Sotsiologiyaning asosiy kategoriyalari



Download 44,36 Kb.
bet3/11
Sana15.05.2021
Hajmi44,36 Kb.
#64800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Boytemirova Husnigul kurs ishi

Iqtisodiy qonunlar deb, iqtisodiy jarayonlar o’rtasidagi doimiy takrorlanib

turadigan, barqaror tipik sabab-oqibat aloqalarini, ularning bog’liqligini ifodalovchi voqyea-hodisalarga aytiladi. Jamiyatdagi barcha ishlab chiqarish va taqsimotga, ayirboshlash va iste’molga bog’liq bo’lgan munosabatlar iqtisodiy qonunlar orqali boshqariladi va yo’naltirib turiladi.

Iqtisodiy qonunlar ijtimoiy hayotning u yoki bu sohasini rivojlantirishning muhim, asosiy yo’nalishlarini ifodalaydi.

Iqtisodiy Sotsiologiya fani tomonidan ochib berilgan iqtisodiy qonunlar obyektiv amal qilayotgan iqtisodiy qonunlarning umumlashgan nazariy ifodasi bo’lib, obyektiv reallikni ilmiy bilish natijasidir, uning inson ongidagi in’ikosidir. Iqtisodiy qonunlar obyektiv xarakterga ega bo’lib, ularning kelib chiqishi, amal qilishi rivojlanishi va halok bo’lishi alohida kishilarning ongiga, xohish-irodasiga bog’liq emas. Ma’lum iqtisodiy faoliyatlar tipi mavjud ekan, shu tarixiy davrda, shart-sharoitga mos keladigan iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar vujudga keladi va amal qiladi. Lekin iqtisodiy qonunlar odamlarning iqtisodiy faoliyatidan tashqarida, ulardan ajralgan holda amal qilmaydi, balki aynan odamlarning faoliyati, ularning xatti-harakatlari, iqtisodiy xulq-atvori tufayli tarkib topadi va ular orqali namoyon bo’ladi. Kishilar iqtisodiy qonunlarning xarakterini, talablarini bilib, undan foydalana olishlari lozim. Masalan, kishilar vaqtni tejash qonunini, ishlab chiqarish yoki bozor muvozanati qonunlari talablarini bilsalar, shunga binoan, qarorga kelib, o’zaro kelishib, faoliyat ko’rsatsalar bir qancha ish vaqti va boshqa cheklangan resurslarni tejashlari, o’z faoliyatlarini samarali olib borishlari mumkin. Bu talablarga zid har qanday qarorlar va xatti-harakatlar kishilar xohlaydilarmi- yo’qmi, bundan qat’i nazar, muqarrar ravishda ko’plab xo’jalik qiyinchiliklariga duch keladi va natijada resurslar isrofgarchiligiga yo’l ochib beriladi.

Iqtisodiy qonunlar tabiat qonunlari singari obyektiv bo’lib, ularning yuzaga kelishi, yashashi, amal qilishi yoki amal qilmasligi kishilar, siyosiy kuchlar istagi, talabiga mutlaqo bog’liq bo’lmaydi. Masalan, yil fasllarining o’rnini hyech qachon kishilarning xohishi bilan o’zgartirib bo’lmaganidek, iqtisodiy qonunlarning ham amal qilishi, harakatini to’xtatib qo’yish, bekor qilish, biri o’rniga ikkinchisini qabul qilish mumkin emas1 .

Iqtisodiy qonunlar ham tabiat qonunlariga o’xshaydi, shuning uchun ulardan bilib foydalanilar ekan, insoniyatga, mamlakatlarga foyda keltiradi, ulardan bordi-yu, ularning talablarini bilmas-dan, ko’r-ko’rona xatti-harakat qilinsa, katta zararlar ko’riladi. Le-kin iqtisodiy qonunlarning tabiat qonunlariga o’xshamaydigan jihatlari ham mavjud. Ularning farqi shundaki, tabiat qonunlari doimiydir, iqtisodiy qonunlar esa o’zgaruvchan bo’lib, kishilarning faoliyati bilan bog’liqdir. Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy jarayonlar o’rtasidagi doimiy takrorlanib turuvchi, barqaror, aniq sabab-oqibat aloqalarini, ularning o’zaro bog’liqligini ifodalovchi voqyea-hodisalarning, munosabatlarning ilmiy majmuidir.

Jamiyatdagi barcha ishlab chiqarish va taqsimotga, ayriboshlash va iste’molga bog’liq bo’lgan munosabatlar iqtisodiy qonunlar orqali boshqariladi va yo’naltirib turiladi.

Iqtisodiy qonunlar buyuk mutafakkirlar tomonidan iqtisodiy tafakkurning mahsuli sifatida ifoda etilib, unga amal qilish mohiyati, talablari aniqlab berildi. Shuning uchun iqtisodiy qonunlarni bilish, o’rganish uning talablariga

mos ravishda xo’jalik yuritish, boshqarish ijobiy nati-jalar beradi. Oqibatda iqtisodiyot barqaror o’sadi, tanazullarga yo’l qo’yilmaydi, xalq ehtiyojlari qondirilib, inson turmush dara-jasi ko’tariladi, hayoti farovon bo’ladi. Aksincha, iqtisodiy qonun-larni bilmaslik, o’rganmaslik, ularning talablariga mos ish yurit- maslik natijasida xo’jalik faoliyatining pirovard yakunlari sama-rasiz yoki kam samarali bo’lishi, ishlab chiqarishdan ko’zlangan nati-jaga, barqaror o’sishga erishish qiyinlashadi. Shu sababli kishilar-ning o’sib borayotgan ehtiyojlarini qondirib bo’lmaydi, xalq turmush darajasi, ijtimoiy ahvoli yomonlashadi, oxir- oqibatda jamiyat iqtisodiy inqirozga, hatto tanazzulga uchrashi ham mumkin. Shuning uchun kishilar o’z kuchlari, tafakkuri yordamida o’zlari yashab turgan muhitni, shuningdek iqtisodiy qonunlarni o’rganib, ularning mohiyati, harakati va amal qilish yo’llarini bilib olishga intiladilar hamda ulardan o’z faoliyatlarida foydalanadilar. Qaysi jamiyatda iqtisodiy qonunlarni bilib olishga va ulardan foydalanishga keng yo’l ochilsa, o’sha joyda iqtisodiy o’sish, iqti- sodiy barqarorlikka erishilayotganligi, yalpi ichki mahsulotning yillik o’rtacha o’sish sur’ati 4% ortiq bo’layotganligi, iqtisodiy qonunlar talablari asosida ish olib borilayotganligining natijasi ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin. Iqtisodiy qonunlarni mamlakatlarning qonun chiqaruvchi or-ganlari (Parlament, Senat, Seym, Oliy Majlis, Davlat dumasi) to-monidan qabul qilinadigan qonunlar bilan baravarlashtirib bo’lmaydi.

Mamlakatlarning qonun chiqaruvchi organlari qabul qilgan qonunlar iqtisodiyotni tashkil etish, uning harakati va rivojlani-shini kafolatlovchi huquqiy asoslarni belgilab beruvchi aniq iqti-sodiy holatdan, iqtisodiy taraqqiyot zaruratidan kelib chiqilgan holda ishlab chiqiladi va qabul qilinadi. Bunday huquqiy qonunlar tegishli tartibda qabul qilingandan keyingina haqiqiy kuchga kiradi va, pirovardida, kutilgan natijaga erishish imkoni tug’iladi. Mustaqilligimizning o’tgan 13 yili mobaynida Respublikamizda o’tkazilayotgan islohotlarning huquqiy asoslarini belgilovchi 400 dan ortiq Qonun qabul qilingan. Muhimi, ularning 100 tadan ortig’i bevosita iqtisodiy islohotlar bilan bog’liq. Quyidagilar shunday qonunlar jumlasidandir: «Mulkchilik to’g’risida», «Tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida», «Tadbirkorlik to’g’risida», «Korxonalar to’g’risida», «Soliq to’g’risida», «Banklar va banklar faoliyati to’g’risida», «Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida», «Chet el investisiyalari to’g’risida», «Yer to’g’risida», «Dehqon xo’jaligi to’g’risida», «Fermer xo’jaliklari to’g’risida», «Shirkat xo’jaliklari to’g’risida», «Ijara to’g’risida» va boshqalar. Hayot talablari taqozosi bilan zarurat tug’ilganda bu kabi qonunlar-ga tegishli o’zgarishlar, qo’shimchalar kiritilib, to’ldirib boriladi.

Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning asoslarini huquqiy qonunlar belgilab beradiki, ular bilan iqtisodiy qonunlar o’rtasida o’zaro bog’liqlik mavjuddir. Shuning uchun ham iqtisodiy qonunlarni, shu bilan birga, ularni ro’yobga chiqarishga xizmat qiluvchi huquqiy qonunlarni ham bilish va o’rganish maqsadga muvofiqdir.

Iqtisodiy qonunlar butun bir tizimlar majmuidan iborat bo’lib, ulardan har birining o’z o’rni, mavqyei mavjud.

Iqtisodiy Sotsiologiya iqtisodiy qonunlarning harakat mexanizmini turli guruhlarga bo’lib o’rganadi.


Download 44,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish