo’lib, iqtisodiy hayotning ayni mohiyatiga kirib borishi, iqtisodiy jarayonlarni boshqaruvchi qonunlarni kashf etishi va bu qonunlardan foydalanish yo’llarini ko’rsatib berishi lozim. Iqti-sodiyot nazariyasi bilishning nazariy va amaliy vazifalari bir-biri bilan uzviy aloqador ekanligini ham ifodalaydi. Zero, iqti-sodiyot nazariyasi fani raqam va dalillarni faqat yig’ib, yuzaki kel-tirib o’tish bilan chegaralanib qolmay, ularni nazariy va ilmiy ji-hatdan chuqur tahlildan o’tkazib, jamiyatning rivojlanish qonun-larini kashf etadi va ularni hayotga tatbiq qiladi.

Iqtisodiy Sotsiologiya fanining yana bir vazifasi – tarmoq sohalar iqtisodiyoti fanlari uchun metodologik manba bo’lib hisoblanishidadir. U tarmoq (sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport va hokazolar iqtisodi), fundamental (mehnat iqtisodiyo-ti, moliya, pul muomalasi va kredit, iqtisodiy statistika va boshqalar) kabi fanlarning nazariy poydevori sifatida maydonga chiqadi. Bundan tashqari, mazkur fan bilimning turli tarmoqlari chegarasida tutashgan fanlar, masalan, iqtisodiy geografiya, demo-grafiya, iqtisodiyot tarixi, boshqarish nazariyasi kabilar bilan aloqador bo’lib, bu fanlarning rivojlanishiga xizmat qiladi.

Shuning uchun iqtisodiy Sotsiologiya fanini hozirgi davrda qisqa qilib, ijtimoiy xo’jalikni samarali yuritish va boshqarish qonun-qoidalarini o’rgatuvchi fan desa bo’ladi. Iqtisodiyot nazariya-si fani iqtisodiy tizimlar, ularning tarkibi va o’zgarishi yo’lla-rini ham o’rganadi.

Tarixiy taraqqiyot darajasiga qarab, turli davrlarda va turli mamlakatlarda iqtisodning tizimlari turlicha bo’lishi mumkin.
Hozirgacha iqtisodning bir necha tizimi ma’lum:


  1. an’anaviy iqtisod tizimi;

  2. bozor iqtisodi tizimi;

  3. ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiy tizim;

  4. ongli ravishda tartibga solinadigan uyushgan iqtisodiy tizim. Iqtisod qamrab olish darajasiga qarab ham turlicha bo’lishi mumkin. Masalan: xalq xo’jaligi yoki mamlakat iqtisodi, tarmoq iqtisodi, funksional iqtisod, mintaqa iqtisodi, korxona yoki firma iqtisodi va boshqalar1 .

Ba’zan ular yaxlitlashtirilib makroiqtisod va mikroiqtisod deb ataladi. Sanab o’tilgan tarmoq va funksional iqtisodni o’rga-nuvchi fanlar alohida bo’lib, ulardan har birining o’z predmeti va vazifalari mavjud.

Iqtisodiy Sotsiologiya bu fanlar bilan chambarchas bog’langan holda amal qiladi, ulardan o’z ifodasini topgan ayrim aniq jihat-larni oladi va o’rganadi. Shu bilan birga, Iqtisodiy Sotsiologiya fani aniq iqtisodiy fanlarning nazariy asosi va ularning funda-mental asosi bo’lib xizmat qiladi, ularga nazariy va uslubiy yo’nalish beradi.

Iqtisodiy Sotsiologiya fani ijtimoiy fan bo’lganligi uchun, falsafa, huquq, siyosatshunoslik, tarix kabi ijtimoiy fanlar bilan chambarchas bog’liqdir, chunki ulardan uslubiy va boshqa ilmiy ozuqa oladi, hamda o’z navbatida, ular uchun ham manba bo’lib xizmat qila-di. Lekin ularning birontasi ham Iqtisodiy Sotsiologiya fanining o’rnini bosa olmaydi, chunki uning o’z vazifasi va predmeti bordir.

Iqtisodiy Sotsiologiya fani siyosiy iqtisod nomi bilan yuri-tilganda uning predmeti ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’rta-sida sodir bo’ladigan munosabatlarni, ya’ni ishlab chiqarish muno-sabatlarini o’rganishdan iborat fan deb qaralar edi.

Iqtisod (Ekonomiks)ning predmeti kishilarning moddiy talablarini to’laroq qondirish maqsadida cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammolarini tahlil qilish, kishilarning hulq-atvorini o’rganishdan iborat.

Bundan ko’rinib turibdiki, siyosiy iqtisodda ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan kishilar o’rtasida bo’ladigan munosabatni o’rganishga alohida e’tibor bergan bo’lsa, ekonomiksda kishilarning resursda, ashyo va buyumlarga muno-sabatini o’rganishga, resurslardan unumli foydalanishga alohida e’tibor berilgan.

Iqtisodiy Sotsiologiya fani masalaning u tomonini ham, bu tomonini ham chetda qoldira olmaydi. Chunki har qanday mehnat, har qanday ishlab chiqarish, eng avvalo, tabiat ashyolari, moddiy vosita-lar orqali amalga oshiriladi va ulardan foydalaniladi. Shuning uchun bu fanda mavjud resurslarga, ishlab chiqarilgan tovar va xiz-matlarga, ulardan unumli foydalanishga bo’lgan munosabat, ular-ning o’zaro bog’liqligi va bir-biriga ta’siri o’rganilishi lozim. Ikkinchi tarafdan, hyech qanday mehnat yoki ishlab chiqarish alohida olingan kishi yoki guruh tomonidan, boshqalar bilan aloqalarsiz amalga oshirilmaydi. Ular ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonida, albatta, o’zaro bir-birlari bilan ham, boshqalar bilan ham alohida munosabatda bo’ladilar, va shu munosabatga qarab harakat qiladilar, o’z xulq-atvori, xatti-harakatini belgilaydilar. Demak, Iqtisodiy Sotsiologiya fani shu munosabatlarning har ikki tomonini qamrab olgan bo’lishi, ularni o’rganishi lozim. Bundan tashqari, mazkur munosabatlar, xatti-harakatlar ishlab chiqarish jarayonining hamma fazalarida ishlab chiqarish, pul orqali ayirboshlash (sotib olish, sotish), taqsimlash va foydalanish, ya’ni iste’mol qilish jarayonlarida ham sodir bo’ladi. Mana shularni hisobga olib, iqtisodiy Sotsiologiya fanining predmeti iqtisodiy resurslarni va mahsulotlarni hamda xizmat-larni yaratish, taqsimlash, ayirboshlash, unumli foydalanish bo’yicha kishilar o’rtasidagi munosabatlar tizimini, ijtimoiy xo’jalikni samarali yuritish va boshqarish qonun-qoidalarini o’rganishdan ibo-ratdir, deb aytish mumkin.

Iqtisodiy Sotsiologiya fani iqtisodni sof holda emas, balki sotsial-siyosiy, ruhiy-axloqiy, milliy-demografik omillar ta’si-rini inobatga olgan holda o’rganadi.

Iqtisodiy Sotsiologiya fanining maqsadi va vazifalarini ikki tomonlama, ya’ni amaliy va nazariy tomonlari haqida so’z yuritish mumkin .

Amaliy iqtisodiyotning asosiy maqsadi iqtisodiy rivojla-nishni ta’minlashdan iborat. Shu maqsaddan kelib chiqib, uning vazifalari quyidagilardan iborat ekanligini ta’kidlash mumkin: cheklangan turli xil resurslardan samarali foydalanib, uning har bir birligi evaziga ko’proq tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishni ta’minlash, har bir faoliyat turi bo’yicha xarajatlar miqdori bilan erishilgan natija, ya’ni tovar va xizmatlar miqdorini taqqoslash, resurslarlardan samaraliroq foydalanish yo’llarini topish va boshqalar. Bundan tashqari, Iqtisodiy Sotsiologiya ishchi kuchini ish bilan ta’minlash, pul qadrsizlanishining oldini olish, aholini ijtimoiy himoya qilish yo’llarini aniqlab berish kabi muammolarni hal etib berishi lozim. Mazkur fan masalalarni mak-roiqtisod darajasida tahlil qilib, uning sohalari, ko’rsatkichlari, omillari o’rtasida bog’lanishlarni, iqtisodiy o’sish yo’llarini aniqlab beradi va davlatning tashqi va ichki siyosatida ilmiy asos bo’lib xizmat qiladi. Binobarin, yuqoridagi tahlillarga asoslanib iqtisodiy Sotsiologiya fanining predmetini quyidagi umumlashgan ilmiy tushunchaga asoslanib-cheklangan iqtisodiy resurslardan samarali va oqilona foydalanish natijasida yuksalib borayotgan inson ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish maqsadida tobora ko’proq moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash va ayirboshlashni optimallashtirish jarayonida yuzaga keladigan aloqa va bog’lanishlarni, ijtimoiy xo’jalikni samarali yuritish, boshqarish soxasidagi qonun-qoidalarni o’rganish. Shuningdek, Iqtisodiy Sotsiologiya fani iqtisodiy munosabatlarning doimo shaklan va mazmunan o’zgarib turishi, ularni asoslab beruvchi iqtisodiy tushunchalar, qonun-qoidalarning ham o’zgarib turishi ularning doimiy harakati, rivojlanishi kabi masalalarni o’rganadi. Turli iqtisodiy voqyea-hodisalar va jarayonlarning mazmuni, mohiyati va ularning o’zaro aloqadorligi hamda bir-biriga ta’sirini ham o’rganish iqtisodiy sotsiologiya fanining vazifasidir.

Har qanday fanlar qatori Iqtisodiy Sotsiologiya fanining ham asosiy vazifasi iqtisodiy munosabatlar haqida ma’lumotlar yig’ish, sistemalashtirish, izohlab berish va ular asosida tegishli xulosalar chiqarishdan iboratdir. Kuzatish va ta’riflash, aniqlash, va tasnif qilish - bular faqat tayyorgarlik ishi hisoblanadi. Lekin biz erishmoqchi bo’lib, intilayotgan narsa iqtisodiy voqyea-hodisalarning bog’liqliini bilishdan iboratdir. Boshqacha qilib aytganda, Iqtisodiy Sotsiologiya fanining asosiy vazifasi iqtisodiy qonun-larni bilish va ularning mazmunini ochib berish hisoblanadi. Har qanday jamiyatda iqtisodiy jarayonlar, ularga xos bo’lgan ichki qonunlar, iqtisodiy faoliyat qonunlari bilan boshqariladi. Iqtisodiy hayot qonunlarining mavjudligi taraqqiyot jarayonida kutil-magan, tasodifiy hodisa va voqyealarning pastu balandliklari mavjudligini inkor etmaydi. Lekin iqtisodiy qonunlar alohida olingan bir hodisada namoyon bo’lmaydi, balki hodisalar va jarayonlarning yig’indisida ko’rinadigan hukmron tendensiyalar tarzida namoyon bo’ladi.


Download 44,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish